Savollar: Protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari qanday?
Download 99.17 Kb.
|
kompyuterni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-sath
- 4-bilet 1 chi javobi BILET 8
Xotira - bu kompyuter ma'lumotlarni saqlaydigan yoki eslab qoladigan maydon. Xotira protsessorni uning ko'rsatmalari bilan ta'minlaydi. Xotiraning har xil turlari mavjud va ularning har biri kompyuter tizimining ishlashida muhim rol o'ynaydi. Xotira ba'zan asosiy xotira deb ataladi.Xotira o'zgaruvchan yoki o'zgarmasdir. O'zgaruvchan xotira faqat kompyuter yoqilganda dasturlarni ishga tushirish uchun ma'l umotni saqlaydi. Kompyuter o'chirilgandan so'ng u qayta tiklanadi va bo'shatiladi. Uchuvchi xotira tranzistorlar va kondensatorlar yordamida ma'lumotlarni saqlash uchun elektr energiyasini talab qiladi. BILET 7 1. Kesh xotira va uning turlari. 2. Protsessorning tuzilishi va xususiyatlari. 3. Kompyuterning tezkor xotira qurilmasi haqida ma’lumot bering. 1. Ancha katta bo’lmagan hajmga ega ,ammo nisbatan tez ishlaydigan, protsessor bilan asosiy xotira orasida joylashgan xotiraga kesh xotira deb ataladi.kesh xotirada dastur tomonidan ko’p ishlatiladigan so’zlar yoki asosiy xotiraning ma’lum bir qismi saqlanadi.Buyruqlar va ma’lumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh xotiraning ikki xili mavjud. Buyruqlar va ma’lumotlar birgalikda saqlansa birlashtirilgan kesh xotira deyiladi,agar alohida saqlansa taqsimlangan kesh xotira deyiladi. 1-sath kesh xotirasi markaziy protsessor ichida joylashgan bo’lib buyruqlar uchun,malumotlar uchun mo’ljallangan odatda 16 dan 64 kbaytgacha hajm egallaydi. 2-sath ptotsessor yonida u bilan bitta blokda joylashgan kesh xotirasi L2,512 kbaytdan 1Mbaytgacha hajmga ega.3-sath L3 bo’lib,protsessor joylashgan plataga o’rnatilgan.bir necha megabaytga ega. 2. Markaziy protsessor (CPU) ni tanlash juda muhim masala, chunki kompyuteringizning tezligi unga bog'liq bo'ladi. To'g'ri tanlov qilish uchun, siz protsessorning asosiy parametrlari haqida fikringiz bo'lishi kerak.Protsessorning asosiy xususiyatlari:1) soat chastotasiSoatda soniyasiga soat zarbalari soni. Soat chastotasi qanchalik baland bo'lsa, kompyuter tezroq ishlaydi. Soat chastotasi GHzda o'lchanadi. 2) yadrolar soni- Zamonaviy protsessorlarda ikki, to'rt, oltita yoki undan ortiq yadro mavjud. Protsessorning yadrolari qanchalik ko'p bo'lsa, uning tezligi ham yuqoriroq bo'ladi, shuningdek, ko'proq dasturlarni bir vaqtning o'zida ishlatish mumkin. 3. 4-bilet 1 chi javobi BILET 8 1. Video kartalar va ularning texnik ko`rsatgichlari haqida ma’lumot bering 2. Tizimli platalar va ularning turlari 3. Kompyuter monitorlari va ularning turlari. 1. 5-bilet 1-javobi 2. Tizimli yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100—150 sm2 bo’lgan bosmali plata ko’rinishga еga bo’lib, unga ko’p sonli turli xil mikrosxemalar, raz’yomlar (ajratgichlar) va boshqa еlementlar joylashtiriladi. Tizimli plata (TP) konstrukciyasining ikki asosiy ko’rinishi mavjuddir: • platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan — hozir bunday platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda; • bevosita tizimli platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha komponentalar еsa tizimli shina yordamida va konstruktiv tomondan TP da mavjud bo’lgan maxsus raz’yomlarga (slotlarga) o’rnatiladigan qo’shimcha platalarda (kengaytirish platalarida) birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali arxitekturali hisoblash tizimlariga taalluqlidir. Zamonaviy professional shaxsiy kompyuterlar aynan shu shinali arxitekturaga еgadir. 3. Kompyuter monitorlari matn yoki tasvir ko`rinishidagi axborotlarni ekranga chiqarish uchun mo`ljallangandir. Monoxrom va rangli monitorlar mavjud bo`lib, ular matn yoki grafika holatlaridan birida ishlashi mumkin. Matn holatida monitor ekranini shartli ravishda kataklarga bo`lib chiqish mumkin. Bunday kataklarning soni ko`pincha gorizantaliga 80 ta, vertikaliga esa 25 ta bo`lishi mumkin. Hozirgi zamonaviy kompyuterlarda MDA, CGA, Hercules, EGA va VGA tipidagi va tekis yuzali suyuq kristalli monitorlardan foydalanilmoqda. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini (kengligini) belgilaydi. BILET 9 1. ISA, PCI shinalari va ularning funksional vazifalari. 2. Hisoblash texnikasida sanoq sistemalari haqida ma’lumot bering 3. BIOS va uning funksional vazifasi 1. ISA shinasi IBM PC/AT kompyuterlarida qo‘llanilgan, u 8,33 MGs chastotada ishlaydi. Shina orqali bitta sikl davomida ikki bayt uzatiladi, bu esa uning maksimal tezligi 16,7 Mbayt/sek ga teng degani bo‘ladi. ISA va EISA shinalari asosan matnli axborotni ishlash uchun mo‘ljallangan, avvalgi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik, kompyuterlarda Windows operatsion tizimlari ishlatila boshlagandan so‘ng, grafik va rangli video axborotlarni ishlash uchun ISA va EISA shinalarining tezliklari etarli bo‘lmay qoldi. Ushbu holatni tushuntirish uchun quyidagi hisoblashlarni bajarib qo‘ramiz. 1024x768 piksel o‘lchamli monitorda rangli harakatlanuvchi tasvirni chiqarish jarayonini tahlil qilib ko‘ramiz. 1 piksel uchun 3 bayt xotira kerak bo‘ladi, RGB - qizil, yashil va ko‘k ranglarning har biri uchun 1 baytdan. Bitta ekrandagi tasvir 1024x768x3 = 2,25 Mbayt xajmga ega bo‘lar ekan. Download 99.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling