Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet241/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

306




suslo konsentratsiyasi pasayganda tezlashadi. Bir vaqtning o‘zida susloning kislorod bilan to‘yinishi va oksidlanish jarayonlari sodir boiadi.
20-40 °C haroratga ega suslo infeksiyalanuvchi mikroflora uchun qulay muhitdir. Shuning uchun u ikki bosqichda sovitiladi. Birin­chi bosqichda yirik muallaq zarrachalarni maksimal miqdorda cho'ktirish maqsadida suslo 2 soat davomida 90 dan 60 °C haroratgacha sovitiladi. Ikkinchi bosqichda 60 dan 6-16 °C gacha plastinkali issiqlik almashinuvchi apparatlarda tez sovitiladi.
Susloni 60 °C gacha sovitish uchun tarelkali (qalinligi 150-250 mm dagi suslo qatlami), tindirgichli, gidrosiklonli apparatlar qoilaniladi. Suslo 60 °C haroratgacha yupqa qatlamda 2-6 soat davomida, qalin qatlamda-2 soat davomida sovitiladi. Bu haroratga ega boigandan so‘ng suslo nasos bilan plastinkali issiqlik almashinuvchi apparatlarga yetkaziladi.
Oqsilli cho‘kma ancha miqdorda susloni saqlab qoladi, shuning uchun cho'kma filtrlanadi yoki sentrifugalanadi va olingan suslo bijgishga beriladigan asosiy susloga qo‘shiladi. Suslo tiniqligini ta’minlash uchun sentrifugali separatorlardan ham foydalaniladi. Ular tezda tiniq suslo olishni va cho‘kma bilan isroflarni kamaytirishni ta’minlaydi. Suslo

  1. 16 °C haroratgacha sovitilgandan keyin bevosita tashuvchi quvurlarda yoki dastlabki bijgitish apparatlarida havo bilan aeratsiyalanadi. Pivo suslosining boshlangich konsentratsiyasi, kislotaliligi va rangliligi pivo turiga mos kelishi kerak.

  1. §. SUSLONI BIJG'ITISH

Susloni pivoga aylantiradigan asosiy jarayon-spirtli bijgishdir. Bunda susloning kimyoviy tarkibi sezilarli darajada o‘zgaradi va u xushta’m, xushbo‘y ichimlikka aylanadi. Pivo suslosini bijgitish ikki bosqichda o‘tadi: asosiy bijgish va bijgishni davom ettirish.
Birinchi bosqichda suslo qandlarining jadal bijgishi ro‘y berib, uning natijasida o‘ziga xos ta’m va hidga ega, iste’mol uchun uncha yaroqli boimagan yosh (loyqa) pivo hosil boiadi. Bijgishni davom ettirishda qoldiq qandlarning asta-sekinlik bilan bijgishi sodir boiib, pivoga xos organoleptik xossalar paydo boiadi, rangi ochiladi va uglerod dioksidi bilan to‘yinadi, ya’ni uning yetilishi ro‘y berib, pivo tovar mahsulotga aylanadi.

Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling