93
§. MAKARON MAHSULOTLARINI SOVITISH, QADOQLASH, JOYLASH VA SAQLASH
Makaron mahsulotlari quritgichdan chiqayotgan paytda qurituvchi havoning haroratiga ega boiadi, Qadoqlash va joylashdan oldin makaron mahsulotlari 4 soat davomida 25-30 °C haroratga va 60-65% nisbiy namlikka ega havo bilan xona haroratigacha sekinlik bilan sovitilishi kerak. Bunda mahsulotlarning barqarorlanishi sodir boiadi: butun qatlami bo‘yicha namligi bir tekis taqsimlanadi, jadal quritishdan qolgan ichki kuchlanish qaytariladi, namning 0,5-1% bugianishi natijasida mahsulot massasi biroz kamayadi.
Oqimli liniyalarda mahsulotlarni barqarorlashtirish va sovitish 12 soat davomida ishlab chiqarilgan mahsulotni g'amlab qo‘yilgan barqarorlash- tiruvchi to‘plagichlarda sodir boiadi. Qolgan hollarda tebranma sovitgichlar qoilaniladi.
Qadoqlash jarayoni mahsulotlarni bunkerlar yoki ishlab chiqarish stollariga yetkazib berish, magnit separatorlaridan o'tkazish, taralarga taxlash, tebratgichlarda biroz zichlash, tortish, qutilarni yopish va tamg'alashdan iborat.
Makaron mahsulotlari qadoqlangan va joylangan holatlarda ishlab chiqariladi. Iste’molchi (kichik) taralarda qadoqlash avtomatlarda yoki qoida bajariladi. Iste’molchi taraga karton qutichalari, polimer plyonkalardan tayyorlangan va issiqlik yordamida kavsharlanadigan paketlar, tashqi taraga esa-gofrirlangan kartondan, fanera va taxtachalardan tayyorlangan qutilar, to‘rt qavat qog‘ozdan tikilgan kraft-xaltalar kiradi.
Omborxonalarda makaron mahsulotlari stellaj va tagdonlarda havoning harorati 16-18 °C va nisbiy namligi 70% dan yuqori boimagan sharoitlarda saqlanishi lozim. Xonalar toza, quruq, shamollatiladigan, atmosfera yoginlari va zararkunandalardan himoyalangan boiishi kerak. Mahsulotlarni o'tkir, o‘ziga xos hidga ega tovarlar bilan saqlash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |