Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


§. QAND-RAFINAD SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI


Download 462.71 Kb.
bet156/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. QAND-RAFINAD SHAKAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Qandlavlagidan olingan shakarda juda kam miqdorda noqandlar (bo'yovchi moddalar, kul elementlari va boshqalar) mavjudligi tufayli u sariq tusli rang, o‘ziga xos ta’m va hidga ega boiishi mumkin.

Oddiy shakarni qo‘shimcha tozalash va qaytadan kristallash natijasida shakar-rafinad va qand-rafinad olinadi («rafinatsiya»-tozalash ma’nosini anglatadi). Bunda bo‘yovchi, mineral moddalar va boshqalar qo'shimcha ravishda ajratiladi.
Qand-rafinad ishlab chiqarishning asosiy maqsadi yuqori sifatli kristalli mahsulot olishdan iborat boiib, uning quruq moddalarida sof saxarozaning miqdori 99,9% dan kam bolmasligi lozim (GOST 22).
Qand-rafinad shakar-rafinad, bolakcha qand-rafinad: presslangan ushatilgan, quyilgan qand xossasiga ega presslangan ushatilgan, tez eruvchan, shu jumladan, alohida-alohida qadoqlangan yolbop, qnyilgan ushatilgan ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Presslangan ushatilgan qand- rafinad aniq oichamlarga ega alohida bolakchalar shaklida, quyilgan qand-


203




rafinad o'lchamlari 40-70 mm ixtiyoriy shaklga ega boMgan ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda quyilgan qand-rafinad tayyorlanishi qiyin bo‘lganligi sababli juda kam miqdorda ishlab chiqariladi.

Rafinatsiyalashmng asosiy jarayoni -saxarozani ko‘p martali kristallizatsiyalash va qiyomni fizik-kimyoviy (adsorbsion) usullarda tozalashdan iborat. Qand-rafinad ishlab chiqarishda mahsulotlar ikki guruhga bolinadi: rafinadli (2-3 pog‘onali) va mahsulotli (3-4 pog‘onali). Qand-rafinad faqat birinchi ikki yoki uch sikllarda olinadi, qolgan sikllar, ottyoklarni qandsizlantirish va olingan sariq shakarni adsorbsion tozalashga qaytarish va kristallizatsiyalashdan iborat. Shunday qilib qand-rafinad ishlab chiqarishda ko‘p martali kristallizatsiyalash qo‘llaniladi va har bir kristallizatsiyadan oldin qiyom mexanikaviy va adsorbsion usullarda tozalanadi. Bunda texnologik jarayonlar siklik tarzda takrorlanadi, buning natijasida shakar saxarozasi qand-rafinad saxarozasiga aylanadi, noqandlar esa shakar oz qismi (0,6-0,9%)ni ushlab qolgan holda rafinad patokasida to‘planadi.
Qand-rafinad ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: shakarni tarozilarda tortib olish va elash; rafinad qiyomi va klers tayyorlash; qiyomdan mexanik aralashmalarni olib tashlash; qiyomni adsorbsion tozalash; qiyomni kristallar hosil boiguncha quyultirish; kristallizatsiya; sentrifugalash va kristallarni oqartirish; rafinad bo‘tqasini olish; rafinad bo‘tqasini presslash; briketlarni quritish va sovitish; briketlarni ushatish; qand-rafinadni qadoqlash, joylash va saqlash.
Ishlab chiqarishga tushadigan shakar avtomatik tarozilarda tortiladi, aralashmalar (ip, yorliqcha, xaltaning pati va boshqalar) dan tozalash uchun elanadi va rafinad qiyomi tayyorlash uchun beriladi. Rafinad qiyomi odatdagi shakarni eritib, quruq moddalar miqdori 73 % ga yetguncha qaynatiladi. ^/er.v-yuqori sifatli shakar, rafinad ishlab chiqarishning quruq chiqindilari, rafinad guruhidagi tanlangan adsorberlarni suvda eritish yo‘li bilan olinadi. Qiyomlarning harorati 75 °C, pH i 7,5 dan past bo‘lmasligi lozim. Mexanik aralashmalarni olib tashlash uchun qiyomlar shag‘al yoki filtrperlit orqali o‘tkaziladi va rangsizlantirish hamda mineral aralashmalardan tozalash maqsadida adsorbsion usulda tozalanadi.
Adsorbsion tozalash uchun granulalangan, aktivatsiya qilingan ko‘mir AGS-4, ba’zan norit va karborafin ko‘mirlari qoilaniladi. Qiyomni rangsizlantirish uchun uzlukli va uzluksiz usullardan foydalaniladi.
Uzlukli ishlaydigan adsorber 0,8-1,2 m diametrga, 8-10 m baland- likka ega silindrik sig'imdan iborat. Adsorber ko‘mir bilan toldiriladi va 204




yuqoridan qiyom quyiladi. Adsorberga quyiladigan rafinad qiyomining harorati 80°C, mahsulotli qiyomniki-75 °C ni tashkil qilishi kerak. Tozalangan qiyom adsorberning tubidan chiqadi va nazorat filtrlash amalga oshiriladi. Uzluksiz usulda rangsizlantirishda qiyom adsorberning pastki qismidan berilib, adsorbent yuqoridan solinadi va qiyomda osilgan holda qiyom bilan aloqaga kirishadi. Rangsizlantirilgan qiyom filtrlash qurilmasidan o‘tgandan keyin nazorat filtrlashga beriladi. Apparatlarni toldirish uchun qollanilgan kolnir 10-15 kun ishlatilgandan keyin to‘liq yangilanadi yoki qayta tiklanadi (regeneratsiyalanadi).

KAD, MD, glukonat-4 kabi kukunsimon ko‘mirlar granula- langanlarga nisbatan kattaroq adsorbsion yuzaga ega. Ular 20% li suvdagi suspenziya yoki qiyom bilan aralashma tarzida qollaniladi, bunda qiyom va ko'mir maxsus mashinalarda aralashtiriladi yoki aktivatsiya qilingan ko‘mir qatlami orqali o‘tkaziladi. Aktivatsiya qilingan ko‘mir qatlami orqali qiyom 10-15 minut davomida olkaziladi. Ishlatilgandan keyin kukunsimon ko‘mirlar regeneratsiya qilinmaydi.
Qiyomlarni rangsizlantirish uchun sanoatda ion alamashinuvchi smolalar (yelimlar) ham qollaniladi. Ular sun’iy yol bilan olingan organik moddalar bolib (AV-17-2P), o‘z ionlarini qiyomdagi shu zaryadli ionlar bilan tezda almashinish qobiliyatiga ega. Bunda rangsizlantirishga yuboriladigan qiyomlarning harorati 80 °C dan oshmasligi, pH esa 7,1­

  1. oraliglda boiishi kerak. Qiyomlarni ionitlarda tozalash reaktorlar va yordamchi jihozlardan iborat boigan ion almashinuvchi qurilmalarda amalga oshiriladi.

Rangsizlantirilgan qiyomlar quyultirish uchun vakuum-apparatlarga beriladi. Rafinad utfelini qaynatish xuddi lavlagidan shakar olishda utfelni qaynatish jarayonidan farqlanmaydi. Faqat rafinad utfellarniki shakarnikiga nisbatan tezroq qaynatiladi: rafinadli utfellar-70-85 minut, mahsulotli utfellarniki-2-3 soat, chunki bu quyultiriladigan qiyomlar shakarnikiga nisbatan yuqori tozalikka va konsentratsiyaga (65 % o‘rniga 73 %) ega.
Rafinad utfelini olishning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uni quyultirish jarayonida intensiv ko‘k rangga ega ultramarin (10 tonna utfelga 70 g miqdorida) kiritiladi. Uni ishlatishda tayyor mahsulot ko‘kamtir tusga ega boiadi, bu sariq tusni yashirib, mahsulotning oq rangliligi darajasini oshiraHi
Kristallizatsiyalanuvchi rafinad utfellari 75 °C haroratda quruq moddalar miqdori 91,0-91,5 % ga yetguncha quyultiriladi. Mahsulotli



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling