Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?
Apelyatsiya instansiya sudi da’vogar M. ning da’vosini rad etgan hamda bunga sabab tariqasida da’vo muddatining uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilganligini asos qilib ko‘rsatgan. Da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddat hisoblanadi. Ushbu savolga javob berishda biz, birinchi nabatda , oilaviy nizolarda da’vo muddatini aniqlashtirib olishimiz zarur. Oila kodeksining 12-moddasida: “Oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan talablarga nisbatan da’vo muddati joriy qilinmaydi, ushbu Kodeks bilan belgilangan hollar bundan mustasnodir. Da’vo muddatini belgilovchi normalarni qo‘llashda sud O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga amal qiladi”4 , - deyilgan. Fuqarolik kodeksining 150-moddasida umumiy da’vo muddati 3 yil ekanligi aytib o‘tilgan. Bundan tashqari , O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi 269-son “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 31-bandida “Bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabga, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, umumiy da’vo muddati qo‘llaniladi hamda da’vo muddati faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi5” hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 22.12.2006-yildagi “Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 17-son qarorining 5-bandida: “Basharti qonun yoki majburiyatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi FK normalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talablar bo‘yicha umumiy da’vo muddati – uch yil”6, - deb aytib o‘tilgan. Kazusga ko‘ra , NEXIA rusumli avtomashina javobgar X. tomonidan akasiga hadya tariqasida 2014-yil berilgan . Da’vogar M. esa 2016-yil sudga da’vo bilan murojaat qilgan. Demak , bundan biz , apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asossiz ekanini aytib o‘tishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |