Savol : Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?
Download 52.64 Kb.
|
Fuqarolik protsessual huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya , nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi;
- Xulosa qilib shu narsani alohida aytib o‘tmoqchimanki
Yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik , ularda ishtirok etish huquqlari , agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo‘lmasa;
Hayotga yoki sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi; Aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar; Mehnat va ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida pensiya , nafaqa va boshqa to‘lovlar olish huquqi; Mulkiy huquqlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi22”. Demak , ushbu holatlar meros tarkibiga kirmaydigan , meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlarga kiradi. Oliy sud plenumining 2011-yil 20-iyuldagi 05-son “Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 3- hamda 4- bandlarida meros tarkibi haqida FK ning 1113-moddasida aytib o‘tilgan izohlar keltirilgan. Shaxsiy nomulkiy huquqlar deganda, shaxsning hayoti va sog‘lig‘i , sha’ni va qadr-qimmati , shaxsiy daxlsizligi , ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi , xususiy va oilaviy siri , nomga bo`lgan huquqi , tasvirga bo‘lgan huquqi kabilar kiradi. Fuqarolik kodeksining 99-moddasida shunday deyilgan: “Shaxsning hayoti va sog‘lig‘i , sha’ni va qadr-qimmati , shaxsiy daxlsizligi , ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi , xususiy va oilaviy siri , nomga bovlgan huquqi , tasvirga bo‘lgan huquqi , mualliflik huquqi , boshqa shaxsiy nomulkiy huquqlar hamda tug‘ilganidan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi. Vafot etgan kishiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy ne’matlar qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda boshqa shaxslar , shu jumladan , huquq egasining vorislari tomonidan amalga oshirilishi va himoya etilishi mumkin”23. Xulosa qilib shu narsani alohida aytib o‘tmoqchimanki , barcha ne’matlar vorislik huquqining obýekti bo‘la olmaydi. Qonun bir qancha cheklovlarni o‘rnatadi. Meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan huquq va majburiyatlar , xususan aliment olishga , hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirishga bo‘lgan huquqlar vorislik bo‘yicha o‘tmaydi. Bular qatoriga meros qoldiruvchining pensiya , nafaqa olishga bo‘lgan huquqlarini ham kiritish mumkin. Menimcha , ushbu yondashuv to‘laligicha o‘zini oqlaydi. Chunki ko‘rsatib o‘tilgan ne’matlar (manfaatlar) ularning egalari bilan shu darajada obye’ktiv “bog‘langanki” , ushbu ne’matlarni boshqa shaxsga o‘tkazish ularning mohiyatiga zid keladi. Mualliflik nomiga bo‘lgan , obro‘-e’tiborga bo‘lgan huquqlar va shu kabilar meros bo‘lib o‘tmaydi. Shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga , shaxsiy daxlsizligiga , sha’ni , qadr-qimmati va yaxshi nomiga , shaxsiy va oilaviy siriga bo‘lgan huquqlari kabi shaxsiy nomulkiy huquqlari ham meros bo‘lib o‘tishi mumkin emas. Vasiyatnomada meros qoldiruvchi bunday obye’ktlarni ham meros bo‘yicha ovtkazishni ko‘rsatishi mumkin. Lekin bu hech qanday ahamiyatga ega emas. Chunki vasiyatnoma qonun bilan o‘rnatilgan taqiqlarni bekor qila olmaydi. Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling