UrugMarni yanchish. Uruglardagi moyni ajratib olish uchun ular to‘qimasining hujayra strukturasini buzish kerak. Urugiarni yanchish aynan shunday struktura o‘zgarishlariga olib keladi. Urugiarni (mag‘izni) talab etiladigan darajagacha maydalash uchun ezuvchi, yorib kesuvchi, ishqalovchi yoki zarba beruvchi mexanik ta’sirlardan foydalaniladi. Odatda, bu ta’sirlarning bir nechta kombinatsiyalaridan foydalaniladi.
Urugiarni yanchishdan so'ng hosil boigan material yanchilma deb ataladi. Yanchilma o‘zining juda katta solishtirma yuzasi bilan ajralib turadi. Urug‘ mag'zini yanchish davomida hujayra qobiqlari va hujayra ichidagi moyli struktura qismi buzilib, moyning anchagina qismi erkin holda ajralib, darhol yanchilma zarralarining sirtiga adsorbsiyalanadi.
Yaxshi yanchilgan yanchilma teshiklari diametri 1 mm boigan elakdan o‘tadigan bir xil olchamli zarralardan iborat boiishi kerak.
Unda butun, shikastlanmagan hujayralar bolmasligi, shu bilan birga judayam kichik (unsimon) zarralar miqdori juda kam boiishi kerak. Yanchilma olish uchun ko‘pincha valesli dastgohlar qoilaniladi. Eng keng qollaniladigan VS-5 dastgohlarining ishchi organlari boiib bir-birining ustida birin-ketinlik bilan joylashgan beshta valeslar xizmat qiladi; yuqoridagi valesning yuzasi taram-taram (riflangan), qolganlari esa tekis (5.6-rasm). Valeslar diametri 400 mm, aylanish harakati chastotasi 162— 165 min4.
Yanchilmaning yaxshi sifati material namligi quyidagicha boiganida ta’minlanadi: kungaboqar urugi uchun-5,5-6,0%; paxta chigitining I—III navlari uchun—8,5-9,5%; paxta chigitining IV navi uchun-9,5-10,5%.
Do'stlaringiz bilan baham: |