Savol : Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?


) javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablag‘larini xatlash


Download 52.64 Kb.
bet8/12
Sana02.01.2022
Hajmi52.64 Kb.
#192640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fuqarolik protsessual huquqi

1) javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablag‘larini xatlash;

2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash;

3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash;

4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish to‘g‘risida da’vo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni to‘xtatish;

5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan bo‘lsa va agar bunday nizolashishga qonun hujjatlarida yo‘l qo‘yilsa, bu hujjat bo‘yicha undiruvni to‘xtatish;

6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish;

7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish.18

Zarur hollarda, sud (sudya) da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralar ham ko‘rishi mumkin. Da’voning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yo‘li bilan ta’minlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan aliment undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik, shuningdek boquvchisining o‘limi oqibatida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi, o‘zgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar mustasno. Da’voni ta’minlash choralari da’vogar arz qilgan talabga mutanosib bo‘lishi kerak. Zarur hollarda, sud da’voni ta’minlash chorasining bir nechta turini qo‘llashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi da’voning bahosidan oshib ketmasligi kerak.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandida : Shuni nazarda tutish lozimki, shaxsning buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan sud qarorini amalda ijro qilish FPK 106-moddasida nazarda tutilgan da’voni ta’minlash choralari o‘z vaqtida va to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Shunga ko‘ra, ariza qabul qilinib, ish qo‘zg‘atilgandan so‘ng sudya nizoning xususiyatiga qarab, manfaatdor shaxsdan bunday ariza kelib tushgan-tushmaganligidan qat’i nazar, da’voni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalasini hal qilishi shart. Da’voni ta’minlash choralarini ko‘rayotgan sudya arizachining ixtiyori bilan bog‘liq emas va da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar arz qilingan talablarga mutanosib bo‘lishini ta’minlashi shart. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rishda da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish shart19”, - deyilgan. Da’voni ta’minlash haqida ariza kelib tushganidan so‘ng , sud arizani ko‘rib chiqadi hamda ajrim chiqaradi. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish mumkin. FPK ning 108-moddasida “Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Da’voni ta’minlash turini almashtirish ishda ishtirok etayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra, ishni ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida hal etiladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi da’voni ta’minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasini ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Pul summasini undirish to‘g‘risidagi da’voni ta’minlashda javobgar qo‘llanilgan ta’minlash choralari o‘rniga da’vogar talab qilayotgan summani sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkazishga haqli. Da’voni ta’minlash turini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi”20, - deyilgan.

Yuqorida ikkita tushuncha, ya’ni dalilni ta’minlash hamda da’voni ta’minlash tushunchalarini baholi qudrat tushuntirib o’tdim. Ushbu tushunchalar nafaqat Fuqarolik protsessual huquqida , balki butun sud tizimida alohida ahamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytamanki , dalilni ta’minlash – bu ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qolishi yoki qiyinlashishining oldini olish maqsadida dalillarni to'plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladigan taraflaming, uchinchi shaxslaming tushuntirishlari eshitish, guvohlarni so'roq qilish, ekspertiza tayinlash, yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib olish yoki ko'zdan kechirish, joyga borib ko'zdan kechirishga qaratilgan protsessual harakadir. Da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi.


39-savol

Meros tarkibiga kirmaydigan , meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlar haqida tushuntiring.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 36-moddasida shunday deyiladi: Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli. Bankka qo‘yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi21. Har bir shaxs meros qoldirish huquqiga ega.

Ushbu savolga javob berish uchun biz O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga qaraymiz. Ushbu moddada shunday deyilgan: “Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan , uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi. Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bolgan huquq va majburiyatlar:




Download 52.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling