Sapayeva, Z. J. G'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari
Download 462.71 Kb.
|
0c0b42cfde5cdc2d3aeb99ed812d83e8 OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
91
olib kelishi mumkin. Bu qatlamni yumshatish uchun mahsulot namlanishga-nisbiy namligi 90 -100% ga ega issiq havo bilan puflashga yuboriladi. Bunda mahsulot yuzasidan namning bug‘lanishi amalda sodir bo‘lmaydi, ammo yetkazilgan issiqlik mahsulotning qizdirilishini, makaron naychasi ichki va tashqi qatlamlarida namlikning bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi. Oxirgi quritish namlikni ichki qatlamlardan tashqi qatlamlarga yetkazish tezligini ta’minlash maqsadida yumshoq rejimlarda amalga oshiriladi. Bu bosqichda quritish va namlanish jarayonlari navbatma- navbat olib boriladi, bunda quritish davomiyligining namlanish davomiyligiga nisbati taxminan 1:2,5 ni tashkil qiladi. Bunga o‘xshash usuldan avtomatlashtirilgan LMB, B6 LMV, B6- LMG va xorijiy firmalarning («Braybanti», «Pavan» va boshqalar) liniyalarida uzun mahsulotlarni osgan holda quritishda foydalaniladi. Bastunlarga osilgan mahsulotlar tunnelli quritgichlarda harakatlanadi va havo bilan puflanadi. Dastlabki quritgichda quruvchi havoning parametrlari mahsulot turiga bogMiq (harorat 35-45 °C, nisbiy namligi 3545%). Oxirgi quritgich uzunligi bo‘ylab quritish va namlanish zonalariga bo‘lingan tunneldan iborat. Quritish zonalarida havoni qizdirish uchun kaloriferlar va ventilatorlar o‘rnatilgan. Quritish zonalarida havoning harorati 35-45 °C ni, nisbiy namligi 70-85 % ni tashkil qiladi. Balandligi bo‘yicha tunnel bir necha qavatlarga bo‘lingan bo‘lib, ulardan navbatma- navbat quritish va namlanish zonalarini bosib, birin-ketin mahsulotlar osilgan bastunlar o‘tadi. Doimiy quritish qobiliyatiga ega havo bilan quritish usuli jarayonning boshlanishidan oxirigacha taxminan havoning doimiy parametrlari saqlanadi. Usulning kamchiligi—jarayonni yuqori quritish bosqichiga havo bilan o‘tkazilishi, bu esa mahsulotlarning yorilishiga olib keladi. Ammo bu usul barcha korxonalarda makaronlarni kasssetalarda kalorifersiz quritishda qo‘llaniladi. Bu quritish xonasidan olingan havoni makaron naychalari ichidan puflash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Havoning parametrlari oqizib keluvchi-so‘rivchi ventilator yordamida rostlanadi. Quritishning davomiyligi 20-24 soat. Mahsulotni bir tekis quritish maqsadida havo oqimining yo‘nalishi har bir soatda almashtirib turiladi. 0‘zgarib turadigan quritish xususiyatiga ega havo bilan quritish usuli KSA-80, SPK-30, SPK-45, SPK-90 kabi zamonaviy lentali konveyerli bug‘li quritgichlarda qo‘llaniladi. Quritgichlar tunneldan iborat bo‘lib, 92 uning ichida bir-birining ustiga mahsulot yuklangan to‘rt yoki beshta transportyorlar joylashgan. Transportyorlar bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadi, bunda mahsulot ketma-ketlikda yuqori transportyordan pastki transportyorga sepiladi va havo bilan puflanadi. Kaloriferlar har bir transportyorning yuqorigi va pastki lentalari orasida joylashgan. Mahsulot oichamlariga ko'ra quritishning davomiyligi 30-90 minutni tashkil qiladi. Toza havo pastki kaloriferda 50-60 °C gacha qizdiriladi va 15-20% nisbiy namlikka ega boiadi. Havo pastki lentada joylashgan mahsulot orqali o‘tib, bir qism issiqligini berib namlanadi. Yuqoriga ko‘tarilib turib, u ikkinchi kalorifer bilan avvalgi haroratgacha qizdiriladi va navbatdagi lentadagi mahsulot orqali o‘tadi va hokazo. Natijada quritgichdan chiqish paytida havoning harorati 40-50 °C va nisbiy namligi 50-60% ni tashkil qiladi, ya’ni quritish xususiyati o'zgarib turadigan havo bilan quritish olib boriladi. Quritish rejimini yumshatish va mahsulot sifatini yaxshilash uchun ikkita quritgich birin-ketin o‘rnatiladi. Birinchisi dastlabki, ikkinchisi oxirgi quritgich vazifasini bajaradi. Quritishning umumiy davomiyligi 1-3 soat, shu jumladan, dastlabki quritishning davomiligi-0,5 soat. Shunga o‘xshash rejim kalta qirqilgan mahsulotlarni avtomatlashtirilgan liniyalarda quritishda qoilaniladi. Ularda dastlabki va oxirgi quritgichlardan tashqari birlamchi biroz qurituvchi qurilma (trabatto yoki tebranma biroz qurituvchi) ham mavjud. Bu qurilma bir qator to‘rli ramkalardan iborat boiib, ular qaytarilma-ilgarilanma harakat qiladi, bu esa nam mahsulotlarning yuqori ramkalardan pastki ramkalarga ko'chishini ta’minlaydi. Bunda ular issiq havo bilan puflanadi va 2-3 min davomida 1,5-2,5% namligini yo‘qotadi. Nam mahsulotlarning sirtida quruq qatlam hosil boiadi, bu esa ularni keyingi lentali quritgichlarda quritishda biri biriga yopishishini bartaraf etadi. Bunda quritishning yumshoq rejimda olib borilishi, mahsulot sifatiga ijobiy ta’sir etadi. Nam mahsulotlarga dastlabki issiqlik-namlik ishlovi berib quritish usuli naychasimon mahsulotlarni 95-98 °C harorat va 95% nisbiy namlikka ega bug‘-havo aralashmasi bilan 2 minut davomida puflash, kalta qirqilgan mahsulotlarni 120-180°C haroratga ega quruq bug1 bilan 30 sekund davomida puflash va keyingi doimiy quritish xususiyatiga ega havo bilan quritishdan iborat. Bunday issiqlik ishlovi berish oqsillarning denaturatsiyalanishi va kraxmalning kleysterlanishiga olib kelib, namni qochirishni tezlashtiradi, quritish davomiyligini qisqartiradi. Download 462.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling