366
ш i*T^> *
rasm. Zira mevalari.
Koriandr-Ых yillik o'tsimon
o‘simlikning mevasi. Mevalar diametri
5 mm, sariq yoki qo‘ng‘ir rangdagi
tuxumsimon yoki sharsimon shaklga
ega bo'ladi (11.5-rasm). Mazasi yoqimli,
shirin. Koriandr urug'lari tarkibining
asosiy qismini linalol va terpenlardan
iborat efir moylari tashkil qiladi. Koriandr
urug‘lari novvoylikda va qandolatchilikda
ziravor sifatida ishlatiladi.
Koriandr mevalarining namligi 12%
dan, iflos aralashmalar miqdori-2% dan,
mazkur o'simlikning efir moyli aralash-
malari-10% dan ortiq bo'lmasligi kerak.
Dolchin-doimiy yashil o'simlikning
yupqa naysimon po‘stlog‘idan iborat
(11.6-rasm). Odatda naychalar 8-10 tadan qilib taxlanadi. Dolchin jigar
rangli, mayin, yoqimli hidga, shirin-yondiruvchi mazaga ega. Hidi uning
tarkibidagi dolchin aldegidi va evganol bilan bog'liq. Dolchin qandolat
mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Dolchin germetik idishlarda saqlanishi kerak. Namligi 13,5%. Efir moyining miqdori 0,5 % dan kam bo'lmasligi lozim.
Hil-ko'p yillik tropik o'simlikning quritilgan mevalaridan iborat (11.7-rasm). Ziravor sifatida o'simlikning urug'lari ishlatiladi. Urug'lar tarkibidagi efir moyining miqdori 2% dan 8% gacha bo'ladi. Hil efir moyi tarkibining asosiy komponentini terpeniol tashkil qiladi.
Hilning hidi yoqimli, ta’mi achchiq. U unli qandolat mahsulotlari va ularning masalliqlarini xushbo'ylashtirish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |