Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet152/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

197




Bug‘lantirish qurilmasidan chiqqan qiyomda quruq moddalarning miqdori 65% ni tashkil etadi. U sariq shakar klerovkasi bilan aralashtiriladi, 80-85 °C haroratgacha istiladi va pH 7,8-8,2 gacha sulfitlanadi. Bundan keyin qiyom 90-95 °C haroratgacha isitiladi va yordamchi filtrovchi materiallar qo‘shib filtrlanadi.

Utfellarni qaynatish va kristalli shakar olish. 55-60% quruq moddalarga ega tozalangan qiyom keyingi ishlov berishga yuboriladi. Unda diffuzion sharbatni tozalashda ajratib olinmagan ko‘p miqdorda noqandlar mavjud. Qiyomdan toza saxaroza kristallarini ajratib olish uchun, kristallizatsiya vakuum apparatlarida past haroratda qaynab turgan o‘ta to‘yingan eritmalarda o‘tkaziladi.
Quyultirilgandan keyin olingan mahsulot utfel deb nomlanadi. U

  1. 7,5% suv, 92-92,5% quruq moddalar va taxminan 55% saxaroza kristallaridan iborat. Kristallaro suyuqlik qovushqoq eritma holida bo‘lib, u noqandlar va saxarozaning to‘yingan eritmasidan iborat. Qandlavlagidan, yoqilg‘ini kamroq sarflab, iloji boricha maksimal miqdorda qand olish uchun, saxaroza ko‘p marta kristallizatsiyalanadi. Bunda, mahsulot bolimi- ni uch marta kristallizatsiyalash eng ratsional hisoblanadi (6.8-rasm).

Ushbu sxema bo‘yicha qiyom yig‘gichdan vakuum-apparatga beriladi va quruq moddalar miqdori 92,5% bolguncha quyultiriladi. I kristallizatsiya tayyor utfeli (utfel I) utfelaralashtiruvchi qabulqilgichga tushiriladi. Utfel taqsimlovchi orqali u sentrifugaga beriladi. Sentri- fugalash jarayonida saxaroza kristallari ajraladi va ikkita ottyok hosil bo‘ladi. Kristallar yuzasi kristallaro parda bilan qoplangani tufayli, sentrifuganing o‘zida kristallar 70-95 °C haroratga ega artezian suv bilan yuviladi. Suv utfel massasiga nisbatan 3-3,5% miqdorda sarflanadi. Shunday qilib birinchi ottyok (ottyok I)-biroz kristallarga ega utfelning kristallaro eritmasi bo‘lib, ikkinchi ottyok (ottyok II) kristallarni oqartirish natijasida olingan suyuqlikdir.
Sentrifugadan shakar 0,8-1,0% namlikka ega boigan holda tebranma transportyorga tushiriladi va elevator yordamida quritish-sovitish qurilmasiga uzatiladi. Bu yerda ho‘l shakar issiq havo bilan namligi 0,14% ga yetguncha quritiladi (tarasiz saqlanganda uning namligi 0,03­

  1. 04% boiishi kerak), keyin sovitiladi. Shakar lentali transportyordan o‘tish paytida undan magnit separator yordamida metall aralashmalar olib tashlanadi. Saralash qurilmasida shakardan qumoqchalar ajratib olinadi va kristallar olchamiga ko‘ra uch fraksiyaga boiinadi. Keyin shakar saqlash uchun bunkerga uzatiladi. Havoni shakar changidan tozalash siklonlarda amalga oshiriladi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling