123
Presslash va kesish usulining asosini konfet massasini matritsa orqali tegishli shaklli (aylana, oval, to‘g‘ri burchak va boshqalar) bovliq ko‘rinishida qisib chiqarish tashkil etadi. Hosil qilingan bovliqlar sovitishdan keyin alohida konfetlarga qirqiladi.
Konfet korpuslarini sirlash. Konfetlarni sirlash deganda, konfet korpuslarini shokolad yoki boshqa qandolatchilik massasi bilan yupqa qatlamda qoplanishi tushuniladi. Sirlash ularni tashqi muhit ta’siridan (qurish, namlanish va shunga o‘xshashlar) saqlash, ularning oziqaviy qiymatini oshirish, ta’mini yaxshilash, mahsulotga jozibador tashqi ko‘rinishni berish maqsadida amalga oshiriladi. Sirlash uchun ko‘p hollarda shokoladli va yog‘li sirlar, kamdan kam hollarda pomadali va karamelli sirlar qoilaniladi. Shokolad sirining keng qoilanilishining sababi uning yuqori darajali ta’mga egaligi, yaxshi saqlanishi, mahsulotning bir xil zich qoplanishidadir. Sirlash uchun yuqori unumdorlikka ega mashinalar qoilaniladi. Tayyor konfetlar yakunlovchi bosqich-o‘rash, qadoqlash va joylashga yuboriladi.
Konfetlarni o‘rash, qadoqlash, joylash va saqlash. Sirlangan va sirlanmagan konfetlar o‘raladi, qadoqlanadi va yoki qutilarga joylanadi. Konfetlarning katta qismi o‘raladi yoki qadoqlanadi. Konfetlar qog‘oz, folga yoki sellofandan tayyorlangan etiketkalar, parafinlangan rasmsiz qog'ozga yoki folga (podvertka) va etiketkaga mashinalarda o‘raladi va chiroyli bezatilgan qutichalarga yoki paketlarga qadoqlanadi. Joylash uchun gofrirlangan karton, fanera va taxtalardan tayyorlangan qutilar kerak boiadi.
Konfetlar quruq, toza, shamollatiladigan, havo harorati 18 °C va nisbiy namligi 75% dan oshmagan sharoitlarda saqlanadi. Ularni havo harorati va namligi tez almashinib turadigan hamda o‘tkir hidga ega mahsulotlar bilan bir joyda saqlash mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |