Savol : Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?
Download 52.64 Kb.
|
Fuqarolik protsessual huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- , ushbu nizo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taaluqli nizo
- “Arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga beriladi” 3
Birinchidan , mazkur nizo fuqarolik ishlari boʻyicha sudga taaluqlimi yoki yoʻqmi degan masalani aniqlab olish zarur. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 26-moddasi 1-bandida “Fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer to‘g‘risidagi va boshqa munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlar, agar taraflardan hech bo‘lmaganda bittasi fuqaro bo‘lsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno” 2, - deyilgan. Demak, taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlgan nizolarga doir ishlar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga taaluqli ekanligi koʻrsatilgan. Bundan qonunda bunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshirilgan hollar mustasnoligi ham belgilangan. Kazusga ko‘ra , fuqarolar M. va X. o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Bu holatga ko‘ra yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak , ushbu nizo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taaluqli nizo va u fuqarolik ishlarini yuritishning da’vo tartibiga oid. Da’vogar M. sudga da’vo shaklida murojaat etgan.
Ikkinchidan, mazkur da’voning sudlovliligini belgilashimiz lozim. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 33-moddasida sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari belgilangan: “Arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga beriladi. Tashkilotlarga nisbatan arizalar ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi sudga beriladi”3. Kazusga ko‘ra, javobgar X. hisoblanadi. Yuqoridagi kazusda javobgarning manzili berilmagan. Uchinchidan, kazusda keltirilgan da’vo talabining predmetiga e’tibor qaratish , ya’ni da’vo predmetini aniqlab olish zarur. Chunki sud da’vo talablaridan kelib chiqib , nizoni hal etishi zarur. Kazusga ko‘ra da’vo talabining predmeti nizodir ya`ni hadya shartnomasi bilan bog’liq nizo. To‘rtinchidan, mazkur talab fuqarolik ishlarini yuritishning qaysi turiga mansubligini belgilab olishimiz lozim. Fuqarolik sud ishlarini yuritish turlari quyidagicha bo‘ladi : Buyruq tartibi ; Da’vo tartibi ; Alohida tartibda yuritiladigan ishlar; Hakamlik sudining hal qiluv qarorlari bilan bog‘liq ishlar. Ish yurituvining turini aniqlab olishning ahamiyati shundaki , har bir ish yurituv turida protsessual qoidalar bir-biridan farq qiladi. Kazus matniga qaraydigan bo‘lsak , da’vogar M. da’vo tartibida ko‘rib chiqiladigan talab bo‘yicha da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Demak, bu holat fuqarolik sud ishlarini yuritishning da’vo tartibiga oiddir. Beshinchidan, mazkur talabni sudda ko‘rib chiqish va hal qilishning o‘ziga xos protsessual xususiyatlarini tahlil qilib o‘tamiz. Sud da’vo arizasi kelib tushgandan keyin ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qonunda belgilangan talablarga javob bersa o‘n kunlik muddatda fuqarolik ishini qo‘zg‘atishi lozim. Muammoli vaziyatda M. va X. 2010-yilda NEXIA sotib olganligi , 2014-yil 21-avgustda akasiga hadya etganligi hamda M. 2016-yilda da’vo bilan sudga murojaat etganligi keltirib o‘tilgan. Kazusga qaraydigan bo‘lsak, da’vogar – M. , javobgar esa X. hisoblanadi. Yuqorida keltirib o‘tilgan muammoli vaziyatda savollar keltirib o‘tilgan. Endi ushbu savollarga javob beraman: Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling