Savol : Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?
-savol Dalilni ta’minlash va da’voni ta’minlash tushunchalar i farqini tahlil qiling
Download 52.64 Kb.
|
Fuqarolik protsessual huquqi
17-savol
Dalilni ta’minlash va da’voni ta’minlash tushunchalar i farqini tahlil qiling. Dalilni ta’minlash hamda da’voni taminlash tushunchalari Fuqarolik protsessual kodeksida tegishli moddalarda keltirib o‘tilgan. Fuqarolik protsessual kodeksining 76-moddasida : “O‘zlari uchun zarur bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi, dyeyishga asosi bo‘lgan shaxslar ariza berishidan oldin ham yoki keyin ham suddan bu dalillarni ta’minlashni iltimos qilishi mumkin. Chet davlatlar organlarida ish yuritish uchun zarur bo‘lgan dalillarni ta’minlash qonunda belgilangan tartibda notariuslar tomonidan amalga oshiriladi”11, - deyilgan. Dalillarni ta'minlash deganda, ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin bo‘lmay qolishi yoki qiyinlashishining oldini olish maqsadida dalillarni to'plash va tekshirish qoidalari bo‘yicha sud tomonidan amalga oshiriladigan taraflaming, uchinchi shaxslaming tushuntirishlari eshitish, guvohlarni so'roq qilish, ekspertiza tayinlash, yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib olish yoki ko'zdan kechirish, joyga borib ko'zdan kechirishga qaratilgan protsessual harakatlarga aytiladi. Dalillami ta'minlash sudya tomonidan Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Ariza beruvchiga va boshqa mannfaatdor shaxslarga dalillarni ta'minlash vaqti va joyi haqida xabar qilinadi, lekin ulaming kelmay qolishi dalillarni ta'minlash haqidagi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi. Keyinga qoldirish mumkin bo‘lmagan hollarda, shuningdek, oqibatda ariza beruvchi bilan kimning o‘rtasida nizo kelib chiqishini aniqlash mumkin bo‘lmagan hollarda, dalillami ta’minlash faqat birgina ariza beruvchining o‘zini xabardor qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Dalillami ta'minlash tartibida sudyalar taraflarning, uchinchi shaxslarning bayonotlarini eshitadi, guvohlarni so‘roq qiladi, ekspertiza tayinlaydi, yozma va ashyoviy dafillarni talab qilib oladi, ko‘rib chiqadi yoki joyga borib ko'zdan kechirish o‘tkazadi. Dalillarni ta'minlash tartibida to‘plangan hamma materiallar ishni ko‘radigan sudga yuboriladi yoki ariza beruvchining o'ziga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9, 11, 12-bandlarida dalillarni ta’minlash haqida ma’lumotlar berilgan: Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling