Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet157/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

205


utfellarniki esa quruq moddalar miqdori utfel I uchun 91,0-91,5%, utfel



  1. uchun-90,5-91,0, utfel III uchun-90,0-91,0 va utfel IV uchun 89,0­90,0% ga yetguncha quyultiriladi.

Tayyor utfel utfel aralashtiruvchi kristallizatorlarga qo‘shimcha kristallizatsiyalash uchun tushiriladi. Sovitish va kristallizatsiyalash jarayonida utfel quyuqlashadi. Uning kerakli zichligini saqlab turish uchun navbatdagi mahsulotning qiyomi bilan suyultiriladi (tebratiladi).
Shakar kristallarim ajratish uchun utfelga davriy va uzluksiz ishlaydigan sentrifugalarda ishlov beriladi. Bunda pulsatsiya beruvchi uzluksiz ishlaydigan sentrifugalar keng qoilaniladi. Sentrifuga to‘rtta gorizontal barabanlardan iborat boiib, ular tirqishli elaklardan ishlab chiqilgan va sentrifuga bo‘ylamasi bo'yicha birin-ketin (1, II, III, IV) o‘rnatilgan va 800 ayl/minut tezligi bilan harakatlanadi. Shakar harakatlanishi yolida barabanlar diametrining oshishi ko‘zda tutilgan. Birinchi va uchinchi barabanlar ham aylanma, ham ilgarilanma-qaytma harakatlanadi.
Sentrifugalar gorizontal kojuxda joylashgan bo‘lib, unda birinchi bolimni ikkinchisidan ajratish uchun to‘siq o‘rnatilgan. Shakar ultramarin suspenziyasi qo‘shilgan klers bilan oqlantiriladi. Sentrifugalash va oqartirish natijasida yarimtayyor mahsulot-rafinad bo‘tqasi olinadi. U namlanuvchi klers pardasi bilan qoplangan kristallardan iborat.
Rafinad bo‘tqasida namning miqdori olinadigan qandning qattiqligi bilan bogliq boiib, klersning qoldiradigan miqdori (1,5-1,9%) orqali rostlanadi. Mustahkam qand ishlab chiqarishda, klersning eng ko‘p miqdori qoldiriladi, chunki navbatdagi presslash va quritish jarayonlaridan keyin klersdan kristallizatsiyalanadigan saxaroza monokristallarni sementlashtiradi.
Bir tusli rangga va talab qilinadigan massaga ega boigan briketlarni olish uchun, rafinad bo‘tqasi bir xil kristalli struktura, harorat va namlikka ega boiishi lozim. Kichik kristallar ortiqcha namni ushlab qoladi, yiriklari esa-briketlarning yuzasini notekis qiladi. Shuning uchun turli utfellarni sentrifugalashdan keyin keladigan rafinad bo‘tqasini sentrifugalar ostida joylashgan lentali konveyerda aralashtiriladi. Uning keyingi aralashtirilishi, elevator bilan tashish va lentali konveyer ustiga joylashgan to‘rli barabanlarda elash jarayonida sodir boiadi. Presslashda tushadigan rafinad bo‘tqasidagi kristallar quyidagi oichamlarga ega boiishi kerak: 30%—1—1,5 mm va undan yirikroq; 60%—0,5—1 mm va 10%—0,5 mm gacha.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling