Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet111/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

144




Elevatorii omborlar juda ixcham bo‘lib, yong‘inga chidamli, ularda bajariladigan barcha ishlarni mexanizatsiyalashtirish va masofadan turib boshqarish mumkin. Ammo shuni ham ta’kidlab o'tish kerakki urug‘lar qatlami balandligi 30 m dan ortiq bo‘lgan elevatorii omborlarda sochiluvchanlik xususiyati yomon bo'lgan urug'lar (paxta chigiti urug‘i) va urug‘ po‘stlog‘i mustahkam bo‘lmagan urug‘larni (kanakanop urug‘i) saqlab bo'lmaydi. Bunday omborlarda kanakanop urug‘iga o‘xshagan urug‘lar saqlanadigan bo‘lsa, omborlarni yuklash va bo‘shatish jarayonida urug‘ to‘qimalariga ko‘rsatilgan katta mexanik ta’sir natijasida urug'larning ko‘p qismi shikastlanishi mumkin.

Saqlanadigan urug'lar qatlamining balandligi 15 m dan oshmaydigan mexanizatsiyalashtirilgan omborlarda urug‘lar birmuncha kamroq mexanik ta’sirlarga uchraydi. Bunday omborlarda paxta chigitidan tashqari barcha moyli urug‘larni saqlash mumkin.
Paxta chigiti va shunga o‘xshash sochiluvanlik xususiyati kam bo‘lgan uruglar massasi yassi tekisliklarda to'kilgan holda omborxonalarda saqlanadi. Bunday omborxonalar ham mexanizatsiyalashtirilgan bo‘ladi.


145




Urug‘larni chaqish. Moyli urug‘ va mevalar to‘qimalaridagi moy zaxiralari, odatda bir tekisda taqsimlanmagan bo‘ladi: moyning asosiy qismi urug‘ mag‘zida—murtak va endospermda joylashgan. Urug‘ va meva po‘stloqlarida esa juda ham kam moy to'plangan bo‘lib, u boshqa xil (oziqaviylik qiymati pastroq) lipidli tarkibga ega bo‘ladi.

Shunga asosan, ko'pgina turdagi moyli urug'lar va mevalarni qayta ishlashda ularning meva va urug‘ po‘stloqlari asosiy moyli to‘qima qismi--mag‘izdan ajratiladi. Bunda qayta ishlanayotgan xomashyoning moyliligi, texnologik qurilma va moslamalarning ishlab chiqarish unumdorligi, moy va oqsilning sifati oshadi.
Urug‘ po‘stlog‘ini mag‘zidan ajratish jarayoni po‘stloqni tashkil etuvchi to‘qimalarga shikast yetkazish-urug‘ni chaqish, so‘ngra esa «chaqilma» deb nomlanuvchi aralashmadan mag‘iz va sheluxani (luzgani) ajratish jarayonlaridan iboratdir.
Moyli urug‘lar po‘stlog‘i va mag‘zining fizik-mexanik xossalariga bog'liq ravishda ularni chaqish uchun turli usullar qo‘llaniladi. Chaqish jarayoniga bo‘lgan eng asosiy talab-mag‘izga shikast yetkazmaslik va uning maydalanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Chaqish mashinalarining takomillashmaganligi sababli ushbu talabni to‘la bajarib bo‘lmaydi.
Kungaboqar urug'ini chaqish uchun R-3 MOS markazdan qochma chaqish mashinalariga (5.5-rasm) o‘xshash qurilmalar qo‘llaniladi. Bunday mashinalarda urug‘ bir marotabalik zarbaga uchrashi natijasida mag‘izga ko‘p shikast yetkazilmaydi.
Kungaboqar urug‘lari uzluksiz oqimda simto‘rli to‘siq 3 ga kelib tushadi va uning umumiy yuzasi bo‘yicha bir tekisda taqsimlanadi. Olz o‘lchamidan ham katta bo‘lgan aralashmalar bu yerda ajratib olingandan so‘ng, urug‘lar taqsimlovchi qurilma 2 orqali yuqori va pastki ishchi bo‘lim gardishlari (disklar) 4 ning o‘n beshta radial yo‘naltiruvchi kanallari 6 ga so‘rib olinayotgan havo bilan birga yuboriladi. Rotor gardishining diametri 380 mm, rotorning aylanma harakati chastotasi 2100-2400 min4. Radial kanallardan urug‘lar aylanma qalqonga (deka) kelib uriladi. Bunda kungaboqar urug‘i uchki qismi bilan bir marotabalik zarbaga uchrashi natijasida u chaqiladi.
Chaqilma korpus 1 dan patrubka 11 orqali siklon 12 ichida joylashgan silindrik elak 13 ga kelib tushadi. Elak to‘ri teshiklarining diametri 4 mm. Chaqilma silindrik elakning pastki qismiga yo‘nalgan spiralsimon harakat qiladi, bunda moyli kukunlar (moyli «chang») elakdan o‘tib tarnov 9 orqali mag‘iz liniyasiga yuboriladi. Chaqilma esa tarnov 10 orqali aspira- tsion elash qurilmasiga yuboriladi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling