207
rafinad va qand-rafinad esa ushbu haroratda havoning nisbiy namligi 80% dan yuqori bo‘lmagan sharoitda saqlanishi kerak. Shakar va qandni o‘tkir hidli mahsulotlar bilan birga saqlash mumkin emas.
Tayanch iboralar: Shakar, qand, qandlavlagi, shakarqamish, noqandlar, sharbatning tozaligi, lavlagi strujkasi, diffuzion sharbat, defekatsiya, saturatsiya, sulfitlash, utfel, kristallizatsiya, o'ta to'yinish koeffitsiyenti, shakar kristallari o'zagini hosil qilish, sentrifugalash, ottyok, affinatsiya, suyuq shakar, qand- rafinad melassa, turp.
NAZORAT SAVOLLARI
«Shakar» va «Qand» so'zlari nimani anglatadi?
«Noqandlar» so‘zi nimani anglatadi?
«Sharbatning tozaligi» iborasi nimani anglatadi?
Shakar ishlab chiqarish namunaviy texnologik sxemasi qaysi bosqichlardan iborat?
«Lavlagi strujkasi» iborasi nimani anglatadi va uning o'lchamlari qanday ahamiyatga ega?
Lavlagi strujkasini qarama-qarshi oqimda qandsizlantirish qanday amalga oshiriladi?
Diffuzion sharbatni defekatsiyalash mohiyati nimadan iborat?
Diffuzion sharbatni saturatsiyalash qanday amalga oshiriladi?
Sharbat qanday maqsad uchun sulfitlanadi?
«O'ta to'yinish koeffitsiyenti» iborasi nimani anglatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |