Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet112/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

146


5.5-rasm. R-3 MOS rusumli markazdan qochma chaqish mashinasi.




Stanina 8 va rotorning o‘qi (val) 7 chaqish mashinasining konstruktiv elementlaridir. Chaqilgan urug‘larning (chaqilmaning) sifati undagi maqsadga muvofiq boimagan fraksiyalar-chaqilmay qolgan yoki chala chaqilgan urug‘lar, maydalangan mag‘iz (sechka) va moyli kukunlar miqdori bilan belgilanadi. Chaqilmay qolgan yoki chala chaqilgan urug‘lar mag‘iz luzgaliligini oshiradi, maydalangan yadro va moyli kukunlar esa luzga bilan birgalikda moyning yo‘qotilishlarini oshirib, moy chiqishini kamaytiradi.
Kungaboqar urug‘ini chaqishda bichali chaqish qurilmalaridan ham foydalaniladi. Ammo bunday qurilmalarda uruglar ko‘p marta pala- partish zarbalarga uchrashi natijasida sifatsiz chaqilma olinadi. Shu sababli markazdan qochma chaqish mashinalaridan foydalanish afzalroqdir.
Paxta chigiti va shunga o‘xshash moyli urug'larni zarba natijasida yorib chaqishning iloji yo‘qligi sababli, ular kesish va ishqalanishga asoslangan qurilmalarda chaqiladi. Bunday qurilmalarning asosiy organlari bo‘lib gardishlar (disklar), barabanlarga o'rnatilgan maxsus pichoqlar yoki abraziv hamda perforatsiyalangan gardishlar va valeslar xizmat qiladi. Tukliligi yuqori boigan paxta chigiti, odatda, ikki bosqichda chaqiladi.




Bunda birinchi nav urug‘ mag‘zi tarkibidagi sheluxa miqdori 10% dan, to'rtinchi nav urug‘ mag‘zi tarkibidagi sheluxa miqdori esa 15% dan ortiq bolmasligi kerak.

Chaqilmani mag‘iz va luzgaga (sheluxaga) ajratish maqsadida, asosan, aspiratsion elash qurilmalari, buratlar, bitter-separatorlar, purifayerlar qoilaniladi. Bu qurilmalarning ishlash prinsipi mag‘iz va luzganing (sheluxaning) har xil olchamlarga va aerodinamik xossalarga ega ekanligiga asoslangan. Bu qurilmalardagi elash simto‘rlarining diametrlari elash yo‘nalishida kamayib boradi va bunda har xil fraksiyalar alohida ajratib olinadi.
Bu bo‘liinning ish sifati ajratib olingan mag‘izdagi luzga (sheluxa) ning qoldiq miqdori hamda ajratib olingan luzga (sheluxa)ning moylilik darajasi bilan baholanadi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling