Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari


§. MAKARON MAHSULOTLARINING SIFAT KO'RSATKICHLARI


Download 462.71 Kb.
bet66/322
Sana15.06.2023
Hajmi462.71 Kb.
#1486982
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   322
Bog'liq
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI

§. MAKARON MAHSULOTLARINING SIFAT KO'RSATKICHLARI

Standartda makaron mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlarining quyidagi tavsifi yoki me’yorlari keltirilgan: rangi, yuzasi, shakli, ta’mi, hidi, qaynatishdan keyingi holati, namligi, kislotaliligi, mustahkamligi, siniqlar, deformatsiyalangan mahsulotlar va ushoqlar, metallomagnit aralashmalar miqdori, zararkunandalarning mavjudmasligi.


94




Rangi, yuzasi, shakli mahsulotlarning tashqi ko‘rinishini tavsif- laydi. Mahsulotlarning rangi kremsimon yoki sariq tusli, bir tekis, unning naviga mos, qorilmay qolgan unning izlarisiz, qo‘shimchalar qo‘shib tayyorlanganlarining rangi o‘ziga xos bo‘lishi kerak. Makaron mahsulotlarining yuzasi silliq boiishi kerak, biroz dag'allik boiishiga yoi qo‘yiladi. Shakli o‘z nomiga mos kelishi kerak. Makaron, vermishel va ugra mahsulotlarida bukilishlar va egriliklar mavjudligiga ruxsat beriladi.

Makaron mahsulotlarining ta’mi va hidi turiga xos, begona ta’m va hidlarsiz, qo'shimchalar qo‘shib tayyorlangan mahsulotlar mos tarzda o‘ziga xos ta’m va hidga ega boiishi kerak.
Tayyor boigunicha qaynatilganda makaron mahsulotlari shaklini yo'qotmasligi, yopishib qolmasligi, choklaridan so'kilib ketmasligi lozim.
Mahsulotlarning namligi 13%, kislotaliligi 3°, tomatli mahsulotlar uchun 10° dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari mahsulotlar sifa- tini tavsiflash uchun ularning quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi: mustahkamligi, siniqlar, shakli o‘zgargan va uvoqlangan mahsulotlarning miqdori, metall aralashmalar va zararkunandalarning mavjudligi.
Tayanch iboralar: Makaron, vermishel, ugra, shakldor makaron mahsulotlari, makaron xamiri, makaron pressi, nam makaron mahsulotlari quritgichlari.
NAZORAT SAVOLLARI


  1. Download 462.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling