SH. djumanov, S. Sayfiddinov


Keskich qismlari. Kesishdagi sirtlar va burchaklar


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana29.11.2020
Hajmi1.15 Mb.
#155061
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari


Keskich qismlari. Kesishdagi sirtlar va burchaklar

Yog‘ochni kesib detal yasash uchun konstruksiyasi jihatidan 

xilma-xil bo‘lgan keskich elementlari: bir keskichli (pichoqlar), 

bir necha keskichli (frezalar) yoki ko*p keskichli (arralar) 

asboblar ishlatiladi (3-rasm).

Keskich (3-rasm, b) ponasimon shaklga ega. Keskichning 

old qirrasi abdf, ketingi qirrasi asef va ikkita yon qirrasi abs va 

fde bor. Old qirra zagotovkaning qirindi chiqadigan tomonida, 

ketingi qirra esa ishlov berilgan sirtga qaragan bo‘ladi.

Raxlar keskichning qirralaridan tashkil topgan; old pax 

kesish raxi (keskichning tig‘i) bo‘lib hisoblanadi. Keskichning 

eni material enidan torroq bo‘lsa, old raxgina emas, balki yon 

raxlar ab va fd ham kesish tig‘lari bo‘lishi mumkin. Bu holda 

materialni kesishda old pax bilan birga yon raxlar ham ishtirok 

etadi.


15

Kesish jarayonida zagotovkaning quyidagi sirtlari farq qi- 

linadi:

— ishlov beriladigan sirt (1) dan yo‘nilayotgan yog‘och qat- 



lami bitta (keskich ilgarilama harakatlanganda) yoki bir nechta 

(keskich aylanma harakat qilganda) ko‘rinishda ajralib chiqadi;

1

1 a


d

e

b



5

5

4



a)

b)

3



2,3,4

2

 



 

 

3-rasm. Keskich qismlari, keskich 



to‘g‘ri chiziqli (a) va aylanma (b) 

harakat qilganda hosil bo‘lgan sirtlar 

va tekisliklar: 1-ishlov beriladigan 

sirt, 2-ishlov berilgan sirt, 3-kesish 

sirti, 4-kesish tekisligi, 5-bur- chaklarni 

o‘lchash tekisligi.

— ishlov berilgan sirt (2) qirindi yo‘nilgandan keyin hosil 

bo‘ladi;


— kesish sirti (3)  ishlov  berilayotgan  zagotovkada 

keskichning kesish raxini hosil qiladi.

Keskich zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat qilganda 

zagotovkaning ishlov berilgan sirti va kesish sirtiga to‘g‘ri 

keladi (3-rasm, a). Keskich aylanma harakat qilganda (3-rasm, 

b) kesish sirti doim egri chiziqli bo‘ladi, zagotovkaning ishlov 

berilayotgan va ishlov berilgan sirtlari esa yassi bo‘lishi mumkin.

Kesish sirtiga urinib, keskichning kesish raxi orqali o‘tgan 

sirt (4) kesish tekisligi deb ataladi. Keskich to‘g‘ri chiziqli 

harakatlanganda kesish tekisligi kesish sirtiga mos keladi. 

Keskich aylanma harakat qilganda uning har bir vaziyatiga 

ma‘lum kesish tekisligi to‘g‘ri keladi.


16

Kesish burchaklari. Zagotovkani  kesishda  quyidagi 

burchaklar hosil bo‘ladi:

— charxlash burchagi p —  keskichning old va ketingi 

qirralari orasida;

— kesish burchagi a — keskichning old qirrasi bilan kesish 

tekisligidan hosil bo‘ladi;

— old burchak у — keskichning qirrasi bilan perpendikular 

kesish tekisligi orasida;

- ketingi burchak a — keskichning ketingi qirrasi bilan 

kesish tekisligidan hosil bo‘ladi.

Burchaklarni kesish tekisligiga perpendikular va keskichning 

harakat yo‘nalishiga mos keladigan tekislikda o‘lchash qabul 

qilingan. Aylanadigan keskich bilan ishlaganda berilgan har bir 

nuqtada kesish tekisligiga urinma chiziq keskichning harakat 



yo‘nalishi deb qabul qilinadi.

Kesish holatlari

Keskichning harakat yo‘nalishi yog‘och tolalarining yo‘na- 

lishiga nisbatan qanday joylashganligiga qarab, kesish holatlari 

uchga  bo‘linadi:  torsaviy  kesish,  bo‘ylamasiga  kesish  va 

tolalarga ko‘ndalang yo‘nalishda kesish.

a

b



e

g

d



f

v

v

v

v

v

v

17

Tortsaviy kesishda (4-rasm, a) kesish tekisligi yog‘och tola- 

lariga nisbatan perpendikular yo‘nalgan bo‘ladi, bunda qirindi 

sinib, bir-biriga salgina ilinib yoki ayrim bo‘laklar holida ajralib 

chiqadi.

Tolalarni bo‘ylamasiga kesishda (4-rasm, b) kesish yo‘nalishi 

tolalar yo‘nalishiga mos keladi; qirindi tasmasimon bo‘ladi, 

ba‘zan sinib, bo‘laklarga ajraladi.

Tolalar yo‘nalishiga ko‘ndalang kesishda (4-rasm, d) keskich 

kesish tekisligida tolalarning bo‘yiga nisbatan perpendikular 

yo‘nalishda harakatlanadi; qirindi bir-biriga bo‘sh bog‘lanib 

turadi.


Bir xil sharoitda kesganda yog‘ochning kesishga ko‘rsata- 

digan qarshiligi tortsaviy kesishda eng katta, ko‘ndalang ke- 

sishda esa eng kichik bo‘ladi.

Kesishning asosiy turlaridan tashqari, ko‘ndalang - tortsa- 

viy kesish (4-rasm, e), tortsaviy bo‘ylamasiga kesish (4-rasm,/) 

ko‘ndalang-bo‘ylamasiga kesish (4-rasm, g) va boshqa holatlar 

mavjud.

Yog‘ochga keskich bilan ishlov berilganda bitta kesish sirti 



hosil bo‘lsa, ochiq kesish deyiladi. Bunda ishlov berilayotgan 

sirtning hamma joyidan qirindi chiqadi; keskichning tig‘i zago- 

tovka enidan birozgina enliroq yoki zagotovka eniga teng 

bo‘lishi mumkin. Agar ikki yoki uch kesish sirti hosil bo‘lsa, 

bunday kesish yarim ochiq yoki yashirin kesish deyiladi (5-

rasm).


1

2

3



5- rasm. Yashirin kesish:

1 — keskich, 2 - o‘yiqning tubi, 3 

— o‘yiqning devori, 4 — qirindi, v — 

keskich harakati.

Bu holatda keskichning old raxi (1) bilan old qirrasi o‘yiq- 

ning tubi (2) ni (bitta kesish sirti), keskichning yon raxlari esa 



18

uning devorlari (3) (ikkinchi va uchinchi kesish sirtlari) ni hosil 

qiladi, keskich harakatlanganda uning old qirrasi qirindi (4) ni 

deformatsiyalaydi. Keskich yog‘ochni chuqurroq kesib, unda 

darz hosil qilib, tolalarni siqib-parchalaydi. Darzlar uzun bo‘l- 

sa, qirindi ko‘chib, uzilib chiqadi, natijada ishlov berilayotgan 

sirtda darzlar, g‘adir-budurlar hosil bo‘ladi.

2

1



1

v

v

6-rasm. Tirgak (a) va qirindi 

sindirgichni (b) o‘rnatish: 

1-tirgak, 2-qirindi sindirgich, 

v-keskich harakati

Ishlov berilayotgan sirtda uzun darzlar hosil bo‘lishiga yo‘l 

qo‘ymaslik uchun dastgohlar konstruksiyasida keskich oldiga 

tirgak (1) o‘rnatish ko‘zda tutilgan (6-rasm, a). Tirgak keskich 

oldida qirindini bosib, unitig sinishiga yordam beradi, bino- 

bann, yog‘och tolalarining parchalanish uzunligini cheklaydi.

Qirindilarni sindirish uchun dastgohmng pichoqlar kallagiga 

hamda vallanga maxsus qurilma-qirindi sindirgich (2) o‘rnatiladi 

(6-rasm, b).

Kesish usullari

Yog‘ochga mexanikaviy ishlov berishning asosiy usullariga 

arralash hamda randalash, frezalash, parmalash va jilvirlash 

kiradi, bu vaqtda qirindi va qipiq chiqadi.

b)

a)

d)



f)

u

u

u

u

v

v

v

v

e)


19

Arralash (7-rasm, a) yog‘ochni ko‘p keskichli asbob — 

arra bilai ayrim zagotovka yoki detallarga bo‘lish usulidir. Bu 

yashirin kesish hisoblanadi.

Randalash (7-rasm, b) ~ zagotovka sirtini unga nisbatan 

to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda harakatlanadigan pichoq yordamida 

yo‘nishdir. Bu usul yog‘ochning aylanadigan keskichlar bilan 

ishlov berilgan sirtidagi notekis joylarni yo‘nish (yo‘nilgan 

o‘yiq, qirindi va mayda gazcho‘p olish) uchun ishlatiladi.

Frezalash (7-rasm,^ detallarni aylanadigan keskichlar yor- 

damida katta tezlikda yo‘nish usulidir, bunda yo‘nilgan sirtdan 

yoysimon qirindi ajralib chiqadi. Bu usul zagotovkalarda baza 

sirtlar hosil qilish uchun (randalash dastgohlarida); zagotov- 

kalarni  ikki,  uch  va  to‘rt  tomonini  (reysmusli  va  to‘rt  to- 

monlama bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida), to‘g‘ri chiziq- 

li va shakliga ishlov berish uchun; egri chiziqli zagotovkalarni 

shakliga ishlov berish va to‘g‘ri chiziqli yo‘nalishda ishlov berish 

uchun (frezalash, kopirlash-frezalash va maxsus dastgohlar); 

turum qirqish va teshik o‘yish uchun (turum qirqish va fre- 

zalash dastgohlari) ishlatiladi.

Parmalash (7-rasm, e) zagotovkada silindrik teshiklar hosil 

qilish maqsadida unga aylanadigan keskichlar yordamida ish- 

lov berish usulidir. Bunda teshikning o‘qi asbobning aylanish 

o‘qiga mos keladi. Parmalash jarayonida bir qatlam yog‘och- 

ning o‘zidagi ayrim tolalar turli tezlikda kesiladi: parmaning 

aylanish markazi yaqinida tolalarning kesilish tezligi juda 

kichik bo‘lsa, markazdan uzoqroqda tezlik juda katta bo‘ladi. 

Parmaning markaziga to‘g‘ri kelgan joylarda kesish tezligi nolga 

tengdir.

Jilvirlash — yog‘ochni qog‘oz yoki matoga jilvir donalarini 

yopishtirib hosil qilingan abraziv keskichlar yordamida jilvir- 

lash usulidir. Bunda yog‘och sirtidagi g‘adir-budurlarni jilvirlab 

yog‘ochning juda yupqa qatlami qirib olinadi.



20

IV BOBDASTGOHLAR ASOSIY  

UNSURLARINING TAVSIFLAM

Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarining unsurlari ishlov be- 

rish dastgohlarining qurilmalari va ularning bajaradigan ishiga 

bog‘liq. Ba‘zi dastgohlar yog‘ochni arralash uchun, yana biri - 

randalash uchun, boshqalari — parmalab teshish va hokazolar 

uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi jihatdan bir-biridan 

farq qilgani bilan ularning qurilma unsurlari bir xil vazifani 

bajaradi: staninalar, stollar yoki karetkalar detallar uchun baza 

bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini mahkamlash 

va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun 

xizmat qiladi. Dastgohlarning qurilmasini o‘zgartirish ularning 

unsurlari qurilmasining o‘zgarishiga hamma vaqt ham sabab 

bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra dastgohlarning qismlarini bilish 

yangi  qurilmadagi  dastgohlar  va  avtomatik  liniyalarni  tez 

o‘zlashtirishga imkon beradi.

Dastgohlarning unsurlari asosiy va yordamchi unsurlarga 

ajratiladi. Asosiy unsurlar jumlasiga staninalar, supportlar, ish 

qismlari, surish qurilmalari, yuritmalar, boshqarish qismlari, ta- 

yanch va yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslama- 

lari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash, dastgohni 

sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun 

mo‘ljallangan qurilmalar yordamchi unsurlar bo‘lib hisoblanadi. 

Ko‘pgina dastgohlar dastgoh yoniga o‘rnatiladigan qurilmalar 

— zagotovka bilan ta‘minlab turuvchi va taxlash qurilmalari 

bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan unsurlar to‘pla-mi bilan 

dastgohlarning hammasi ham jihozlanavermaydi.

Stanina dastgohning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar 

staninaga mahkamlanadi. Stanina dastgohning ayrim unsurlari 

o‘rtasida ta‘sir kuchlarini, titrash kuchlanishlarini hamda ishlov 

berilayotgan material yuklanishlarini qabul qiladi.



21

Staninalar  quyib  va  payvandlab  tayyorlangan  bo‘lishi 

mumkin. Ularning ichi kovak qilib, kesimi, odatda, qutisimon, 

shu bilan birga, zarur bo‘lgan turg‘unlikni ta‘minlab tayyorlanadi. 

Stannalarning shakli va o‘lchamlari dastgohning vazifasiga 

hamda qurilmasiga bog‘liq.

Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish qismlari 

—  shpindellari,  pichoqlar  va  arralar  o‘rnatiladigan  vallari 

ana shu asboblami mahkamlash va aylantirish uchun xizmat 

qiladi. Kesish asbobi ilgarilama harakat qiladigan dastgohlarda 

ish qismlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun yoki uni 

mahkamlash va unga to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, 

yo bo‘lmasa, to‘g‘ri yo‘nalishda surish uchun moijallangan. 

G‘o‘labur arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish qismla-

ri — shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya‘ni g‘o‘labur arrasi 

yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat  

qiladi.

Supportlarga  dastgohning  ish  bajaradigan  yoki  boshqa 



qismlari mahkamlanadi. Supportga mahkamlangan ish qismlari, 

dastgohning qurilmasiga qarab, sozlash vaqtida bir (masalan, 

vertikal) yo‘nalishda, ikki (vertikal va gorizontal) yoki uch 

yo‘nalishda va burchak hosil qilib surilishi mumkin.

Pozitsiyalab  ishlov  berish  dastgohlarida  supportlardan 

tayanch unsurlar —  stollarni mahkamlash maqsadida ham 

foydalaniladi.  Bunday  dastgohlarda  supportlar  ba‘zida 

zagotovkalarga surish harakatini uzatish uchun ham xizmat 

qiladi.

O‘tish bilan ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari 



zagotovkalarga uzluksiz bir tekis harakatni uzatib turadi; po- 

zitsiyalab ishlov berish dastgohlarida esa bu qurilmalar zago- 

tovka yoki kesish asbobiga, yo bo‘lmasa bir vaqtning o‘zida ham 

zagotovka, ham asbobga qaytma - ilgarilama harakat — surish 

harakati va qurilmaning salt yurishi uzatiladi.

Yuritma dvigatel va uni dastgoh unsurlari bilan bog‘lovchi 

oraliq zvenolardan (masalan, tasmali uzatma yoki elektr dvigatel 


22

valini pichoqlar vali bilan bog‘lovchi muftadan) iborat. Ba‘zan, 

masalan, elektr dvigatel vali ayni vaqtda arralar vali bo‘lib ham 

xizmat qiladigan hollarda oraliq zvenolarga hojat qolmaydi.

Boshqarish qismlari ish qismlarining yuritmalarini ishga so- 

lish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy rusumdagi 

dastgohlarda yuritmalar avtomatik va yarim avtomatik ravishda 

boshqariladi; yarim yuritmalar muayyan, oldindan belgilab 

qo‘yilgan izchillikda yoki zagotovkaning muayyan holatida 

ishga tushadi va to‘xtaydi. Ko‘pgina dastgohlarning boshqarish 

tizimlarida buzilib qolgan yuritmaning avtomatik ravishda to‘x- 

tashi ko‘zda tutilgan.

Dastgohlarning tayanch va yo‘naltiruvchi unsurlari ishlov 

berish jarayonida zagotovkalarning turg‘unligini ta‘minlaydi va 

surilayotgan zagotovkani kesish asbobiga to‘g‘rilaydi.

Pozitsiyalab ishlov berishda qisqichlar zagotovkani muayyan 

vaziyatda mahkamlaydi. Siqish moslamalari o‘tish operatsiyalari 

bajarilayotganda zagotovkalarni yo‘naltiruvchiga zich tegib 

turishini ta‘minlaydi. Tirgaklar zagotovkani kesish asbobiga 

nisbatan muayyan vaziyatda to‘g‘ri joylashishiga yordam beradi.

Ta‘minlash va taxlash qurilmalari dastgohga zagotovkalarni 

uzatadi va ishlov berilgan zagotovka yoki detallarni dastgohdan 

olib, ularni tashish paketlariga taxlaydi.

Charxlash qurilmalari kesish asbobini bevosita dastgohda 

charxlash va shaklini to‘g‘rilashga mo‘ljallangan.

Sozlash qurilmalari hamma dastgohlarda bor. Ular yo‘nal- 

tiruvchi va tayanch unsurlarning kesish asbobiga nisbatan 

vaziyatini hamda siqish va uzatish unsurlarining tayanch qism- 

larga nisbatan vaziyatini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.

Chiqindilardan xalos qilish qurilmalari eksgauster qabul 

qilgichlardan iborat bo‘lib, zagotovkaga ishlov berganda hosil 

bo‘ladigan chang, qipiq va qirindini chiqarib tashlaydigan quvur- 

larga ulanadi.


23

Moylash qunlmalari ishqalanuvchi sirtlarni moylash uchun 

ishlatiladi.

Isb qismlari va surish qurilmalari

Arra vali. Arra vali disk arrali va agregat dastgohlarning ish 

qismi hisoblanadi. Arra vali (9-rasm, а) korpuslar (2) ga o‘rna- 

tilgan ikkita sharikli podshipnik (3) da aylanadi, val dastgohning 

tayanch qismiga (masalan, staninaga) shu korpuslar yordamida 

o‘rnatiladi.

Valning bir uchiga shkiv (1) mahkamlangan; elektr dviga- 

telning aylanish harakati shu shkivga kiygizilgan tasma orqali 

valga uzatiladi. Valning ikkinchi uchiga disk arra (5) maxsus 

shaybalar (6) va (4) orasiga olinib, gayka (7) yordamida siqib 

qo‘yilgan.

Shayba valga, odatda, prizmatik shponka yordamida qo‘z- 

g‘almas qilib, shayba esa sirpanadigan qilib o‘rnatiladi.

Shayba bilan disk arrani siqib turuvchi gayka 7 disk arraning 

aylanish tomoniga teskari yo‘nalishda burab mahkamlanishi lo- 

zim. shunda u ish jarayonida buralib bo‘shamaydi. Shu boisdan 

arra valining uchidagi rezbasi valning qaysi tomonga ayla- 

nishiga qarab o‘ng rezba yoki chap rezba bo‘lishi mumkin.

3

4



5

6

7



9

8

7



6

5

2



1

1112


13

18

10



b)

a)

14



15

1617


9-rasm. Bir arrali (a) va ko‘p arrali (b) dastgohlardagi arralar 

valining yig‘ilgan holati:

1-shkiv, 2,13-korpuslar, 3-sharikli podshipnik, 4,6-shaybalar, 5-disk 

arra, 7-gayka, 8-vtulka, 9-shpilka, 10-arralar vali, 11-oraliq halqa, 

12,15-flanetslar, 14,18-chiqiqlar,16-shkiv, 17-shponka.



24

Disk arrali dastgohlarning ba‘zi (muvozanatlovchi va tor- 

saviy mayatnikli) qurilmalarida arra vali sharikli podshipnik- 

larining har ikkala korpusi yaxlit qo‘yilgan bo‘ladi va staninaga 

sharnirli mahkamlanadi yoki qo‘zg‘almas o‘qda buriladigan 

yaxlit ramkadan iborat bo‘ladi.

TSDK - 5 va TSMR - 2 tipidagi ko‘p arrali dastgohlarda 

taxtalar yoki zagotovkalar bir o‘tishda bir necha qismga kesiladi. 

Arra vali {10) (9-rasm, b) quyma korpus {13) ga mahkamlangan 

podshipniklarda o‘rnatiladi; korpusning toretslari flanetslar 



{12) va (15) bilan bekitilgan. Valning bir uchiga uni tasmali 

uzatma orqali elektr dvigatelga ulaydigan shkiv {16) otkazilgan. 

Shponka {17) /ramda boltli torsaviy shayba shkiv {16) ni valda 

qo‘zg‘atmay qo‘yadi. Valning ikkinchi uchiga arra (5) otnatilib, 

shayba (6) va gayka (7) bilan mahkamlanadi. Arralar valga 

bevosita mahkamlanishi bilan birga, maxsus opravka - vtulka (8) 

ga ham biriktirilgan bo‘ladi; vtulka sirpanuvchan shponkada val 

bo‘yicha suriladi. Shpilka (9) li halqalar (11) arralar oralig‘ining 

o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chiqiqlar (18) valni staninaga 

sharnirli mahkamlash uchun, chiqiq (14) yordamida esa val 

o‘rnatilgan korpusni arraning vaziyatini balandligi bo‘yicha 

o‘zgartirib buriladi.



Picboqlar vali. Yog‘ochga uzunasiga frezalash usulida 

ishlov beradigan dastgohlarda, chunonchi: randalash dastgohi, 

reysmusli dastgoh, to‘rt tomonlama bo‘ylamasiga frezalash-

randalash dastgohida pichoqlar vali ishlatiladi (10-rasm).

3

4

4



2

2

b)



a)

1

10-rasm. Pichoqlar vali:

a-pichoqlar to‘g‘ri chiziqli 

valda joylashgan, b-pichoqlar 

vint chiziq bo‘yicha 

joylashgan, 1-shkiv, 2-val, 

3-podshipnik, 4-pichoq.


25

Pichoqlar vali (2) po‘latdan yasaladi (10-rasm, a). Valning 

qurilmasi unga pichoqlar (4) ni o‘rnatish va ularni aylanma 

harakatlantirish imkonini beradi. Valda pichoqlar joylashadigan 

o‘yiqlar va ularni mahkamlaydigan qurilmalar bo‘ladi. Valning 

chekka  uchlarida  bo‘yinlar  bor,  val  shu  bo‘yinlarga  pod- 

shipniklar (3) da o‘rnatiladi. Valning bir uchiga mahkamlangan 

shkiv (1) valga aylanma harakat uzatadi. Ba‘zan shkiv o‘rnida 

yarim mufta bo‘ladi; yarim mufta pichoqlar valini elektr dvigatel 

valiga bevosita ulaydi. Bunda elektr dvigatel valining o‘qi bilan 

pichoqlar valining o‘qi o‘qdosh bo‘lishi lozim.

SR6 - 8 tipidagi reysmusli dastgohlarda pichoqlar valiga 

(10- rasm, b) o‘roqsimon yassi pichoqlar o‘rnatiladi; bu pichoq- 

larning tili valning silindrik sirtida vint chiziqlari bo‘ylab 

o‘rnatiladi.  O‘roqsimon  pichoqlarning  tillari  yo‘niladigan 

yog‘ochga deyarli hamma vaqt tegib turganligidan, bunday 

pichoqlar vali boshqa vallardan ravon ishlashi bilan ajralib 

turadi. Bunday pichoqlar bilan ishlov berilgan sirtlarda g‘adir-

budurlar kam bo‘ladi.

Pichoqlar vali bir daqiqada 6000 marta va undan ham ko‘p 

aylanadi, shunga ko‘ra val hamda pichoqlar shunday muvoza- 

natlanadiki, valning qarama - qarshi tomonlariga o‘rnatilgan 

ikki pichoqning og‘irlik markazlari aylanish o‘qidan baravar 

masofada joylashgan bo‘ladi. Aks holda, muvozanati buzilgan 

markazdan qochuvchi kuchlar paydo bo‘lib, kuchli titrash 

paydo boiadi, bu esa ish sifatining pasayishiga hamda dastgoh 

unsurlarining sinishiga olib keladi.

Pichoqlar vali bir, ikki va bundan ko‘p pichoqlar juftini 

o‘rnatishga  mo‘ljallangan.  Pichoqlarni  o‘rnatish  usullari 

11-rasmda  ko‘rsatilgan.  Pichoqlar  (3)  valdagi  o‘yiqlarga 

o‘rnatilgan. Har bir pichoq o‘yiqning devori bilan ponasimon 

vkladish (4) orasiga boltlar (5) bilan siqib qo‘yilgan; boltlar 

vkladishlardan buralib chiqqanda kallaklari bilan o‘yiqning 

qarama-qarshi tomondagi pichoqqa taqaladi. Pichoqni bir tekisda 



26

siqib qo‘yish uchun valni uzunligi bo‘yicha bir necha bolt bilan 

siqib qo‘yish ko‘zda tutilgan.

O‘tmaslashgan pichoqni almashtirish uchun hamma boltlar 

bo‘shatilib, pichoq olinadi va o‘rniga o‘tkir pichoq qo‘yiladi, 

so‘ngra valning o‘rtasidagi boltdan boshlab barcha boltlar bir 

necha usulda buralib, pichoq qattiq siqib qo‘yiladi. Pichoq 

tig‘ining vaziyatini o‘zgartirish uchun, shuningdek, pichoqni 

valga o‘rnatishda vintlar (2) (11-rasm, a) yoki prujinalar (6) (11-

rasm, b) ishlatiladi.

3

3

1



2

4

4



5

6

a)



b)

5

Shpindellar. Shpindellar uzunasiga frezalash, frezalash, tu- 

rum qirqish, parmalash, zanjirli - o‘yish dastgohlan va yog‘ochga 

frezalash yoki parmalash usuhda ishlov berishga mo‘ljallangan 

boshqa xil dastgohlarda kesish asbobmi o‘rnatish va aylantirish 

uchun ishlatiladi

Shpindellar dastgoh supportining stakani ichiga sharikli 

podshipmklar  bilan  mahkamlanadi.  Shpindelning  yuqori 

qismida kesish asbobi bo‘lgan valga kiydirish uchun konussimon 

chuqurcha yoki mahkamlash vositasi ko‘zda tutilgan bo‘ladi.

Shpindellar dastgohlarning vazifasiga ko‘ra turlicha quril- 

malarda bajarilgan bo‘lishi mumkin. Ba‘zi hollarda ish jarayo- 

nida shpindelning uzunligini o‘zgartirish uchun teleskopik 

shpindellar  ishlatiladi.  13-rasmda  shunday  shpindellardan 



27

birining tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu shpindel ikki qismdan iborat; 

qismlardan biri ikkinchisi bo‘ylab shponkada yoki shlitsli 

birikmada sirpanishi mumkin. Shpindelning shkiv (4) li yuqori 

qismi (6) podshipniklar (5) ga, pastki qismi (2) esa stakan (3) 

ning podshipniklari (7) ga o‘rnatilgan. Bu holda shpindelning 

pastki qismiga parma (1) mahkamlangan. Shpindelning pastki 

qismini dasta (8) yordamida vertikal tekislikda siijitish mumkin, 

bunda shpindelning yuqori qismi (6) tishlashgan holda turadi 

(13- rasm).

3

2

1



8

7

6



5

4


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling