SH. djumanov, S. Sayfiddinov
-rasm. Universal dastgohda bajariladigan operatsiyalar
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yog‘och ishlash tokarlik dastgohi
- 71-rasm. Tirgakni markaz bo‘yicha yog‘ochga moslab o‘rnatish.
- 72-rasm. Yog‘och ishlash tokarlik dastgohida zagotovkani o‘rnatish usullari
- MUNDARIJA
- II BOB . YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI HAQIDA MA‘LUMOTLAR
- III BOB. YOG‘OCH KESISH ASOSLARI
- IV BOB . DASTGOHLAR ASOSIY UNSURLARINING TAVSIFLAM
- V BOB . YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI
- QAYDLAR UCHUN ___________________________________________________ ___________________________________________________
- ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________
- SHERQO‘ZI DJUMANOV, SADRIDDIN SAYFIDDINOV YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI VA ASBOBLARI
69-rasm. Universal dastgohda bajariladigan operatsiyalar Pichoqli val va shpindel zarur chastota bilan aylana boshla- gandan kevingina ishga kirishiladi. Ishlov beriladigan materialni dastgohga ravon, siltantirmasdan uzatish kerak. Batamom to‘x- taganidan keyingina dastgohni tozalash va moylash mumkin. Shovqin, taqillash paydo bo‘lganda yoki val tebrana boshla- ganda, pichoqlar yoxud ularning mahkamlagichlari singanda, podshipniklar qizib ketganda, to‘siqlar nosoz bo‘lganda dastgohni zudlik bilan to‘xtatish va bu haqida ustaga xabar berish lozim. Nuqsonlari tuzatilib, usta ruxsat berganidan keyingina dastgohda ishlash mumkin. To‘siqlar bo‘lmasa yoki dastgoh nosoz bo‘lsa, unda ishlash qat‘iyan man etiladi. Elektr dvigatelining elektr izolatsiyasi buzilganligi yoki yerga ulagichning nosozligi aniq- lansa, dastgohda ishlashni to‘xtatish kerak. 83 Yog‘och ishlash tokarlik dastgohi Duradgorlik o‘quv ustaxonalariga ТД-120 yoki ТСД-120 tipidagi yog‘och ishlash tokarlik dastgohlari o‘rnatiladi (70- rasm).
4 3 1 2 5
ishlanadigan tokarlik dastgohi: 1 — stanina; 2 — oldingi babka; 3 — ketingi babka; 4 — tirgak; 5 — o‘yuvchi moslama stoli. Yog‘och ishlash tokarlik dastgohlari yordamida yog‘och materiallardan har xil aylanish sirtlariga ega bo‘lgan detallar, shakldor buyumlar tayyorlanadi. ТСД-120 tipidagi yog‘och ishlash tokarlik dastgohining asosiy qismlariga stanina (1), oldingi babka (2), ketingi babka (3) va tirgak (4) kiradi. ТСД-120 tipidagi dastgohda bulardan tashqari o‘yuvchi moslama (5) ham bo‘lib, uning yordamida o‘yish-teshish ishlari bajariladi. Stanina dastgohning tayanch-tutqich qismi bo‘lib, unga dast- gohning qolgan hamma qismlari o‘rnatiladi. Staninada ikkita o‘zaro parallel yo‘naltiruvchi bo‘lib, ular bo‘ylab keyingi bab- ka va tirgak bo‘ylama yo‘nalishda suriladi. Oldingi babka ishlanadigan yog‘och materiallarni tutib tu- radi va uni aylanma harakatga keltiradi. Oldingi babkaning shpindeliga pog‘onali shkiv kiydirilgan bo‘lib, unga harakat tasma orqali elektr dvigateldan uzatiladi. Tasmani shkivning
84 turli pog‘onalariga almashtirish yo‘li bilan shpindelning ayla- nishlari soni o‘zgartiriladi. Shpindelga ishlanadigan yog‘och materialni tutib turish imkonini beradigan vilka, planshayba, ryumka-patron o‘rnatiladi. (Shpindelga o‘z-o‘zidan markaz- lanuvchi uch kulachokli patron o‘rnatilsa, u vilka, planshayba va ryumka-patronlarning o‘rnini bosadi va bu bilan yog‘och materialni o‘rnatish vaqtidagi qiyinchiliklardan holi bo‘linadi). Keyingi babka uzun oichamli yog‘ochlarni markazda tutib turish va keskich (parma)larni o‘rnatish imkonini beradi. Tirgakdan yo‘nish, qirqish vaqtida iskanalarni tutib (tirab) turish maqsadida foydalaniladi. Ishlanadigan yog‘ochning o‘lchami va unga qanday ishlov berilishiga qarab, tirgak shpin- delga parallel yoki ko‘ndalang holda staninaga o‘rnatiladi. (Tir- gak hamma vaqt markazga moslanib, ishlanadigan yog‘ochga taxminan 3 mm masofada o‘rnatiladi (71-racm). Keyingi babka va tirgak staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab oldingi babkaga nisbatan kerakli masofaga surilgandan so‘ng tortqi boltlar yor- damida mahkamlanadi.
Tayyorlanadigan detal va buyumlarning o‘lchamiga qarab ishlanadigan yog‘ochlar dastgohga turli xil moslamalar: vilka va markaz, planshayba, ryumka-patron, kulachokli patronlar (moslangan bo‘lsa) yordamida o‘rnatiladi. Bunda uzun o‘lcham-
85 li, kichik diametrli yog‘ochlar vilka va markaz orasiga, qisqa o‘lchamli, kichik diametrli yog‘ochlar ryumka-patronga, qisqa o‘lchamli, katta diametrli yog‘ochlar esa planshaybaga o‘rnatiladi (72-rasm). a) b) d) 72-rasm. Yog‘och ishlash tokarlik dastgohida zagotovkani o‘rnatish usullari: a - vilka va markaz orasiga; b - ryumka-patronga; d - planshaybaga. Yog‘och ishlash tokarlik dastgohlarida yo‘nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi (reyer) va qirquvchi (mayzel) iskanalar bo‘ladi. Yog‘ochni xomaki yo‘nish, botiq sirtlar hosil qilish, ichki sirtlarni yo‘nib kengaytirish yo‘nuvchi iskana yordamida bajariladi. Bu iskana nov shaklida bo‘lib, tig‘i yoysimon ko‘rinishdadir. (73-rasm). Xomaki yo‘nilgan sirtlarni pardozlash, qavariq sirtlar hosil qilish, tayyor detallami qirqib tushirish ishlari qirquvchi iskyanada bajariladi. Yog‘och ishlanadigan tokarlik dastgohida ishlash vaqtida qu- yidagi xavfsizlik texnikaci qoidalariga rioya qilish talab etiladi: 1. Shpindelning hamma vaqt to‘g‘ri (ishlayotgan odamga qarab) aylanishiga e‘tibor berish kerak. Shpindelning to‘g‘ri aylanishini ta‘minlash uchun elektr dvigatel ulagich bilan ulanadigan qilib sozlanadi (har qanday yog‘och ishlash dast- gohida elektr dvigatelni yurgizish va to‘xtatish ulab-uzgich yor- damida bajariladi). 86 2. Ishlanadigan yog‘ochlarni markaz va vilka orasiga, patronlarga, planshaybaga mahkam o‘rnatish lozim. Shunday qilinsa, shpindel katta tezlik bilan aylanayotganda, yo‘nish ishlari bajarilayotganda yog‘och tutqichlardan chiqib ketmaydi, ishchining xavfsizligi ta‘minlanadi. Buning uchun yog‘och o‘rnatilgandan so‘ng yo‘nishni birdaniga boshlamasdan, oldin qo‘l bilan yog‘ochni aylantirib, uning puxta o‘rnatilganligiga va tirgakka tegib ketmasligiga ishonch hosil qilinadi. 3. Shpindel aylanib turganda vilka va markaz orasiga yog‘och o‘rnatmaslik kerak. 4. Ish vaqtida tirgakni doim markazga moslab, yog‘ochga yaqin o‘rnatib borish zarur. Buning uchun yo‘nish davomida vaqt-vaqti bilan tirgak yog‘ochga yaqinlashtirib surib boriladi. Tirgak yog‘ochdan uzoqlashganda keskich (iskana) ga ta‘sir etuvchi kuch ortib ketib, uni tutib turish qiyinlashadi, iskana tushib ketib yog‘ochning sifatini buzadi. Tirgaksiz yo‘nish va qirqishga ruxsat etilmaydi. Tayyor buyumlarni jilvirlab par- dozlashda jilvir qog‘oz tutilsa, qo‘l tirgakka qadalib qolmasligi uchun tirgak olib qo‘yiladi. 5. Ish vaqtida ketingi babka va tirgakni stanina yo‘naltiruv- chilariga mahkam qotirib o‘rnatish kerak. Aks holda, yog‘och markazdan chiqib ketishi, tirgakka qadalib qolishi, ish sifati buzishi va ishlayotgan odamni shikastlashi mumkin. 6. Dastgohni to‘xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqli- gini qo‘l bilan tekshirmaslik kerak. 7. Ish vaqtida himoya ko‘zoynagini taqib olish zarur.
87 ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Амалицкий В.В., Любченко В.И. Станки и инстру- менты деревообрабатывающих предприятий. - М.: Лесная промышлен- ность, 1977. 2. Амалицкий В. В., Любченко В. И. Справочник молодого станочника по деревообработке. - М.: Вис- шая школа, 1978. 3. Маковский Н. В. и др. Теория и конструкция дере- во обра- батывающих машин. - М.: Лесная промыш- ленность, 1975. 4. Манжос Ф.М. Дереворежущие станки. - М.: Лесная про- мышленность, 1974. 5. Никитин Л.И. Техника безопасности на деревооб- рабаты- вающих предприятиях - М: Высшая школа, 1977. 6. Максудов Й.М. ва бошкалар. Ёгочсозлик технологи- ясидан русча-узбекча атамалар лугати. - Т.: «Талқин», 2004.
7. Справочник мебельщика. - М.: Лесная промыш- ленность, 1976. 8. Худяков А. В. Ёгочга ишлов бериш станоклари. - Т.: «Ўқитувчи», 1983. 88 MUNDARIJA Kirish........................................................................................ 3 I BOB. UMUMIY MA‘LUMOTLAR Nazorat-o‘lchash asboblari ...................................................... 4 Aniqlik kalibrlari ...................................................................... 6
Qo‘yim va o‘tqazishlar ............................................................ 8 Ishlov berilgan sirtning g‘adir-budurligi ................................ 10 Dastgohlarning geometrik aniqligi, ularni rostlash va sozlash .................................................................. 11 Dastgohlarning harf-raqamlar bilan ifodalanuvchi indekslari ......................................................... 12
Keskich qismlari. Kesishdagi sirtlar va burchaklar ............... 14 Kesish holatlari ...................................................................... 16 Kesish usullari ........................................................................ 18 IV BOB. DASTGOHLAR ASOSIY UNSURLARINING TAVSIFLAM Isb qismlari va surish qurilmalari .......................................... 23 Yuritmalar .............................................................................. 31 Hajmiy gidravlik yuritmalar .................................................. 34 89 Ish suyuqligi bosimini rostlaydigan gidravlik apparatlar ....... 37 Ish suyuqligini taqsimlash gidravlik apparatlari .................... 38 Hajmiy pnevmatik yuritmalar ................................................ 40 V BOB. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI Dumaloq arrali dastgohlar ...................................................... 42 Frezalash dastgohlari ............................................................. 50 Randalash dastgohlari ............................................................ 55 Vertikal shpindelli frezalash dastgohlari ................................ 62 Turum qirqish dastgohlari ...................................................... 68 Parmalash, ariqcha ochish va zanjirli o‘yish dastgohlari ................................................................... 73 Silliqlash dastgohlari .............................................................. 79 Universal dastgohlar .............................................................. 80 Yog‘och ishlash tokarlik dastgohi .......................................... 83 Adabiyotlar ro‘yxati: .............................................................. 87 90 __________________________________________________________________________________________________________'>QAYDLAR UCHUN ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ ___________________________________________________ SHERQO‘ZI DJUMANOV, SADRIDDIN SAYFIDDINOV YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI VA ASBOBLARI O‘quv qo‘llanma Muharrir E.Bozorov Badiiy muharrir M. Odilov Kompyuterda sahifalovchi L. Abdullayev Nashr lits. AI № 174. Bosishga ruxsat 27.10.2016da berildi. Bichimi 60×84 1 /
. Ofset qog‘ozi №2. Times garniturasi. Shartli b.t. 5,3. Nashr-hisob t. 5,4. Adadi 1032 dona. Buyurtma № 45. «IQTISOD-MOLIYA» nashriyotida tayyorlandi. 100084, Toshkent, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, 7-uy. «HUMOYUNBEK-ISTIQLOL MO‘JIZASI» bosmaxonasida ofset usulida chop etildi. 100000, Toshkent, A.Temur ko‘chasi, 60 a -uy. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling