Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ca(ON) 2
- Sharbatning dastlabki defekatsiyasi
- Sharbatning I saturatsiyasi Sharbatni 85-90 °C isitish
- Suspenziya > I Filtrat
- Sharbatni 92-95 “C isitish
- Sharbatni sulfitlash Sharbatni 126-128°C gacha isitish
- Sharbatni 85-90 °C gacha isitish Qiyomni filtrlash
- Saturatsion chokmaning bolimi
- Sariq shakar eritish Klerovka
- 6.6-rasm. Optimal olddefekatsiyalash apparati. 193
191
Sharbatni 85-90 °C isitish Ca(ON)2' CO, ► Ca(OH)2 SO, ) Sharbatning dastlabki defekatsiyasi Sharbatning asosiy defekatsiyasi i Sharbatning I saturatsiyasi Sharbatni 85-90 °C isitish Sharbatni tindirish (filtrlash) Jf± Suspenziya > I Filtrat Sharbatni nazorat filtrlash - - Sharbatni 92-95 “C isitish HH Sharbatning II saturatsiyasi Sharbatni filtrlash r~ - - >* Sharbatni sulfitlash Sharbatni 126-128°C gacha isitish Sharbatni bug'lantirib quyultirish Qiyomni sulfitlash I Sharbatni 85-90 °C gacha isitish Qiyomni filtrlash Qiyom - utfel I ni quyultirish uchun Suv _L Saturatsion cho'kmaning bo'limi и \r Sariq Sharbat shakar f- Sariq shakar eritish Klerovka - 6.5-rasm. Diffuzion sharbatni tozalashning prinsipial sxemasi. 192
labki defekatsiya 85-90°C haroratda o‘tkaziladi. Ohakning manbayi sifatida I saturatsiyaning saturatsiyalangan filtrlanmagan sharbati (lavlagi massasiga nisbatan 100-150%) va defekatsiyalangan sharbatning (lavlagi massasiga nisbatan 15-30%) aralashmasi olinadi. Bunday aralashmani qollash optimal pH qiymatini ta’minlaydi va cho‘kmaning filtratsion xossalarini yaxshilaydi. Diffuzion sharbatga musbat zaryadlangan СаСЮ3 ning zarrachalari kiradi, ular manfiy zaryadlangan noqandlar: oqsil, pektin moddalar va boshqa yuqori molekular birikmalar uchun koagulatsiya markazlari sifatida xizmat qiladi. Sharbatning keyingi tozalash bosqichida-bu zarrachalar o‘z navbatida CaC03 ning kristallanish markazi rolini bajaradi va organik noqandlar kalsiy karbonat kristallarining ichiga tushib qoladi. Optimal dastlabki defekatsiya konussimon tubli silindrik korpusdan iborat apparatda (6.6-rasm) o‘tkaziladi. Apparatning ichida aralashtirgich lar 4 va 5, sharbatning apparatda aylanishiga to‘sqinlik qiladigan kontrparraklar 5, ko'pikni olib tashuvchi 1 joylashgan. Sharbat apparatning pastki qismiga beriladi, yuqori qismidan esa chiqariladi. Progressiv dastlabki defekatsiya. Ba’zi shakar ishlab chiqarish korxonalarida progressiv dastlabki defekatsiya qollaniladi, chunki u kolloid zarrachalarni samarali cho'ktiradi va yirik donali cho'kma hosil qiladi. Bunda muhitning pH iga qattiq rioya qilish talab qilinmaydi. Ohak sekinlik bilan optimal defekatsiyaga nisbatan 20- 30% qo‘proq miqdorda dozalanadi. Progressiv dastlabki defekatsiya gorizontal olddefekatorlarda amalga oshiriladi. Diffuzion sharbatning asosiy defekatsiyasi. Bu defekatsiya dast- labki defekatsiyadan keyin shar- batni filtrlamasdan va isitilmasdan darhol o'tkaziladi. Asosiy defekatsiya vaqtida bir qator organik noqand- larning (kislotalar amidlari, ammoniy tuzlari, redutsiyalovchi qandlar) yog‘larning sovunlanishi, kislotalar 6.6-rasm. Optimal olddefekatsiyalash apparati. 193 anionlarini qo'shimcha cho‘ktirish va I saturatsiya uchun yetarli miqdorda talab qilinadigan ohakning ortig‘ini hosil qilish kabi asosiy jarayonlar sodir bo‘ladi. Amidlarning (asparagin, glutamin va boshqalar) parchalanishi natijasida ammiak ajralib chiqadi, eritmada kalsiy tuzlari to‘planadi, ular esa saxarozaning kristallanishini yomonlashtiradi va uning yo‘qotilishini oshiradi. Redutsiyalovchi qandlarning parchalanishi natijasida sut, sirka, chumoli kabi organik kislotalar paydo bo‘lib, ular ohak bilan kalsiyning eruvchan tuzlarini hosil qiladi. Yog‘larning sovunlanishi natijasida cho‘kmaga tushadigan sovun va glitserin hosil bo‘ladi. Pektin moddalarining parchalanishi natijasida metil spirti, sirka va galakturon kislotalari hosil bo'ladi. Metil spirti sharbatning keyingi bug‘latilishida uchib ketadi, sirka kislotasi eruvchan kalsiy-sirka tuzlarini, poligalakturon kislotasi-qiyin filtrlanadigan shilimshiq kalsiy pektat tuzini hosil qiladi. Shunday qilib, defekatsiya jarayonida eritmaga o‘tgan noqandlardan qiyin filtrlanadigan kalsiyning tuzlari va bo‘yovchilarning hosil bo'lishi tozalangan sharbat sifatini yomonlashtiradi. Asosiy defekatsiya o‘tkaziladigan apparatlarning tuzilishi, optimal dastlabki defekatsiya o‘tkaziladigan apparatlarnikiga o‘xshaydi. Asosiy defekatsiyaning davomiyligi sharbatdagi noqandlarning miqdori va dastlabki defekatsiyani o‘tkazilgan usuli bilan bog'liq. Sharbatga ohak suti bilan ishlov berish 50 °C dan past haroratlarda (sovuq defekatsiya), 50—60 °C oralig‘idagi haroratlarda (iliq) va 85-90°C haroratlarda (asosiy issiq defeksiya) o‘tkaziladi. Asosiy sovuq defekatsiyaning davomiyligi 20—30 minut, issiq defekatsiyaniki 15-20 minutni tashkil etadi. Kombinatsiyalangan asosiy sovuq-issiq defekatsiyani o‘tkazish usuli noqandlarning yetarli darajada parchalanishini va kuchsizroq rangga ega sharbat olish imkonini beradi. Bunda birinchi pog‘onada-sovuq defekatsiya (50 °C dan past haroratlarda) 20-30 minut davomida, ikkinchisida-issiq defekatsiya (85 °C haroratda)-15-20 minut davomida o‘tkaziladi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling