SH. djumanov, S. Sayfiddinov


-rasm. Murakkab shpindelning sxemasi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana29.11.2020
Hajmi1.15 Mb.
#155061
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari


13-rasm. Murakkab shpindelning sxemasi:

1 — parma, 2 — shpindelning qo‘zg‘a-

luvchan qismi, 3 — stakan, 4 - shkiv,  

5,7 — podshipniklar, 6 — shpindelning 

yuqorigi qismi, 8 - dastak.

Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida, ko‘pincha, elektr 

dvigatellarning uzaytirilgan vallari shpindel vazifasini o‘taydi. 

Kesish asbobi valga bevosita yoki shpindelni valga o‘tqazish 

yordamida mahkamlanadi. Ток chastotasi 50 Gs bo‘lganda elektr 

dvigatel val-shpindellar daqiqasiga taxminan 3000 marta ayla- 

nishi mumkin; biroq mahsulot sifatli chiqishi va uskuna yuqori 

unum bilan ishlashi uchun val-shpindellar daqiqada taxminan 

4500, 6000 marta va bundan ham tezroq aylanadi. Buning uchun 

dastgohlarga tok chastotasini mos ravishda 75, 100 Gts gacha va 

undan ko‘proq oshiradigan o‘zgartirgichlar o‘rnatiladi.



Jilvirlash dastgohlarining ish bajaradigan qismlari. Jil-

virlash dastgohlarining ish bajaradigan qismlariga jilvir qog‘oz 



28

bilan o‘zaro ulangan ikki yoki uch shkiv ko‘rinishidagi, sirtiga 

jilvir qog‘oz qoplangan disk yoxud silindr yasaladi.

Jilvirlash dastgohi silindri (4) ning sirtiga vintli qurilma (1) 

yordamida jilvir qog‘oz tortiladi. Movut qistirma (3) silliqlanuv- 

chi zagotovka bilan jilvir qog‘oz o‘rtasidagi zarbni kamaytiradi. 

Silindr aylanganda o‘q yo‘nalishida o‘zi salgina qaytma - ilga- 

rilama suriladi. Zagotovka sirti-silindrning ustki yoki ostki tomo- 

niga tegib (bu dastgohning tuzilishiga bog‘liq), silindr o‘qiga 

nisbatan perpendikular yo‘nalishda uzluksiz ilgarilama harakat 

qilib jilvirlanadi. Odatda, bir dastgohga ikki, uch va undan 

ko‘p silindr o‘rnatiladi. Ensiz tasmali jilvirlash dastgohlarida 

yuritish shkivi (6) (14-rasm, b) vintli qurilma taranglash shkivi 

(5) shkivlar o‘qi orasidagi masofani o‘zgartirishga yordam be- 

radi. Dazmolcha (7) jilvir qog‘ozning jilvirlanadigan sirtga tegib 

turishini ta‘minlaydi (14-rasm).

b)

a)



1

2

5



3

6

7



4

14-rasm. Silindrli (a) va (b) jilvirlash dastgohlarining ish 

bajaruvchi qismlari:

1 - vintli qurilma, 2 - qumqog‘oz, 3 - qistirma, 4 - silindr, 5 - 

taranglash shkivi, 6 - yuritish shkivi, 7 - dazmolcha.

Enli tasmali jilvirlash dastgohlarida jilvir qog‘oz, odatda, 

uchta shkivga tortiladi. Jilvir qog‘ozning sirpanishini kamayti- 

rish uchun vallar sirtiga rezina qoplanadi.



Surish qurilmalari. Zagotovkaga o‘tish bilan ishlov bera-

digan dastgohlarda surish harakati uzluksiz ravishda zagotovkaga 

uzatiladi.  Bu  harakat,  odatda,  doimiy  va  vaqti-vaqti  bilan 

bo‘ladi. Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida surish harakati 



29

yo zagotovkaga yoki kesish asbobi mahkamlangan ish qismiga, 

ba‘zi hollarda esa bir yo‘la ham zagotovkaga, ham ish qismiga 

uzatiladi. Bu dastgohlarda kesish asbobi yoki zagotovka har su-

rilishdan keyin, albatta, salt harakatlanadi, shunga ko‘ra surish 

qurilmasi suruvchi qurilmalarga qaytma - ilgarilama harakatni 

ko‘p hollarda turli tezlikda uzatishi lozim.

Zagotovkaga o‘tish bilan ishlov beradigan dastgohlarda 

surish qurilmalari bir yoki bir necha juft jo‘valar yoki jo‘valar 

va disklar, jo‘valar va gusenitsalar, gusenitsa zanjirlari va hara- 

katlanmaydigan roliklar, aylanadigan barabanlar hamda stollar 

ko‘rinishida yasaladi. Ko‘pincha, tirgakli (zagotovkani ko‘nda- 

langiga surishda) plastinkasimon zanjirlar ishlatiladi.

Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari 

sifatida qo‘zg‘aluvchan stollar, karetkalardan, kesish asbobini 

zagotovkaga surish uchun esa supportlardan foydalaniladi. 

Surish qurilmalarini elektr dvigatel, pnevmodvigatel va gidro- 

dvigatel harakatlantiradi.

Dastgohlarning stollariga, odatda, harakatlanadigan yoki 

harakatlanmaydigan jo‘valar o‘rnatiladi; harakatlanmaydigan 

jo‘valar stollar sirtidan sal balandroq ko‘tarilib turganligidan 

zagotovkaning stol sirtiga ishqalanishini kamaytiradi.

Reysmusli dastgohlarda ustki jo‘valar ramaga o‘rnatilgan 

bo‘ladi; qo‘zg‘aluvchan stolga o‘rnatilgan pastki jo‘valarning 

vaziyati o‘zgartirib sozlanadi.

Siljitish mumkinligi, ularning diametrlarini to‘g‘ri tanlash 

jo‘valarni zagotovkaga nisbatan shataksirashini qisman kamay- 

tirishga imkon beradi. Masalan, to‘rt tomonlama bo‘ylamasiga 

frezalaydigan quvvatli dastgohlarda jo‘valarning siljishini ka- 

maytirish uchun diametri 500 mm gacha bo‘lgan uzatish jo‘va- 

lari ishlatiladi. Ba‘zida jo‘valarning zagotovkalarni zarur kuch 

bilan bosish uchun mahkamlash qurilmasi barcha detallarining 

va yuqorigi jo‘valar yuritmasining (disk arrali dastgohlarda)


30

massasi tegishlicha tanlanadi hamda pnevmodvigatellar yoki 

prujinalar ishlatiladi.

Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida jo‘valarning sirti ta- 

ram-taramlanadi, bu esa ularni zagotovka sirti bilan yaxshiroq 

tishlashishiga imkon beradi. Ko‘pincha, taram-taram jo‘valar sal 

qiyaroq yo‘nalgan boiadi; shu tufayli zagotovka oldinga surilishi 

bilan bir vaqtda dastgohning yo‘naltiruvchi yon chizg‘ichiga 

siqiladi. Zagotovkaning baza sirti buzilmasligi uchun pastki 

jo‘valarning sirti tekislanadi.

Zagotovkalarni surish uchun mo‘ljallangan karetkalar (15- 

rasm) frezalash dastgohi, bir tomonlama turum qirqish dast- 

gohi va zagotovkani ko‘ndalangiga kesish uchun moijallangan 

disk arrali ba‘zi dastgohlarda bo‘ladi. Karetka (4) kesish asbo- 

bining aylanish o‘qiga nisbatan perpendikular qilib stol (2) dan 

pastroqqa o‘rnatilgan yo‘naltirgich (8) bo‘yicha suriladi. Karet- 

ka burish kronshteyni (5) ga va yo‘naltirgich bo‘yicha g‘ildiray- 

digan silliq roliklar (7) ga tayanib turadigan platformadan ibo- 

rat. Zagotovkalar (3) karetkaga stoyka (6) qisqichlari yordami- 

da mahkamlangach, karetka aylanadigan kesish asbobi (1) tomon 

qo‘lda yoki maxsus yuritma yordamida suriladi.

1 2


3

4

5



6

7

8



15-rasm. Zagotovkalarni karetka bilan surish sxemasi:

1 - kesish asbobi, 2 - stol, 3 - zagotovka, 4 — karetka, 5 - burish 

kronshteyni, 6 — stoyka, 7 - roliklar, 8 - yo‘naltirgich.


31

Yuritmalar

Yuritmalar dastgohning ish qismlari, surish qurilmalari, 

yordamchi unsurlari, zagotovkani dastgohdan oladigan va dast- 

gohga zagotovka uzatadigan qurilmalar va qisish moslama- 

larini harakatlantiradi, shuningdek, dastgohni sozlaganda uning 

qismlarini siljitishga imkon tug‘diradi. Yuritma dvigatel va uzat- 

malar jamlamasidan tashkil topgan.

Elektr yuritmalar. Elektr yuritmalar sodda tuzilganligi va 

jo‘ngina boshqarilishi sababli yog‘ochga ishlov berish dastgoh- 

larida keng foydalaniladi, elektr yuritmalarning foydali ish 

koeffitsienti katta. Elektr yuritmalar massasi va o‘lchamla- 

rining kattaligi ularning kamchiligi hisoblanadi. Bundan tash- 

qari, elektr yuritmadan foydalanganda dastgoh qismlarining 

tez- ligini ravon o‘zgartirish qiyinlashadi. Ko‘p hollarda elektr 

dvigatel vallarining aylanish chastotasini kamaytirish maqsadida 

(masalan, surish qurilmalari uchun) yuritma jamlamasiga og‘ir, 

beo‘xshov uzatmalar kiritishga to‘g‘ri keladi, elektr dvigatelni 

yurgizib yuborish vaqtida uning inertsionligi (harakatni davom 

ettirish yoki harakatsiz tura bilish qobiliati) kutilganidan ham 

kattaroq kuchlanishli tok vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, na- 

tijada dvigatel qizib ketadi. Shunga ko‘ra surish qurilmasini 

harakatlantirish uchun, ko‘pincha, qurilmaga elektr dvigatel 

o‘rniga gidrodvigatel o‘rnatiladi (16-rasm).

Elektr dvigatel

ishchi val



16-rasm. Uzatish zvenosiz va tasmali uzatma yordamida 

harakatlanadigan elektr yuritmali dastgohlar.

32

17-rasmda eng ko‘p uchraydigan elektr yuritmalar va ular- 

ning sxemalari berilgan. Uzatish zvenolari bo‘lmagan elektr 

yuritmada elektr dvigatel (2) ish qismiga, ya‘ni pichoqli valga 

mufta yordamida ulangan, ish qismlarining massasi katta bo‘l- 

ganda hamda kesish asbobini katta tezlikda aylantirish zarurati 

bo‘lmagan dastgohdagina elektr yuritma ishlatiladi. Ish qismi 

elektr dvigatelga tasmali uzatma (3) orqali ulangan yuritmalar- 

dan foydalaniladi. Bunda elektr dvigatelning aylanish chastotasi 

bir minutda 3000 bo‘lganda, ish qismlarini minutiga 6-8 ming 

marta aylantirish mumkin.

3

4



d)

e)

b)



a)

1

1



1

1

2



2

2

17-rasm. Ish qismlarining elektr 



yuritmalari sxemalari:

a-mufta orqali dastgoh valiga, b-tasmali 

uzatma-dastgoh vali orqali, d-uzatish 

zvenolarisiz, e-chastota o‘zgartkichlar 

bilan, 1-stanina, 2-elektr dvigatel, 3-tasmali 

uzatma, 4-chastota o‘zgartkich.

Elektr dvigatel vali (2) ga bevosita ulangan shpindellarga 

o‘r-  natilgan  kesish  asboblarining  katta  tezlikda  kesishini 

ta‘minlash uchun yuqori chastotali tokda ishlaydigan elektr 

dvigatellaridan foydalaniladi. Sanoat chastotasidagi tok dastlab 

chastota o‘zgart- gich (4) ga o‘tadi; chastota o‘zgartgich esa 

dastgohning ish qismiga ulangan elektr dvigatel (2) ga 100, 200 

Gs va undan ortiqroq chastotali tok yuboradi.

Surish tezligini ravon o‘zgartirish maqsadida yuritma zan-

jiriga, ko‘pincha, elektr dvigateldan keyin (uzatma soni o‘zgar-

maydigan re duktor oldiga (vari ator) reduktor dastgohning surish 

qurilmasiga uzatma orqali ulanadi.


33

18-rasmda  ikkita  yig‘ma  shkivi  bo‘lgan  variatorning 

prinsipial sxemasi berilgan. Va riatorning ikkita konus shkivi 

enli, ponasimon maxsus tasmalar yorda mida juft-juft qilib 

ulangan. Har bir shkiv ikki qismdan iborat bo‘lib, bir qismi 

valga qo‘zg‘almas qilib, ikkinchi qismi qo‘zg‘aluvchan qilib 

sirpanuvchi shponka yoki shlitsalar yordamida mahkamlangan.

Shkiv vali elektr dvigatel va reduktor yoki surish qurilmasi 

vali bilan bog‘langan. Dastak chapga surilganda uzatish soni 

ortadi, o‘ngga surilganda esa kamayadi. Uzatish sonining o‘zga- 

rishiga shkivlar ish diametrlarining o‘zgarishi sabab boiadi. 

Masalan, dastak chapga surilganda shkivlarning harakatlana- 

digan qismlari qo‘zg‘almas qismlaridan uzoqlashib, shkivlar- 

ning ish diametrlari kichrayadi; shkivlarning qo‘zg‘aluvchan 

qismlari esa, aksincha qo‘zg‘almas qismlariga (tasmalar ta‘- 

sirida) yaqinlashib, shkivlarning ish diametrlari kattalashadi. 

Buning natijasida variatorning uzatish nisbati o‘zgaradi va chi- 

qish valining aylanish chastotasi kamayadi. Agar dastak o‘ngga 

(teskari tomonga) surilsa, chiqish valining aylanish chastotasi 

ortadi.


Dastgohlarning yuritmalarida bir pog‘onali ponasimon va 

disksimon variatorlar ishlatiladi.

Qo‘zg‘almas 

val


Qo‘zg‘almas 

blok


Qo‘zg‘aluvchan 

val


Qo‘zg‘aluvchan 

blok


18-rasm. Ikki qismdan tashkil topgan variator  

(friksion uzatma) sxemasi.

34

Hajmiy gidravlik yuritmalar

Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida hajmiy gidravlik 

yuritmalar, asosan, surish qurilmalari va qisqichlarni harakatlan- 

tiradi. Biroq ish qismlariga asosiy harakat gidravlik yuritma- 

lardan uzatiladigan dastgohlar ham bor (masalan, payraha 

randalab olinadigan dastgohlar). Bunday dastgohlarda gidravlik 

yuritmalar  ish  qismlarini  ilgarilama  va  aylanma  harakat- 

lantiradi.

Gidravlik yuritma dastgoh qismlarining harakat tezligini 

katta chegarada o‘zgartirishga imkon beradi, ishga tez tushi- 

shi bilan ajralib turadi va harakatning ravonligini ta‘minlaydi. 

O‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lsa-da, gidrodvigatei katta 

kuch hosil qiladi, shuningdek, dastgoh qismlarining harakat 

yo‘nalishini tez o‘zgartirishga yo‘l qo‘yadi va ularni masofadan 

turib hamda avtomatik ravishda boshqarishga imkon beradi.

Dastgoh qismlariga to‘g‘ri chiziqli va aylanma harakat 

bevosita  gidrodvigateldan  o‘tadi  yoki  oddiy  tuzilishdagi 

o‘zgartiruvchi qurilmalar (reyka-shesterna, krivoship-shatunli 

qurilma) orqali uzatiladi. Dastgohning gidrodvigatei harakatlan- 

tiradigan qismlari zo‘riqmaydi, bu esa uning xizmat muddatini 

oshiradi.

Gidravlik yuritmaning kamchiliklari: ish suyuqligining 

ishqa- lanishi va saqlash qurilmalari orqali sizib isrof bo‘lishidan 

foydali ish koeffitsientining nisbatan past bo‘lishi hamda ish 

suyuqligining temperaturasi keskin oshganda yuritmada o‘t 

chiqish xavfi tug‘ilishi va turg‘un ishlamasligi.

Oddiy gidravlik yuritma gidrodvigatei va nasosdan tashkil 

topgan. Dastgohlarning gidravlik yuritmalari sxemasiga ish su- 

yuqligining bosimini keragicha o‘zgartirib turadigan, dastgoh ish 

qismlarining harakat tezligini tegishlicha ta‘minlaydigan ham- 

da gidrodvigatellar valining harakat yo‘nalishini o‘zgartiradigan 

qo‘shimcha qurilmalar kiritilgan. Gidrosistemaga ish suyuqligi 



35

uchun  idishlar  va  ish  suyuqligini  begona  aralashmalardan 

tozalaydigan konditsionerlar ham o‘rnatilgan.

Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida, asosan ikki tomonla- 

ma ishlaydigan silindrlar ko‘rinishidagi gidrodvigatellardan 

foydalaniladi. Yangi mashinalarda ham aylanma harakatlanadigan 

gidrodvigatellar ishlatiladi.

Ikki tomonlama ishlaydigan gidrosilindr (19-rasm) har 

ikkala tomoni (toretslari) qopqoqlar bilan bekitilgan silindrdan 

tashkil topgan boiib, qopqoqlarning biri (yoki har ikkalasi) da 

shtok kirib turadigan teshiklar bor. Porshen shtokka biriktiriladi. 

Qopqoqning shtok kirib turadigan teshigiga zichlash halqasi 

o‘rnatilgan, bu zichlama silindrdan ish suyuqligining sizib 

chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi.



19-rasm. Ikki tomonlama 

ishlaydigan gidrosilindr.

Porshen shtok bilan birga surilishi uchun silindr bo‘shlig‘i 

qopqoqlaridagi kanallar orqali quvurlar vositasida yo‘nalti- 

ruvchi gidrotaqsimlagichlarga yoki jo‘mrakli taqsimlagichlarga 

ulangan. Silindrning o‘ng tomonidagi bo‘shlig‘ini bosim gidro- 

liniyasiga va chap tomonidagi bo‘shlig‘ini suyuqlikni tushirish 

liniyasiga ulash vaqtida porshen bilan birga shtok chapga ha- 

rakatlanadi. Bosim gidroliniyasiga gidrosilindrning chap tomo- 

nidagi bo‘shlig‘ini ulaganda esa porshen o‘ngga harakatlanadi.

Shesternali va plastinkali nasoslardan boshqa xil nasoslarga 

qaraganda ko‘proq foydalaniladi. Shesternali nasos (20-rasrn) 

korpus va ikkita shesternadan tashkil topgan. Shesternalar aylan- 

ganda shesterna tishlari orasidagi bo‘shliq ish suyuqligi bilan 


36

to‘ladi, ish suyuqligi bo‘shliqdan uzluksiz ravishda bo‘shliqqa 

o‘tib turadi, shesternalar tishlashgan joylarda bir shesternaning 

tishlari ikkinchi shesterna tishlari orasidan ish suyuqligini siqib 

chiqaradi. Shunga ko‘ra bo‘shliqda bosim vujudga kelib, ish 

suyuqligi shu bosim ta‘sirida bosim gidroliniyasiga o‘tadi. 

Shesternali nasos 10 MPa va bundan katta bosim hosil qiladi.

Plastinkali nasos (21-rasm) silindrik korpus, unga nisbatan 

ekssentrik tarzda joylashgan rotor va rotor o‘yiqlariga o‘rnatilgan 

hamda radius yo‘nalishida siljiydigan plastinkalardan tashkil 

topgan. Rotor aylanganda plastinkalar markazdan qochma 

kuchlar (ba‘zan esa qo‘shimcha o‘rnatilgan prujinalarga) ta‘si- 

rida o‘yiqlardan sirpanib chiqib (yoki o‘yiqlarga sirpanib tu- 

shib) korpusning ichki tashkil etuvchisiga tegib turadigan va- 

ziyatni egallashga intiladi.

    20-rasm. Shesternali nasos.              21-rasm. Plastinkali nasos.

Plastinkalar bo‘shliqdan bo‘shliqqa surilganda yonma-yon 

turgan ikki plastinka orasi sekin-asta kattalashib, orada siyrak- 

lanish zonalari vujudga keladi, gidrobakda bosim ostida turgan 

ish suyuqligi quvurlar bo‘ylab nasosning chap bo‘shlig‘iga su- 

rilib, plastinkalar orasini to‘ldiradi. Rotorning keyingi burili- 

shida plastinkalar orasi kichrayadi va ish suyuqligining ortiq- 

cha qismi quvurlar orqali bosim gidroliniyasiga o‘tadi. Plas- 

tinkali nasoslar 10 Mpa gacha bosim hosil qiladi. Ulardan ba‘zan 

gidrodvigatellar sifatida ham foydalaniladi.



37

Ish suyuqligi bosimini rostlaydigan gidravlik apparatlar

Saqlash klapani gidrosistemada bosimning ortib ketishiga 

yo‘l qo‘ymaydi. Saqlash klapani (22-rasm) korpusdan tashkil 

topgan bo‘lib, korpus ichida «Keltirish» («Podvod») bo‘shlig‘i 

va «Masofadan boshqarish» qurilmasi bor, ular doimo bosim 

kanaliga ulangan bo‘ladi.



22-rasm. Saqlash 

klapani.

P

2



P

1

Bosim kuchi belgilangan miqdordan oshib ketsa, porshencha 



suyuqlik bosimi ta‘sirida prujinaning qarshiligini yengib yuqoriga 

ko‘tariladi. Porshen uyasidan ko‘tarilib, «Keltirish» va «To‘kish» 

(«Sliv») bo‘shliqlarini o‘zaro tutashtiradi. Ortiqcha suyuqlik 

«To‘kish» bo‘shlig‘iga o‘tadi, porshen dastlabki vaziyatni egal- 

laydi. Sistemada bosim oshib ketganda mazkur jarayon takror- 

lanadi. Amalda porshen doimo biroz ko‘tarilgan holda turadi, 

shunga ko‘ra ish suyuqligi bosim qismidan «To‘kish» qismiga 

qisman o‘tadi, chunki ish unumdorligi sistemaga ulangan gidro- 

dvigatelnikidan yuqoriroq bo‘lgan gidronasoslar tanlanadi.

Reduksion klapan (23-rasm) suyuqlik bosimini oldindan 

belgilangan  o‘zgarishsiz  qiymatgacha  pasaytirish  uchun 

moijallangan. Reduksion klapan korpusdan tashkil topgan 

bo‘lib, korpus ichiga porshen (1) o‘rnatilgan, korpusning ichki 

bo‘shliqlaridan biri kanalning keltirish tarmog‘i («Podvod»)ga, 

ikkinchi bo‘shlig‘i esa past bosim olib ketish tarmog‘i («Otvod») 

ga tutashtirilgan. «Olib ketish» bo‘shlig‘ida bosim ko‘tarilganda 

ish suyuqligi vertikal va gorizontal kanallar orqali porshen (1) 


38

tagiga o‘tib, uni ko‘taradi, shunda «Keltirish» va «Olib ketish» 

bo‘shliqlari bir-biridan ajraladi. «Olib ketish» bo‘shlig‘ida bosim 

pasayganda porshen (1) prujinaning zo‘ri bilan pastga tushib, 

korpusning har ikkala bo‘shlig‘i o‘zaro tutashadi. Ish jarayonida 

porshen (1) harakatchan muvozanatda bo‘lganligidan korpus 

bo‘shliqlari orasida tirqish hosil bo‘ladi; bu tirqish «Olib ketish» 

bo‘shlig‘iga ulangan kanaldagi kamaygan suyuqlik o‘rnini 

to‘ldirish uchun kifoya. Zarur bosimni o‘rnatish uchun vint (2) 

ni burab, prujina (3) ning sharikli zatvor (4) ga bosim kuchi 

kamaytiriladi.

Olib 


ketish

Keltirish

1

4

3



2

Ish suyuqligini taqsimlash gidravlik apparatlari

Gidrodvigatelni ishga solish, reverslash va to‘xtatish vaqtida 

bo‘shliqlarga suyuqlik taqsimlash vazifasini har xil tuzilishdagi 

yo‘naltiruvchi gidrotaqsimlagichlar bajaradi.

Gidravlik boshqariladigan yo‘naltiruvchi gidrotaqsimlagich 

(24-rasm) avtomat dastgohlarning gidrodvigatellarini boshqa- 

rishda qo‘llaniladi. Gidrotaqsimlagichning korpusi ichiga por- 

shen qo‘zg‘aluvchan qilib o‘rnatilgan, porshenga porshencha 

ta‘sir etganida, ish jarayonida u eng chekka o‘ng holatni egal- 

laydi, chunki uni porshencha doimo bosib turadi. Bu holda «Si- 



39

lindrga» degan chap bo‘shliq «Keltirish» bo‘shlig‘i bilan, o‘ng 

bo‘shliq esa «To‘kish» bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Boshqarish bo- 

simini uzatganda («Boshqarish bosimi» bo‘shlig‘i) porshen eng 

chekka chap holatni egallaydi; bunda «Silindrga» degan chap 

bo‘shliq «To‘kish» bo‘shlig‘i bilan, o‘ng bo‘shliq esa «Kelti- 

rish» bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Gidrotaqsimlagichning neytral 

holati bo‘lmaydi.

P

P

SL



SL

10

1



3

2

4



2

24-rasm. Yo‘naltiruvchi gidrotaqsimlagich.

Elektrogidravlik boshqariladigan yo‘naltiruvchi gidrotaq- 

simlagichdan (25-rasm) gidrodvigatel o‘rnatilgan avtomatlashti- 

rilgan dastgohlarda foydalaniladi. Bunday dastgohlarda gidro- 

taqsimlagichni boshqarish uchun ikkita elektromagnit (3) va tor- 

saviy bo‘shliqni gidrosistemaning bosim va to‘kish kanallariga 

ulaydigan naychalar o‘rnatilgan.

Turtish elektromagnitlari (3) ishga tushganda prujinali por- 

shencha (2) ni suradi, shunda porshencha (2) porshen (J) ning 

chap toretsiga tegib turgan bo‘shliqni bosim kanali («Podvod») 

ga tutashtiradi. Porshen (J) eng chekka o‘ng holatni egallab, 

chap tomondagi bo‘shliqni bosim kanaliga, o‘ng tomondagi 

bo‘shliqni esa tushirish kanaliga tutashtiradi. O‘ng magnit (3) 

ishga tushganda porshen (1) chapga surilib eng chekka holatni 

egallaydi va o‘ng bo‘shliqni bosim kanaliga, chap bo‘shliqni esa 

tushirish kanaliga tutashtiradi.



40

1

2



3

3

K 1/4“



To‘kish

Keltirish

Keltirish

Silindrga



25-rasm. Elektrogidravlik boshqariladigan gidrotaqsimot.

Elektromagnit yordamida boshqariladigan gidrotaqsimla- 

gichlarda elektromagnitlar porshenni bevosita suradi. Maxsus 

avtomatik tarzda boshqarish tizimi mavjudligi sababli gidrotaq- 

simlagichlarda elektromagnitlarning baravar ishga tushishi kabi 

hollar ro‘y bermaydi.



Hajmiy pnevmatik yuritmalar

Pnevmatik yuritmalar mashinalarning qurilmalarini siqilgan 

havo yordamida harakatlantirishga mo‘ljallangan. Pnevmodvi- 

gatellarning tuzilishi oddiy, ular yaxshi ishlaydi, o‘t chiqishi ji- 

hatdan xavfsiz, tez ishga tushishi bilan ajralib turadi. Yog‘och- 

ga ishlov berish dastgohlari qismlarining bir tekisda tez hara- 

katlanishi talab qilinmaydigan hollarda dastgoh qismlarini surish 

uchun pnevmodvigatellar ishlatiladi. Dastgoh qismlari harakat 

tezligining ravonligini ta‘minlaydigan regulator sifatida rostlash 

apparati bo‘lgan gidrosilindrlardan foydalaniladi.

Yog‘ochsozlik korxonalarida kichik quvvatga ega bo‘lgan 

membranali, silindrli va rotorli pnevmodvigatellar ishlatiladi. 

Oddiy tuzilishdagi pnevmodvigatel taqsimlash qurilmasi va dvi- 

gateldan tashkil topgan.

26-rasmda membranali pnevmodvigatel ko‘rsatilgan. Agar 

membrana (2) bilan ostki qopqoq (J) orasidagi bo‘shliq bosim 



41

liniyasiga tutashtirilsa, siqilgan havo membrana orqali shtok (5) 

ni suradi, shtok surilganda dastgohning unga ulangan qismi ham 

birga suriladi. Membrana tagidagi bo‘shliq chiqarish liniyasiga 

tutashtirilsa, prujina (4) shtokni dastlabki vaziyatiga qaytaradi.

Silindrli pnevmodvigatellar bir tomonlama va ikki tomon- 

lama ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Bir tomonlama ishlaydigan 

dvigatelda shtokni siqilgan havo bir yo‘nalishda suradi, prujina 

esa uni dastlabki vaziyatiga qaytaradi. Ikki tomonlama ishlay- 

digan  dvigatelda  porshenning  har  ikkala  harakati  siqilgan 

havo bosimi ta‘sirida sodir bo‘ladi; dvigatel ishlab turganda 

silindrning bir bo‘shlig‘i siqilgan havo kanaliga, ikkinchi bo‘sh- 

lig‘i esa atmosferaga tutashtiriladi.

Silindrli pnevmodvigatellarning konstruksiyasi dvigatelning 

qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab, har-xil boiishi 

mumkin. 27-rasmda shunday silindrlarning bir turi berilgan.

1

2

3



4

5

Siqilgan 



havo


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling