Savol : Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?


Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?


Download 52.64 Kb.
bet2/12
Sana02.01.2022
Hajmi52.64 Kb.
#192640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fuqarolik protsessual huquqi

Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?

  • Mazkur masala qanday hal etilishi lozim?

    Hozirgi shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir zamonda , har bir davlat hayotini uning hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi orqali tashkil etilgan Qonun chiqaruvchi , Ijro etuvchi va Sud huquqi tizimisiz tasavvur qilishning iloji yo`q. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga koʻra “Har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish , davlat organlari , mansabdor shaxslar , jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi”1 ,- deyilgan. Mazkur kazusga yechim berishda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi , Fuqarolik kodeksi ,Oila kodeksi, Oliy sud plenum qarorlariga tayanamiz. Dastavval kazusdagi atamalarga ta’rif berib o‘taman:



    1. Da’vo arizasi - buzilgan huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun hakamlar sudiga, arbitrajga yoki sudga qilinadigan murojaat.

    2. Hadya  — bir shaxsning oʻz mulkini ikkinchi shaxsga bepul berishi haqidagi shartnoma. Oʻzbekiston Respublikasida qonun boʻyicha biron bir shaxsga ashyoni yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni vaʼda qilish (hadya etishni vaʼda qilish), agar vaʼda tegishli shaklda berilgan boʻlsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq koʻrinib turgan boʻlsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi. Ashyo, mulk huquqi yoki mulkiy majburiyatdan ozod qilish shaklida hadya narsasini aniq koʻrsatmasdan oʻzining mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni vaʼda qilish oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma ham haqiqiy boʻlmaydi. Hadya qilish, ayni paytda hadyani hadya oluvchiga topshirish (oddiy sovgʻa tarzida) ogʻzaki yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yoʻli bilan yozma shaklda amalga oshiriladi. Koʻchmas mulk va avtomoto-transport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim. Hadya bilan bogʻliq huquqiy meʼyorlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan (502— 511-moddalar).

    3. Daʼvo muddati  - shaxs oʻzining buzilgan huquqini daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddat. Oʻzbekiston Respubli-kasining FKga koʻra, umumiy da’vo muddati 3 yil qilib belgilangan. Ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan da’vo muddati belgilanishi mumkin. Daʼvo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas. Buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddati oʻtganligidan qatʼi nazar, sudda koʻrib chiqish uchun qabul etiladi va ushbu muddat sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqarguniga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllanadi.

    4. Hal qiluv qarori - Sudning hal qiluv qarori nizolashayotgan taraflarning shaxsiy huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanayotgan manfaatlarini himoya qilishning muhim hujjati hisoblanadi. Bu esa sudlarga hal qiluv qarorini qabul qilish masalasiga alohida mas’uliyat va e’tibor bilan yondashish lozimligi majburiyatini yuklaydi. Har bir ish bo‘yicha hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan bo‘lishi lozim. Hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt va joy, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi, taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ko‘rsatiladi. Hal qiluv qarorining bayon qismida da’vogarning talabi, javobgarning e’tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlari ko‘rsatilishi kerak. Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari to‘g‘risidagi sud xulosalariga asos bo‘lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari ko‘rsatilmog‘i lozim. Agar javobgar arz qilingan talabni tan olsa, asoslantirish qismida faqat arz qilingan talabning tan olinganligi va uning sud tomonidan qabul qilinganligi ko‘rsatilishi mumkin. Hal qiluv qarorining xulosa qismida sudning arz qilingan talablarni qanoatlantirish yoxud butunlay yoki qisman rad etish to‘g‘risidagi xulosasi, sud xarajatlarining taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko‘rsatilishi lozim.

    Ushbu kazusga yechim berishda biz fuqarolik ishlarini koʻrib chiqish va hal qilish bilan bogʻliq bir necha masalalarni belgilab , ularga javob bermogʻimiz lozim.


    Download 52.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling