Savollar: Protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqarish signallari qanday?


Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi 6-ta boshqarish signallari mavjud


Download 99.17 Kb.
bet7/18
Sana03.02.2023
Hajmi99.17 Kb.
#1149126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
kompyuterni tashkil etish

Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi 6-ta boshqarish signallari mavjud.

Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi 6-ta boshqarish signallari mavjud.

Protsessorga kiruvchi boshqarish signallari:

φ1 va φ2 – taktlovchi impulslar, protsessorga taktlovchi generatordan doimiy ravishda berib turiladigan va uni taktlashni ta’minlaydigan impulslar.

RESET – protsessorni boshlang‘ich holatga o‘tkazish signali;

READY – protsessorni xotira yoki tashqi qurilma bilan ma’lumot almashinishga tayyorligini anglatuvchi signal;

INT – tashqaridan bo‘ladigan uzilishni amalga oshirish uchun ruxsat so‘rash;

HOLD – tashqi qurilmani xotiraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun, shinani egallash signali. Protsessordan chiquvchi boshqarish signallari:

READ – ma’lumotlarni qabul qilishga ruxsat berish signali;

WRITE – ma’lumotlar shinasiga, axborotni chiqarib qo‘yilganligini anglatuvchi signal;

SYNC – sinxronlash signali, ya’ni mashina siklini boshlanganligini anglatuvchi signal;

WAIT – protsessorni kutish holatiga o‘tganligini anglatuvchi signal;

INTE – uzilishni amalga oshirishga ruxsat beruvchi signal;

HLDA – shinani egallanganligini tasdiqlash signali, ya’ni tashqi qurilmaga, ma’lumotlar va adres shinalariga ulanishga ruxsat berish signali.



3. Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari kop: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bolib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter ochirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yoq bolib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disklarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan ochirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik olchovi sifatida bayt qabul qilingan bolib, 1 bayt 8 bit (ikkilik raqam)ga teng.
Tezkor xotira (rus. Operativnaya Pamyat, ingl. RAM-Random Access Memory)- kompyuterni elektr manbaga bogʻliq boʻlgan xotirasi hisoblanadi. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan maʼlumotlar potoki soni.

Download 99.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling