SH. djumanov, S. Sayfiddinov
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 43-rasm. Zamonaviy randalash dastgohining umumiy ko‘rinishi.
- 44-rasm. Bir to mon la ma randa laydigan ran da lash dastgohining sxe ma tik chizmasi
- Randalash dastgohlarining texnik tavsiflari
- Dastgohlarni sozlash.
- Dastgohda ishlash
- 45-rasm. Reysmusli dastgoh sxemasi va uning umumiy ko‘rinishi.
- Vertikal shpindelli frezalash dastgohlari
- 48-rasm. Vertikal shpindelli (yuqoridan pastga) frezarlash dastgohi
- Frezaning detalga nisbatan harakat yo‘nalishi
Konstruksiyasi. Bir tomonlama ishlaydigan randalash dast- gohlari — zagotovkaning faqat bir sirti (odatda, bir qatlami)ni yoki ikki o‘tishda birin-ketin ikkala sirtini randalab tekislaydi (43-rasm). Gorizontal joylashgan pichoqlar vali dastgohning ish qismi hisoblanadi, mazkur valga ikkita, ba‘zan to‘rtta pichoq o‘rnatiladi. 43-rasm. Zamonaviy randalash dastgohining umumiy ko‘rinishi. 44-rasmda bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohi- ning sxematik chizmasi ko‘rsatilgan. Dastgohning staninasi (20) qutisimon bo‘lib, quyib yasalgan. Dastgohning old (13) va ke- tingi (1) stollari, yo‘naltiruvchi chizg‘ichi (12) bor. Yo‘nalti- ruvchi chizg‘ich quyib yasalgan va tayanch tekisligi bilan verti- kal tekisligiga yaxshilab ishlov berilgan. Chizg‘ich dastgohga kronshteyn (8) yordamida biriktirilib, vintlar (9) va (11) bilan mahkamlanadi. 22 1716 15 14 13 12 11 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 20 1918
21 44-rasm. Bir to mon la ma randa laydigan ran da lash dastgohining sxe ma tik chizmasi: 1-ke tingi stol, 2, 15-eks sen trikli valiklar, 3-tort- 56 qi, 4, 8-kronshteyn, 5-gay ka, 6-pichoqlar vali, 7-el pi g‘ichsimon to‘siq, 9,11- vint lar, 10-shtanga, 12- yo‘ nal tiruv chi chiz g‘ich, 13- old stol, 14-oldi stol ni ko‘tarish va tushirish qurilmasining dastasi, 16-salazkalar. 17-tugma cha li stansiya o‘rnatiladigan joy, 18-dastaki tormozning das ta si, 19-fiksator, 20-stanina, 21-elektr dvigatel, 22-dastaki tormozini to‘sish g‘ilofi. Staninaga pichoqlar vali (6) sharikli podshipniklari yorda- mida gorizontal holatda o‘rnatilgan. Dastgohga sharnirli birik- tirilgan yelpig‘ichsimon to‘siq (7) pichoqlar valini bekitib turadi- Spiral prujinalar to‘siqni yo‘naltiruvchi chizg‘ichga siqib turgani uchun valni butunlay yopadi. Ishlov berish jarayonida zagotovka to‘siqni yo‘naltiruvchi chizg‘ichdan itaradi, zago- tovkaning ishlov berilayotgan sirti tagidagi valning bir qismi ochiladi. Har bir stolga ekssentrikli valiklar (2) va (15) o‘rnatilgan bo‘lib, valiklar har bir stol uchun alohida salazka (16) ga qo‘z- g‘aluvchan qilib mahkamlangan. Salazka staninaga boltlar bilan biriktiriladi. Ekssentrik valiklar stollarni ko‘tarish va tushi- rishga, salazka esa ularni pichoqlar valiga yaqinlashtirish yoki undan uzoqlashtirishga imkon beradi. Ekssentrik vallar tortqi-vintlar (3) yordamida juft-juft qilib biriktirilganligi sababli stollar ko‘tarilganda va tushirilganda gorizontal holatini o‘zgartirmaydi. Old stolni tushirish va ko‘- tarish uchun dastak (14) sektorning bo‘linmalarga bo‘lingan sirti bo‘yicha suriladi; ketingi stolning baland-pastligi tortqi - vintning kronshteyn (4) ga nisbatan gaykalar (5) yordamida o‘zgartirib rostlanadi. Staninaga tugmachali stansiyasi (17) bo‘lgan elektr yuritma- ning yurgizish apparatlari o‘matilgan. Pichoqlar valini tez to‘xtatish uchun dastgohda dastak (18) li tormoz bor, tormoz kojux (22) bilan o‘ralgan. Pichoqlar vali fiksator (19) bilan mahkamlanadi. Pichoqlar valini harakatlantiruvchi elektr dvigatel (21) staninaga maxsus 57 plita yordamida biriktiriladi, bu plita tasmalarni tortib ta- ranglash imkonini beradi. Shtanga (10) yo‘naltiruvchi chizg‘ich- ni keragicha siljitib rostlaydi. Pichoqlarni charxlash uchun bevosita pichoqlar valiga max- sus qurilma o‘rnatish mumkin. 2-jadval Randalash dastgohlarining texnik tavsiflari Ko‘rsatkichlar SF4- 1 SFA41 SFK- 6 S2F4- 1 Kesish aylanasining diametri: pichoqlar valida 128 ! 128
128 128
pichoqlar kallagida - - 105 Aylanish chastotasi, ayl/min: 1 pichoqlar valining 5100 5100
5100 5100
pichoqlar kallagining - - - 7000
Surish tezligi, m/min. - 6,5...30 6; 8; 7...30 Elektr dvigatellaming quvvati, kVt 3,0
3,5 9,2
5,3 Gabarit o‘lchamlari, mm: bo‘yi 2564
2556 5565
2556 eni 1020
1013 1370
930 balandligi 1150 1350
1300 1350
Massasi, kg 750
990 1600
1050 Dastgohlarni sozlash. Bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlarini sozlash old va ketingi stollarni hamda yo‘nalti- ruvchi chizg‘ichni o‘rnatishdan iborat. Ketingi stolning ish sirti kesish silindrik sirtiga urinma gorizontal tekislik bilan bir sathda yoki undan 0,02...0,03 mm pastroqda bo‘lishi lozim. Stol shunday vaziyatda turganda ish- lov berilayotgan sirtning kinematik notekisliklari stol jag‘iga tiralmaydi. Stolni zarur vaziyatda o‘rnatish uchun qattiq jinsli 58 yog‘ochdan to‘g‘ri ishlov berilgan g‘o‘lacha olinadi, bu g‘o‘la- cha stolga jips tekkizib qo‘yilib, pichoqlar vali qo‘lda aylan- tiriladi. Agar shunda pichoqlar g‘o‘lachaga salgina tegsa, stol to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi, agar g‘o‘lacha pichoqlar ustida yotsa, stolni balandroq ko‘tarish kerak. Stolni ko‘tarish uchun gaykani kalit yordamida burab, ketingi stolning ekssentrik valiklarini birlashtiruvchi vint-tortqi bo‘yicha siljitishch kerak. Ketingi stol pichoqlari har gal almashtirilgandan keyin va valda turganda, charxlangandan hamda raxi chiqarilgandan keyin rostlanadi. Old stolning ketingi stolga nisbatan turish vaziyati zagotov- kaning eniga va yo‘nilayotgan qirindining qalinligiga bog‘Iiq bo‘lib, ensiz zagotovkadan - yo‘nilayotgai yog‘och qatlamining qalinligi 2 mm dan oshmasligi lozim. Bu qalinlik old stolning ish sirti bilan kesish aylanasiga urinma gorizontal tekislik orasidagi masofaga qarab belgilanadi. Stol dasta yordamida ko‘tariladi, ya‘ni dasta sektorning tegishli bo‘linmasi qarshisiga suriladi. Stolni surish qurilmasi tob tashlagan zagotovkalarni bo‘ylamasiga frezalashda dastani harakatlantirish yo‘li bilan stolni tezgina ko‘tarish yoki tushirishga imkon beradi. Stollar balandligi bo‘yicha rostlangandan keyin stollarning sathi bilan pichoqlar tig‘i orasidagi masofa tekshiriladi. Bu tirqish 2...3 mm atrofida bo‘lishi lozim. Bu tirqish tegishli qalinlikdagi kalibrlangan plastinka bilan o‘lchanadi. Plastinka stolning sathi bilan pichoq tig‘i orasiga bemalol kirishi, biroq orada liqillamasligi kerak. Tirqish 3 mm dan katta bo‘lsa, ishlov berilayotgan sirtdan yog‘och qatiami yulinib chiqadi, tirqish 2 mm dan kichik bo‘lganda pichoqning tig‘i uvalanadi. Zarur tirqish kattaligi valni pichoq to stolning sathi qarshisiga kelgun- cha aylantirib rostlanadi. Vintlar burab bo‘shatilib ekssentrik valikli salazkalami pichoqlar valining bor bo‘yicha 2... 3 mm kattalikda tirqish hosil bo‘lguncha siljitiladi. Shundan so‘ng salazkalar yaxshilab mahkamlanadi.
59 G‘o‘lasimon zagotovkalarni randalashda pichoqlar valining chap tomonidagi uchi bilan yo‘naltiruvchi chizg‘ich orasi ishlov berilayotgan zagotovka enidan biroz kattaroq bo‘lishi lozim. Pichoqlar o‘tmaslashgan sari pichoqlarning o‘tkir qismini ishga solish uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ich sekin-asta o‘ng tomonga siljitiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich maxovikcha yordamida qo‘zg‘atiladigan reykali qurilma yordamida stolning ko‘ndalangiga siljitiladi. Detaining yon qirrasini frezalash uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ich detal qatlamiga nisbatan (odatda, 90°) qiya o‘raatilishi lozim, bu maqsadda metall uchburchaklik yoki tegishli andazadan (burchak to‘g‘ri burchakdan farq qilsa) foydalaniladi. Buning uchun nazorat uchburchaklik (andaza) dastgohning ketingi stoliga o‘rnatiladi. Bunda uchburchaklik (andaza) ning tokchasi bilan yo‘naltiruvchi chizg‘ichning sirti orasidagi tirqish 100 mm masofada 0,05 mm dan oshmasligi kerak. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich ma‘lum burchak ostida o‘rnatilib. vint bilan mahkamlab qo‘yiladi. Ikki tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlarini soz- lashda stollarni hamda yo‘naltiruvchi chizg‘ichning qo‘zg‘al- mas qismini (ketingi stol tepasida) rostlash tartibi bir tomon- lama ishlaydigan randalash dastgohiniki kabidir. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich qo‘zg‘aluvchan qismining tekisligi qo‘zg‘almas qismi- ning tekisligidan zagotovkaning yon qirrasidan yo‘nilayotgan yog‘och qatiami qalinligicha narida bo‘lishi lozim. Ekssentrik dastasini burib, chizg‘ich zarur holatda o‘rnatiladi, dasta bu- rilganda yarim aylana shaklidagi halqa bo‘yicha sirpanadi Dasta yarim aylananing o‘rtasida turganda chizg‘ich yo‘niladigan yog‘ochmng qalinligi 1 mm ga, dasta yarim ayla- naning 1/4 qismida turganda esa — 0,5 mm ga teng bo‘lgan va hokazo vaziyatni egallaydi Avtomatik uzatkichlar kabi, surish konveyerlari ham mu- ayyan qalinhkdagi zagotovkani uzatadigan qihb rostlanadi Zagotovkalar prujinali roliklar, zanjirlar yoki panjalar yorda- mida salgina siqilib, shataksiramay, ravon uzatihshi lozim
60 Zagotovkalarning uzatihshi avtomatik uzatkichlarning turish vaziyatiga ham bog‘hq Zagotovkaning qatlamlanga ishlov be- nshchda avtomatik uzatkichni pichoqlar validan keyin (valdan 30 40 mm masofada) o‘rnatgan ma‘qul, qalin zagotovkalarga ishlov benshda uzatish moslamalari old stol tepasida bo‘lishi ham mumkin Avtomatik uzatkich yo‘naltiruvchi chizg‘ichga nisbatan kichik burchak ostida o‘rnatiladi, shunda ishlov benlayotgan zagotovka unga yopishib turadi Bir tomonlama ishlaydigan randalash dastgohlarida ham avtomatik uzatkichlardan foydalaniladi Zagotovkalarning yon qirralanni randalash uchun avtomatik uzatkichlar yo‘naltiruvchi chizg‘ichga parallel holda o‘rnatiladi, shunday vaziyatda avtomatik uzatkich qismlari zagotovkani yo‘naltiruvchi chiz- g‘ichga va dastgoh stoliga yaxshi qisadi Dastgohning to‘g‘ri sozlanganligi zagotovkani randalash orqali tekshiriladi Teshikdan chetga chiqish 1000 mm uzun- likda ko‘pi bilan 0,15 mm dan va perpendikularhkda esa 100 mm uzunhkda 0,1 mm dan oshmashgi lozim
dastgohini bir kishi, lkki tomonlama ishlaydigan randalash dast- gohini esa ikki kishi boshqaradi. Ishchi shtabeldan zagotovkani olib ko‘zdan kechiradi va botiq sirtini pastga qaratib, dastgoh- ning old stoliga qo‘yadi So‘ngra zagotovkani yo‘naltiruvchi chizg‘ichga ikki qo‘li bilan bosib turib pichoqqa suradi Keyin- chalik zagotovkani chap qo‘li bilan surib uning ishlov berilgan qismini ketingi stol sirtiga bosadi Navbatdagi o‘tishdan keyin ishchi zagotovkani yana ko‘zdan kechiradi va yetarhcha ishlov berilgan bo‘lsa, belgilangan joyga taxlaydi; randalanmagan joylari bo‘lsa, takror randalash uchun yana dastgohga uzatadi. Anchagina tob tashlagan zagotovkalarni randalashning foydasi yo‘q, chunki ularni bir necha marta yo‘nishga to‘g‘ri keladi, natijada zagotovka o‘lchamlari kamayib yaroqsizlikka chiqib ketadi.
61 Detaining o‘zaro perpendikular ikki sirtini tekshirish zarur bo‘lsa, dastlab enli sirti (qatlam) yo‘nib tekislanadi, so‘ngra shu sirtni yo‘naltiruvchi chizg‘ichga bosib turgan holda uning ikkinchi sirti (qirrasi) frezalanadi. Ikki tomonlama ishlaydigan randalash dastgohida bu operatsiya bir o‘tishda bajariladi. Randalash dastgohida zagotovkani qalinligi bo‘yicha frezalab yoki ikkala sirtdan o‘zaro parallel zagotovka olib bo‘lmaydi. Bu maqsadda reysmusli dastgohlar ishlatiladi (45-rasm). Randalash dastgohlarida ishlov beriladigan detallarning optimal uzunligi 1-1,5 m; ancha qisqa zagotovkalarni frezalash uchun maxsus moslamadan foydalaniladi; ancha uzun zagotovkalarning massa- si katta bo‘lganligidan ularni randalash noqulay va qiyin.
400 mm dan qisqa, eni 50 mm dan ensiz va 300 mm dan yupqa zagotovkalarni qo‘lda surganda ular kesish asbobiga faqat turtkichlar yordamida, qiyshiq zagotovkalar esa shablonlar yordamida yo‘naltinladi (46-rasm). Randalash dastgohlarida zagotovkalarga bo‘ylamasiga yo‘nib shakl berish va chuqurcha o‘yish taqiqlanadi.
62 Ishlov berilgan sirt egri chiqsa, stollarning pichoqlar valiga nisbatan turish holatini tekshirish kerak. Pichoqlar zagotovkani “urib yanchsa”, zagotovkaning ishlov berilgan sirti paxmoq bo‘lsa, kuysa pichoqlarni charxlash kerak; zagotovkaning ishlov berilgan yondash ikki sirti bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak hosil qilmasa, yo‘naltiruvchi chizg‘ichni rostlash kerak.
Frezalash dastgohi universal dastgoh bo‘lib, uning yorda- mida randalash, tilish, tirnoq chiqarish ishlari bajariladi, quloq, chok, konish, zakrov va boshqalar ochiladi. Frezalash dastgo- hida bajariladigan ishning turiga qarab unga mos keskichlar (frezalar) ishlatiladi (47-rasm). Stanina frezalash dastgohining asosiy tutqich qismi bolib uning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab vint yordamida support yuqoriga yoki pastga qarab suriladi Support o‘zi bilan birga shpindelni suradi (48-rasm) Shpindelning yuqori qismi ish stolidan chiq- qan bo‘lib (49-rasm), unga har xil frezalar o‘rnatiladigan almashinuvchi shpindel mahkamlanadi Shpindel shkivi hara- katni tasma orqali elektr dvigateldan oladi
63 1 3 2 48-rasm. Vertikal shpindelli (yuqoridan pastga) frezarlash dastgohi: 1-kallak, 2-ish stoli, 3-stanina Almashinuvchi shpindelning yuqori qismi kronshteynga o‘rnatilgan podshipnikka kirib turadi. Frezalash ishlarini baja- rishda ish stoli ustiga yo‘naltiruvchi chizg‘ich o‘rnatiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich ikki qismdan iborat bo‘lib, ular o‘za- ro xomut yordamida biriktirilgan bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi chiz- g‘ichning shpindel markaziga nisbatan siljishiga qarab frezalar ishlanuvchi yog‘ochga turlicha botib, har xil chuqurlikdagi o‘yiqlar hosil qiladi. Yog‘och-taxtalar arralanganda yuzasi notekis, g‘adir-budur chiqadi, tob tashlaydi va boshqa nuqsonlar yuzaga keladi Bu nuqsonlar frezalab bartaraf qilinadi. Frezalash jarayonida to‘g‘ri yuza hosil bo‘lib, boshqa yuzalarni ana shu yuza bo‘yicha to‘g‘- rilash mumkin. Ishni boshlagunga qadar, yaxshi charxlangan asbob o‘rna- tiladi, keyin uzatuvchi qurilma, chizg‘ichlar, tirgaklar, qisqichlar detal namunasi bo‘yicha sozlanadi. Bosib turuvchi qurilmalar (roliklar, chizg‘ichlar) shunday o‘rnatilmog‘i kerakki, ishlov beriladigan taxta dastgoh ichiga bemalol o‘tadigan va tebran- maydigan bo‘lsin. Uzatuvchi (yuqorigi) valiklarni shunday
64 rostlash lozimki, ular tushirilganda g‘o‘lacha ular tagidan o‘ta oladigan boisin. Dastgoh sozlangandan keym u orqali bir necha g‘o‘lacha sinov tariqasida o‘tkazib ko‘riladi Agar geometrik oichamlar to‘g‘n bo‘lsa va ishlov berish sifati talablarni qanoatlantirsa, ishga krishiladi Zagotovka uchma-uch taqab uzatiladi Kalta zagotovkalarga awal uzunasiga, keyin ko‘ndalangiga (uchiga) ishlov beriladi. Frezalangan yuzanmg notekis chiqishiga dastgohning tebra- nishi va pichoqli vallarning rostlanmaganligi, zagotovka uchla- rining yulishiga egilgan zagotovkalarga sifatsiz ishlov hamda qisqichlarning yomon rostlanganhgi; qirraning shakli buzilishiga pichoqlar yoki frezalarning vertikal kallaklarga noto‘g‘ri o‘rna- tilganligi sabab bo‘ladi. Frezalar aniq o‘rnatilmasa yoki charx- lanmasa, ariqcha va zagotovkaning uchi bir-biriga to‘g‘ri kel- maydi. To‘siqsiz dastgohda ishlash taqiqlanadi. Ishlab turgan dastgohni tozalash, sozlash va rostlash mumkin emas. Frezalash dastgohlarida novlar, choklar, ariqchalar, tirnoqlar ochish yo‘li bilan detallarda kesimlar hosil qilish, qirralarni silliq frezalash, deraza tavaqalari, fortochkalar, eshik tavaqalarining gir atrofiga ishlov berish mumkin va hokazo. Frezalash dastgohlari shpindellarining joylashuviga (yuqorigi va pastki) shpindellari soniga ko‘ra farq qiladi. Bir shpindelli FL - 1 (yengil), FSA — I (o‘rtacha), FTA - 1 (og‘ir) mexanik uzatmali dastgohlar ishlab chiqariladi. FL - 1 dastgohida 80 mm gacha qalinlikdagi zagotovkalarga (zagotovkalarga) ishlov berish mumkin. Shpindelning aylanish chastotasi 6000,12000 ayl/min. FSA - 1 dastgohida 160 mm dan oshmaydigan zagotovkalarga ishlov beriladi. Shpindelning aylanish chastotasi 9000 ayl/min (55-rasm).
65 55-rasm. Frezaning detalga nisbatan harakat yo‘nalishi Frezalash dastgohi qo‘zg‘almas stolli cho‘yan staninadan iborat. Staninada valli support va unga mahkamlangan shpindel joylashgan. Support yo‘naltiruvchilar bo‘ylab tik yo‘nalishda ha- rakatlanadi. U tasmali uzatma orqali elektr dvigatelidan harakat oladi. Frezalash dastgohida ishlar chizg‘ich bo‘yicha (to‘g‘ri detal- larni silliq va shakldor frezalash) hamda halqa bo‘yicha anda- zalarda (egri detallarni ishlash va ramkalar chetlariga ishlov be- rish) amalga oshiriladi. To‘g‘ri qirralar shpindeli pastda joylashgan, yoyli yo‘nalti- ruvchi chizg‘ich bilan jihozlangan dastgohlarda frezalanadi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich yordamida yon yuzani parron yoki parronsiz frezalash mumkin. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich turli qalin- likdagi ikki qismdan iborat: chizg‘ichning old qismi ketingi qis~ midan, yo‘niladigan yog‘och qatlamining qalinligicha yupqaroq. Old chizg‘ich ketingi chizg‘ichga aniq parallel bo‘lmog‘i va undan 1,5-2 mm, ya‘ni yog‘ochning yo‘naladigan qatlami qalinligiga teng masofada orqada turmog‘i kerak. Chizg‘ichlar dastgoh stolining tekisligiga aniq perpendikular bo‘lishi lozim. Zagotovkaning ko‘ndalang kesimini frezalashda chizg‘ichlar oralig‘i 1,5-2 mm bo‘lmog‘i, bunda freza chizg‘ichga nisbatan kesim chuqurligicha chiqib turishi zarur. Yassi frezalashda frezani shunday o‘rnatish kerakki, pastki uchining qirquvchi qirralari stol sathidan 3—5 mm pastda joylashadigan bo‘lsin.
66 To‘g‘ri zagotovkalarni parronmas frezalashda stolga zagotov kalarni frezalash uzunligini cheklaydigan tirgaklar mahkamlab qo‘yiladi. Dastgohda quyidagicha ishlanadi: ishchi zagotovkani keng tomoni bilan stolga qo‘yadi va uning ishlov berilishi lozim bo‘l- gan qirrasi bilan chizg‘ichga qisib turgan holda qirquvchi asbob tomon surib boradi. Zagotovkani asbobga siltantirmasdan, chi- g‘ichga qisib turgan holda uzatish kerak. Egri qirralar halqa bo‘yicha andazalarda frezalanadi. Egri kesimli zagotovkalarni parron frezalashda moslamadan foyda- lanish lozim, u andaza, tirgak va asos — yostiqdan iborat bo‘la- di. Zagotovka andaza ichiga qo‘yiladi va talab etiladigan va- ziyatda qisqich bilan mahkamlanadi. Parron frezalashda qisqich- siz moslamadan foydalaniladi. Andazalar ichiga qo‘yilgan zago- tovkalar ularda zich yotmog‘i va tirgakka aniq tegib turmog‘i darkor. Frezalashni boshlashdan oldin zagotovkaning atrofi tasmasi- mon arrali dastgohda, ishlovga qo‘yib qoldirib arralab tashla- nishi kerak (egriligi uncha katta bo‘lmasa). Zagotovka mah- kamlangandan keyin andaza halqaga qisib qo‘yiladi va stolda harakatlantirilib unga ishlov beriladi. Keyingi ishlovga yetarlicha qo‘yim qoldirilmagan yoki old chizg‘ich bilan ketingi chizg‘ich oralig‘i yetarli bo‘lmasa, zago- tovkaning qirralari chala randalanadi. Agar ish vaqtida detal kesimi buzilsa yoki siljib qolsa, freza stolning ish tekisligiga nisbatan noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘ladi. Yuzaning to‘lqinsimon chiqishiga detaining yo‘naltiruvchi chizg‘ichlarga zich qisib qo‘yilmaganligi sabab bo‘ladi. Yomon charxlangan yoki o‘tmas asbob bilan ishlaganda detaining yuzasi paxmoqdor chiqadi. Dastaki uzatmali frezalash dastgohlari bilan ishlash xavfli hisoblanadi. Qirquvchi asbob (freza, pichoqli kallak va b.) eng katta xavf tug‘diradi, chunki frezalash paytida ishchining qo‘llari qirquvchi asbobga yaqin turadi. 67 Frezaning ishda qatnashmaydigan qismi va chiqib turuvchi qismlar (shpindellar) to‘sib qo‘yiladi. Chizg‘ich bo‘yicha ishla- yotganda qisqichdan foydalanish lozim. Halqa bo‘yicha ish- laganda zagotovkalarga faqat andazalar ichida ishlov beriladi, frezaning qirquvchi qismi surilma to‘siqlar bilan jihozlanishi kerak. Yog‘och tolalariga qarshi yo‘nalishda egri chiziqli frezalash mumkin emas. Chizg‘ichlar yoyga puxta mahkamlab qo‘yilmog‘i darkor. Dastgoh tormozlash va blokirovkalash qurilmalari bilan jihoz- lanishi kerak. Shpindel zarur chastota bilan aylana boshlagandan keyingina frezalashni boshlash mumkin. Frezalash dastgohida ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik tex- nikasi qoidalariga rioya qilish talab etiladi: 1. Frezalash vaqtida frezalanadigan yog‘och materialni ish- dan chiqarib (ortiqcha o‘yib) qo‘ymaslik uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ichlarni mahkam va aniq o‘lchamda o‘rnatish talab etiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ichning aniq o‘rnatilganligini tekshirish uchun oldin biror keraksiz taxta frezalab ko‘riladi. 2. Tirnoq chiqarish va quloq ochishda frezalar orasiga qo‘yi- ladigan halqalarni aniq tanlash kerak. Mos halqalar tanlanib frezalar o‘rnatilgandan so‘ng biror keraksiz taxtani frezalab ko‘rib, reja bo‘yicha frezalanganligi tekshiriladi yoki andaza yordamida tekshirib olinadi. 3. Frezalash vaqtida qo‘lni frezalarga yaqin tutmaslik kerak. 4. Dastgoh ishlab turgan vaqtda ish stolini arralashda hosil bo‘lgan qipiqdan tozalamaslik, yo‘naltiruvchi chizg‘ichni ish- ga sozlamaslik kerak. Bu ishlar dastgoh to‘xtatilgandan so‘ng bajariladi. 5. Frezalash vaqtida taxta materialni frezaning aylanish yo‘nalishiga (kesish harakatiga) qarama-qarshi surish kerak. Aks holda, taxtani yo‘naltiruvchi chizg‘ichga jips tutib surish
68 og‘irlashadi. Bu esa frezalashning bir tekis chiqmasligiga sabab bo‘ladi.
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling