267
Bachkana kefir sun’iy va aralash ovqatlantiriladigan 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga moijallangan. Ichimlik sigir sutiga yuqori haroratda issiqlik ishlovi berib, kefir zamburug‘i tomizg‘isi solib ivitib tayyorlanadi.
Bachkana kefir ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi jarayonlardan iborat: xomashyoni qabul qilish va unga dastlabki ishlov berish (tozalash, sovitish, me’yorlashtirish); sutga yuqori haroratda issiqlik ishlovi berish, sovitish, ivitish, aralashtirish, sovitish, yetiltirish, quyish va saqlash.
Tayyor bachkana kefir shisha idishlarga solib qadoqlanadi va 6°C haroratda 24 soat saqlanadi.
Bachkana tvorog-6 oylikkacha boigan bolalarga moijallangan boiib, pasta ko‘rinishli oqsilli achitilgan sut mahsuloti hisoblanadi. Bu mahsulot yog‘sizlantirilgan sutga sut kislotasi toza kulturali bakteriyalari qo'shib tayyorlanadi.
Bolalar tvorogini ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat: xomashyoni qabul qilish va uni tozalash, sutni qizdirish va separatordan o‘tkazish, qaymoqqa issiqlik ishlovi berish va sovitish, yog‘sizlantirilgan sutga issiqlik ishlovi berish, ivitish, quyqani qizdirish va sovitish, presslash, yog‘sizlantirilgan tvorogni sovitish, qaymoq bilan aralashtirish, qadoqlash, sovitish va mahsulotni saqlash.
Tayyor aralashma maxsus stakanchalarga qadoqlanadi, tamg‘alanadi va 6°C haroratda ma’lum bir muddat da saqlanadi.
Quruq sutli apalashmalarga: «Малютка», «Малиш», «Детолакт» va quruq sut «Виталакт» kiradi.
Quruq sutli apalashmalar «Малютка» va «Малиш» ning kimyoviy tarkibida namlik 4%, yog‘ 25%, oqsillar 15% va mineral moddalar 4% ni tashkil etadi.
Quruq sutli aralashmalar tayyorlash texnologik sxemasi quyidagi bosqichlardan iborat: quruq sutli mahsulot olish, saqlash, dastlabki ishlov berish, dozirovkalash, har xil komponentlar bilan quruq sutni aralashtirish, qadoqlash va saqlash.
Tayyor mahsulot karton qutichalarga qadoqlanadi va saqlashga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |