Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


Download 462.71 Kb.
bet255/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

325




Kraxmalning oziq-ovqat bilan bunday miqdorda organizmga tushishi insonning energiyaga bo'lgan talabining yarmini qondiradi.
Sanoatda kraxmal, asosan, kartoshka va makkajo'xoridan olinadi. Kartoshka va makkajo'xorini qayta ishlab, kraxmal-patoka korxonalari quruq kraxmal, glukoza, kraxmal potokasining har xil turlari, modifikatsiyalangan kraxmal, dekstrinlar, glukoza-fruktoza qiyomlari va boshqalarni ishlab chiqaradi. Kraxmal va kraxmal mahsulotlari oziq- ovqat sanoatining qandolatchilik, novvoylik, konserva, sut, oziq-ovqat konsentratlari, umumiy ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va boshqa tarmoqlarida qo'llaniladi.
O'simlik to'qimalarida kraxmal donlar ko'rinishida yig'iladi. Ularning o'lchamlari, shakli va tuzilishi kraxmalning har xilida (kartoshka, makkajo'xori, guruch va boshqalardan olingan) turlicha. Kraxmal donlari oval, sferik yoki ko'pburchak shakllariga ega bo'lib, ularning o'lchamlari 2
mkm dan 250 mkm oraliqda bo'ladi. Kartoshka kraxmali donlari kattaroq bo'lib, eng kichigi esa-guruch kraxmalinikidir. Kraxmal donlarining o'ziga xos shakli mikroskop ostida ko'rib kraxmal turlarini bir-biridan farqlash imkonini beradi.
Kraxmal-bir xil bo'lmagan modda, u ikki komponentdan-amilaza va amilopektindan 1:4 nisbatda tashkil topgan. Kraxmal ham, uning har ikkala tarkibiy qismlari ham sovuq suvda erimaydi, faqatgina suspensiya hosil qiladi. Biroq issiq suvda amilaza eriydi, tiniq kolloid eritma hosil qiladi, amilopektin esa faqatgina bo'kadi. Suv harorati 60-75 °C gacha ko'tarilganda kraxmal suspenziyasi qovushqoq bo'ladi, kraxmalning kleysterlanishi boshlanadi. Turli kraxmallarda kleysterlanish harorati turlicha. Kleysterlanish paytida bo'kish bilan bir vaqtda kraxmal doni kristall strukturasining buzilishi sodir bo'ladi. Kraxmal kleysteri kolloid eritma bo'lib, uning qovushqoqligi va tiniqligi kraxmal tabiatiga bog'liq: kartoshka kraxmalining kleysteri makkajo'xori kraxmali kleysteridan qovushqoqroq va tiniqroq. Kraxmal kleysterlari sovitilganda jele hosil qilish qobiliyatiga ega. Kraxmal kleysterlari va jelelari saqlashda xiralanadi va suyuq fazasi ajralib, qatlamlar hosil qiladi.
Kraxmalga yod eritmasi ta’sir etganda ko'k rangli birikmalar hosil bo'ladi. Bu kraxmalga xos reaksiya yodning va kraxmalning kichik miqdorlarini aniqlashda qo'llaniladi.
Kislotali gidrolizda kraxmal dekstrinlargacha, maltoza va oxirgi mahsulot-glukozagacha parchalanadi. Fermentli gidrolizda u maltoza- gacha parchalanadi.



Download 462.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling