Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet245/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

310




Filtrlashdan so‘ng pivo ma’lum qismdagi uglerod dioksidini yo'qotadi, shuning uchun quyishdan oldin pivo orqali uglerod dioksini puflab, u karbonizatsiyalanadi. Pivo C02 gazi bilan yaxshi to‘yinishi uchun filtrdan keyin issiqlik almashish uskunasida 0,5-1 °C gacha sovitiladi. Karbonizat- siyalash uchun 1 dal
pivoga 15 g C02 gazi sarflanadi.
Karbonizatsiyadan so‘ng pivoyig‘gichlarda 6-8 soat saqlanadi, keyin esa quyishga yuboriladi.
Pivoni quyish. Tiniq pivo yog‘och va alumin bochkalarga, avtosisterna, polietilen idishlarga va butilkalarga quyiladi. Pivo quyiladigan butilkalar yorug‘lik o'tkazmaydigan to‘q ko‘k yoki och jigarrangli mustahkam tiniq shishalardan tayyorlanadi. Chunki quyosh nuri pivoda fotokimyoviy reaksiyani qo‘zg‘atadi. Natijada pivo tarkibidagi oltingugurtli ayrim birikmalar yoqimsiz hid hosil qiladi.
Pivo har doim bosim ostida quyiladi. Bosim ostida quyish uchun bosim ostida ishlovchi quyish avtomatlaridan foydalaniladi. Aks holda pivo quyish jarayonida ko'piklanadi, C02 gazining miqdori kamayadi, natijada pivo bochka va butilkalarga to‘la quyilmaydi. Quyish vaqtida pivoning harorati 3 °C dan oshmasligi kerak.
Pivo R-3, R-6 va RU-12 avtomatlarda sathi bo'yicha quyiladi. Avtomatlar mos tarzda 3300, 6600, 16000 butilka/soat unumdorlikka ega. Butilkalar 0,05-0,3 MPa bosim ostida qayishqoq tiqinli yoki sintetik zichlanuvchiga ega po'lat qalpoqchalar bilan mahkam yopiladi. Bu jarayon avtomatlarda, masalan, 6000 butilka/soat unumdorlikka ega U6-A rusumli avtomatda amalga oshiriladi.
Pivoning yo‘qotilishi filtrlashda 1,55%, butilkalarga quyishda 2%, bochkalarga 0,5 %, tarasiz tashishda 0,33 % ni tashkil qiladi.

  1. §. PIVO ISHLAB CHIQARISHNING MASHINA-APPARATURAVIY SXEMASI

Pivo ishlab-chiqarishning mashina-apparaturaviy sxemasi 10.2-rasmda tasvirlangan.
Solod ombordan havo-elakli separator 1 ga, keyin shnek 2 bilan tozalangan solod yig'gichiga beriladi. Arpa va boshqa don mahsulotlari ham shnek 2 bilan separator 1 ga, keyin yig'gich 15 ga beriladi.
Don mahsulotlari magnit kolonkasi 4 dan o'tkazilgandan keyin avtomatik tarozi 5 da tortiladi.
Solod ho‘l maydalash qurilmasi 6 da, boshqa don mahsulotlarini maydalash tegirmon dastgohi 16 da amalga oshiriladi. Texnologik



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling