Savol : Apelyatsiya instansiyasi sudining ajrimi asoslimi ?
Mazkur masala qanday hal etilishi lozim?
Download 52.64 Kb.
|
Fuqarolik protsessual huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransprot vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak” 9
- “Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak” 10
Mazkur masala qanday hal etilishi lozim?
Ushbu muammoni hal etishda biz muammoning ayrim qismlarini yoritib otishimiz lozim. Oila kodeksining 23- moddasida : “Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi”7 , - deb aytib o‘tilgan. Muammoli vaziyatga ko‘ra, NEXIA rusumli avtomashina M. va X. ning nikoh davrida sotib olingan hamda M. va X. ning umumiy mulki hisoblanadi. Oila kodeksining 24-moddasida er va xotinning umumiy mol-mulkka egalik qilishi , undan foydalanishi va uni qanday tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan. Jumladan : “Er va xotin ularning birgalikdagi umumiy mulki bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishda teng huquqlarga egadir. Er va xotindan birining umumiy mol-mulkini tasarruf etishi bilan bog‘liq bitim tuzilganda bu harakat boshqasining roziligiga ko‘ra amalga oshirilayotganligini anglatadi. Er-xotindan birining umumiy mol-mulkni tasarruf etish yuzasidan amalga oshirgan bitimi boshqasining bunga roziligi bo‘lmaganligi sababligina bildirgan talabiga binoan va faqat bitimni amalga oshirgan ikkinchi tomon amalga oshirilgan bitim yuzasidan er (xotin) rozi emasligini oldindan bilgani yoki bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan hollarda sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin”. Javobgar X. avtomashinani akasiga hadya tariqasida M. ning roziligini olmasdan bergan. Fuqarolik kodeksining 225-moddasida shunday deyilgan : “Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulk barcha ishtirokchilarning roziligi bilan tasarruf etiladi, mol-mulkni tasarruf etish xususidagi bitim ishtirokchilardan qaysi biri tomonidan tuzilayotgan bo‘lishidan qat’i nazar, bunday rozilik talab qilinadi. Birgalikdagi mulkning har bir ishtirokchisi, agar barcha ishtirokchilarning kelishuvidan boshqacha tartib anglashilmasa, umumiy mol-mulkni tasarruf etish xususida bitimlar tuzishga haqli. Birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan biri tuzgan umumiy mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq bitim uni tuzgan ishtirokchining zarur vakolatlari yo‘qligi sababli, bitimdagi ikkinchi taraf buni bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan taqdirdagina qolgan ishtirokchilarning talabiga muvofiq haqiqiy emas deb topilishi mumkin”8. Shuningdek , ushbu kodeksning 504-moddasining 9-bandida “Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan avtomototransprot vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak”9, - deyilgan. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandida : “Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan notarial tartibda tasdiqlanishi kerak”10, - deb aytib o‘tilgan. Xulosa qilib shuni aytamanki , ushbu muammoli vaziyatda , birinchidan , hadya shartnomasi da’vogar M. ning roziligi olinmaganligi sababli haqiqiy emas deb topilishi lozim. Ikkinchidan, shuni ham alohida ta’kidlaymanki , avtomashina notarial tasdiqlanganda notarius tomonidan umumiy mulkdagi taraflar rozi ekanligi so‘ralishi kerak edi. Ushbu vaziyatda notarius ham xatoga yo‘l qo‘ygan. Download 52.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling