Savol : Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?


Download 52.64 Kb.
bet7/12
Sana02.01.2022
Hajmi52.64 Kb.
#192640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fuqarolik protsessual huquqi

9. Fuqarolik protsessida isbotlash jarayoni, sud topshiriqlari, dalillarni taminlash, tekshirish va ularni baholash yoli bilan, dalillarni aniqlash va toplash hamda taqdim etish boyicha faoliyatni aks ettiradi.

11. Dalillar boshqa tuman yoki shahar hududida joylashgan bolib, u yoki bu sababga kora ularni bevosita ishni korayotgan sudga taqdim qilish mumkin bolmasa, sud boshqa sudga sud topshirigi berish orqali dalillarni taminlash, talab qilib olish va tekshirish boyicha protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshirishi lozim.

12. Sudlarga tushuntirilsinki, fuqarolik protsessual qonun normalari bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lgan dalillar doirasi cheklanmagan. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning dalillarni taqdim etish mumkin bo‘lmay qolishi yoki qiyinlashishi haqidagi xavfi asosli bo‘lganda, sud dalillarni ta’minlash choralarini ko‘rishi lozim12.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandida esa: “Dalillarni ta’minlash haqida ariza ko‘rilayotganda shuni nazarda tutish lozimki, FPK 76 va 77-moddalariga muvofiq u quyidagi tarzda:ish qo‘zg‘atilgandan oldin ham, keyin ham; nafaqat ishni ko‘rayotgan sudga, balki dalillarni ta’minlash bo‘yicha protsessual harakatlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan joyda faoliyat yuritayotgan sudga ham berilishi mumkin. Dalillarni ta’minlash haqidagi arizani ko‘rishda sud FPK 77-moddasining ikkinchi qismida belgilangan barcha holatlarni aniqlashi shart. Dalillarni ta’minlash tartibida to‘plangan materiallar tegishliligi bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan sudga yuboriladi yoki arizachiga beriladi”13, - deyilgan.

Endi esa da’voni ta’minlash tushunchasiga e’tibor beramiz. Avvalambor, «da’vo» asli arabcha so‘z bo‘lib, u o ‘z haq-huquqini himoya qilish haqida sud orqali yoki boshqa yo‘llar bilan qo‘yilgan talabni anglatadi. «Muxtasar»14 asarida da'vo so'zining lug‘aviy ma’nosi «talab qilmoq», deb talqin qilinadi. Shariatda da'vo birovning ustida haqi borligini qozi huzurida yoki hukm arafasida xabar berishdir. Da’vogar shunday bir shaxski, da’vo qilish uchun majbur qilinmaydi. Javobgar shunday bir shaxski, u javob berish uchun majbur qilinadi15. Huquqshunos olim E.Egamberdiyevning ftkricha, da'vo — bu buzilgan huquqni yoki qonuniy manfaatni himoya qilishdan bevosita manfaatdor bo‘lgan shaxsning o‘z huquqini yoki qonuniy manfaatini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishini ko‘rib hal qilish to‘g‘risidagi moddiy-huquqiy talab bilan sudga qilgan murojaati, sudda fuqarolik ishini qo‘zg‘atish asosi va buzilgan huquqni hamda qonuniy manfaatni himoya qilishning asosiy protsessual vositasi hisoblanadi.16. Da’vo arizasi bilan murojaat qilgan da'vogarning asosiy maqsadi o‘z talablari javobgar tarafidan ixtiyoriy bajarilmasa, ularning majburiy ijro etilishini ta'minlashdan iborat boladi. Ba’zi hollarda da'vogarning foydasiga qabul qilingan qaror bajarilishi juda qiyin bo'lishi yoki uni umuman bajarib bo‘lmasligi mumkin. Mazkur holatning oldini olish maqsadida da'voni ta'minlash instituti joriy qilingan. Da’voni ta'minlash choralarini ko‘rmaslik sudning hal qiluv qarorining ijrosini qiyinlashtiradigan yoki uning bajarilmasligiga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, ishning har qanday holatida ham da'voni ta'minlashga yo‘l qo‘yiladi. Umumiy qoida bo'yicha da'voni ta'minlash chorasi da'vo qo‘zg‘atilganidan so‘nggina ko‘riladi. Fuqarolik protsessual kodeksining 105-moddasida da’voni ta’minlash asoslari keltirib o‘tilgan: Sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi. Da’voni ta’minlashga sud protsessining har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi. Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqayotganda sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish asoslari va zaruriyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga ko‘ra, hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi17. Ushbu kodeksning 106-moddasida da’voni ta’minlash choralari berilgan. Ular :


Download 52.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling