SH. djumanov, S. Sayfiddinov
Turum qirqish dastgohlari
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 57- rasm. Turum qirqish dastgohining ishlash sxemasi: 1
- Parmalash, ariqcha ochish va zanjirli o‘yish dastgohlari
- 58-rasm. Bir shpindelli vertikal va ikki shpindelli gorizontal parmalash dastgohlarining kinematik sxemasi
- 61-rasm. Zanjirli o‘yish dastgohining umumiy ko‘rinishi
- 67-rasm.Dastali silliqlash dastgohining ish vaziyatlari
Turum qirqish dastgohlari Turum qirqish dastgohlari turum va zo‘g‘otalar ochishga mo‘ljallangan. Ular bir va ikki tomonlama bo‘ladi. Bir to- monlama turum qirqadigan dastgohda bir tomonlama turum qirqiladi va zo‘g‘otalar bir tomondan ochiladi, ikki tomonlama dastgohda esa ikki tomondan ochiladi. Bir tomondan rombop turum qirqadigan dastgoh cho‘yan staninadan iborat bo‘lib, unga to‘rtta qirquvchi kallagi bo‘lgan supportlar quyidagi tartibda joylashtirilgan: taxtalarning ko‘ndalang kesimiga ishlov beradigan arra kallagi, turum qirqadigan kallaklar (ko‘ndalang frezalar) va zo‘g‘ota ochadigan kallak. Ishlov beriladigan taxtalar gidroyuritma harakatlantiradigan mexanizatsiyalashtirilgan suril- ma karetka bilan uzaytiriladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich uzatish yo‘nalishiga aniq perpendikular holatda o‘rnatiladi. Ishlov be- riladigan taxtalar surilma karetkaga zich taxlanib, qisqich bilan puxta mahkamlab qo‘yiladi. Surilma karetkani qirquvchi kallak- ka bir xil tezlik bilan ravon uzatish lozim. Ishlayotgan vaqtda quyidagilarni inobatga olish lozim: qisuvchi chizg‘ich siljib ketsa, turum kerakli burchak ostida qirqilmaydi; turum qirqish kallagi noto‘g‘ri o‘rnatilganda turum konussimon chiqadi; zo‘g‘ota ochadigan disk balandligi bo‘yicha siljib qolganda zo‘g‘otaning ham balandligi siljib qoladi; detal ko‘ndalang kesimining enli tomoniga nisbatan perpendikularligining buzilishi arra polotnosi vertikallikdan og‘ganda yuzaga keladi (56-rasm).
69 Rombop turumlarni ikki tomondan qirqadigan dastgohning staninasida supportli ikkita kolonka, zanjirli va qisqichli kon- veyerlar joylashgan. Ishlov beriladigan detallarning uzunligiga qa- rab o‘ng kolonka staninaning yo‘naltiruvchilarida siljitish qu- rilmasi yordamida siljitiladi. Har qaysi kolonkaga to‘rttadan maxsus elektr dvigatellari o‘rnatilgan, ular vallarining uchlari asbobni o‘rnatish uchun shpindellar vazifasini o‘taydi (57-rasm). Har bir support vertikal, burchak ostida va gorizontal siljitish qurilmalari (57-rasm, 1,6) bilan jihozlangan. Supportning bur- chak ostida burilishi ishlov berilayotgan taxta asosining tekis- ligiga nisbatan burchak ostida ishlov berishga imkoniyat yara- tadi. Uzatish tezligi pog‘onasiz bo‘lganligi uchun dastgohni avtomatik liniyalarga o‘rnatish mumkin. 70 57- rasm. Turum qirqish dastgohining ishlash sxemasi: 1- tepadan bosib turuvchi konveyerning yetaklovchi shkivi, 2 — bosib turuvchi g‘altak, 3 — torets qirquvchi arra, 4 — zo‘g‘ota ochuvchi arra, 5 — turum qirquvchi arra, 6 - suruvchi qurilma zanjiri. Turumlar qirqish uchun taxtalar zanjirli konveyerga qo‘- yiladi. Ular tebranmasligi uchun yuqoridan konveyer bilan bosib turiladi. Taxtalar arrali va turum qirqish kallaklari yonidan o‘tganda ularda turumlar qirqiladi va zo‘g‘otalar ochiladi (57- rasm).
Qirquvchi kallaklar, uzatish qurilmasi va harakatlanuvchi qurilmalar g‘ilof bilan to‘sib qo‘yiladi. Dastgoh qirquvchi kallaklar uzatish qurilmasini bir vaqtda to‘xtatadigan tugma (knopka) bilan ta‘minlangan bo‘lishi zarur. Dastgohlarni sozlash. Bir tomonlama ishlaydigan turum qirqish dastgohiarida disk arra uning tishlari arra izidan 10 ... 15 mm chiqib turadigan tarzda o‘rnatiladi. Kenglik bo‘yicha disk o‘rta vaziyatda turadigan qilib o‘rnatiladi, karetka (tirgaklari zagotovkaning toretslariga ishlov berish uchun) uzunligi ka- mida 8-10 mm keladigan joy qoldirib rostlanadi. Boshqa kallaklar andaza detal bo‘yicha rostlanadi, buning uchun andaza o‘z toretsi bilan arra tishlariga salgina tegib tu- radigan qilib suriladigan karetkaga mahkamlanadi. So‘ngra suriladigan karetka chuqurcha o‘yadigan disk arra tomon suriladi va frezalar kesish qirralarining vaziyati
71 dastgohning balandligi va uzunligi bo‘yicha rostlanadi, bunda qirralarning chuqurcha tubiga va turumga salgina tegib turi- shiga erishiladi. Turum qirqish kallaklari va disklar supportlarni gorizontal va vertikal suradigan qurilmaning vintlan keragicha burib rostlanadi. Agar kesish asbobini turumning shakliga qarab qiya o‘rnatish talab etilsa, u holda turum qirqish kallagi va disk arralar supportlarni burish qurilmasi yordamida rostlanadi, bunda burish kallagidagi shkaladan foydalaniladi. Karetka nari surilib torets frezalarining vaziyati rostlanadi. Frezalarning kesish qirralari andazaning turumlariga va chuqur- chalari orasidagi yelkachalariga tegib turishi lozim. Shundan keyin, gidravlik drossel yordamida surish tezligi o‘rnatiladi. Bir tomonlama ishlaydigan turum qirqish dastgohlarida qisqichlar zagotovkaning qalinligiga qarab, tushirib yoki ko‘ tarib rostlanadi. Dastgoh rostlangach, sinash maqsadida zago- tovkaga ishlov berib ko‘riladi, o‘lchamlari tekshiriladi va lozim topilsa, tegishli qismlar takror sozlanadi. Ikki tomonlama turum qirqish dastgohlarida qo‘zg‘aluvchan kolonka ishlov beriladigan zagotovkalarning uzunligiga qarab rostlanadi. Kolonka dastlab elektr yuritma yordamida o‘rna- tiladi, keyin surish qurilmasining maxovikchasini qo‘lda aylan- tirib kolonkaning vaziyati obdan rostlanadi. Kesish asboblarining vaziyati bir tomonlama ishlaydigan dastgohlardagi kabi andaza detal bo‘yicha rostlanadi. Bir necha zagotovkaga to‘g‘ri va aniq ishlov berilgandagina dastgohni to‘la ishga tushirish mumkin.
bir kishi ishlaydi. Bu ishchi karetkaga bir necha zagotovkani joylab, ularni bir-biriga va tirgak chizg‘ichga jips taqab qo‘yadi, qisqichlarning gidravlik yuritmalarini va surish qurilmasini ishga soladi. Surish karetkasi zagotovkalar bilan kuch kallaklari bo‘yicha qaytma-ilgarilama harakat qiladi. Bunda zagotovka- larda turumlar va ular tushib turadigan chuqurchalar (faqat
72 turumlar, yo faqat chuqurchalar) hosil bo‘ladi. Odatda, zagotov- kalarning har ikkala uchida turumlar qirqiladi va chuqurchalar o‘yiladi. Bu maqsadda karetkaga o‘rnatilgan qaytarma tirgak- lardan foydalaniladi yoki karetkadagi jami zagotovkalarning avval bir uchiga, so‘ngra ikkinchi uchiga ishlov beriladi. Birinchi holda zagotovkalarni suriladigan karetkaga joylashda ular awal bitta tirgakka — oxirgi cheklagichga, zagotovkaning bir uchiga ishlov berilgach, ikkinchi tirgakka mo‘ljallanadi. Bir tomonlama turum qirqish dastgohlarida suriladigan karet- kaning salt harakatlanishiga ko‘p vaqt sarflanadi. Bundan tash- qari, zagotovkalar karetkaga qo‘lda joylashtiriladi. Shunga ko‘ra bir tomonlama turum qirqish dastgohlarini kamroq mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda ishlatish tavsiya etiladi. Katta seriyada mahsulot ishlab chiqariladigan korxonalarda ikki tomonlama ishlaydigan turum qirqish dastgohlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ikki tomonlama ishlaydigan turum qir- qish dastgohlariga ikki kishi xizmat ko‘rsatadi. Dastgohchi zagotovkalarni suruvchi zanjirlarga qo‘yadi, bunda zagotovkalar tirgaklarga jips tegib turishi va bir tomondagi uchlari oxirgi tir- gakka taqalishi lozim. Ikkinchi ishchi ishlov berilgan detallarni dastgohdan olib, shtabellarga taxlaydi. Ikki tomonlama ishlaydigan turum qirqish dastgohlariga zagotovkalarni suradigan magazin-ta‘minlagichlar o‘rnatiladi, ular mehnatni yengillashtiradi va ish vaqtidan foydalanish koeffitsientini oshiradi. Ikki tomonlama ishlaydigan turum qirqish dastgohlarining asosiy kamchiligi — zagotovkaning sinib tushishidir. Kesish asbobi yaxshi charxlanmagan yoki surish tezligi katta bo‘lganda shunday nuqsonlar kelib chiqishi mumkin. Dastgoh bir marta sozlanganda, turumlarning uzunligi har xil bo‘lsa, u holda qis- qichlarni rostlash kerak. Ishlov berilgan sirtning paxmoqligi ke- sish asbobining to‘mtoqlashganidan darak beradi. Turumlaming 73 yo‘g‘onligi va yelkalari orasida masofa kalibr-halqalar bilan, chuqurchalarning kengligi esa kalibr-tiqinlar bilan tekshiriladi.
Parmalash dastgohlari yog‘och detallarda parron va noparron (tubli) teshiklar parmalash hamda uzun ariqchalar ochish uchun mo‘ljallangan. Dastgohlar bir va ko‘p shpindelli, gorizontal hamda vertikal bo‘ladi (58-rasm). Parmalash dastgohlarining quyidagi turlari ishlab chiqariladi: SVPG-2 (ikki tomonlama parmalash-ariqcha ochish uchun), SVPG-3 (to‘g‘ri va qiya ariqchalar ochish uchun), SVSA-2, SVSA-3 («ko‘zlarni» parmalab tashlash hamda o‘rnini berkitish uchun).
Bajariladigan ishlarning turi va sharoitiga qarab har xil parmalardan foydalaniladi. Parmalarning tuzilishi shunday boiishi kerakki, charxlaganda qirquvchi parametrlari o‘zgar- maydigan, qirquvchi qismlari qirqish jarayoni erkin bo‘lishini ta‘minlaydigan, yo‘nilgan qirindi teshikdan oson chiqib ke- tadigan bo‘lsin. 1 1
2 3 9 4 4 5 5 6 6 8 7 3 58-rasm. Bir shpindelli vertikal va ikki shpindelli gorizontal parmalash dastgohlarining kinematik sxemasi: 1 - shpindel, 2 - tasmali uzatma, 3 - elektr dvigatel, 4 - zagotovkani qiskich, 5 - suriladigan karetka,
74 6 - surish qurilmasi, 7 - shpindelni ilgarilanma-qaytma harakatga keltiruvchi dastak, 8 - shpindelni ilgarilanma-qaytma harakatga ketiruvchi qurilma, 9 - shpindel harakatlanuvchi support. Teshiklarni tolalarga ko‘ndalang parmalash uchun markazi va keskichi bo‘lgan, diametri 4-32, uzunligi 80-200 mm li spiral- simon yog‘och qirquvchi parmalar ishlatiladi. Teshiklarni tolalar bo‘ylab parmalash uchun konussimon charxlangan spiralsimon uzun hamda kalta seriyadagi parmalardan foydalaniladi. Kalta seriyadagi parmalarning diametri 2-12, uzunligi 25—145 mm, uzun seriyadagilariniki esa mos ravishda 5—20 hamda 130— 210 mm bo‘ladi. Ketingi uchi silindrsimon, qattiq qotishmadan tayyorlangan plastinalar bilan ta‘minlangan, diametri 10—30 mm, kalta se- riyasining uzunligi 140-275 mm, me‘yoridagi seriyasining uzun- ligi 168—324 mm bo‘lgan spiralsimon parmalar ham ishlatiladi. Yog‘ochdan tiqinlar arralab olish va ular bilan «ko‘zlar» o‘rnini berkitish uchun turtib chiqaradigan moslamasi bo‘lgan silindrsimon arrachalardan foydalaniladi. Ishni boshlashdan oldin parmalash dastgohlari ishga sozla- nadi. Patronga zarur diametrli parma tiqilib, kerakli balandlikda o‘rnatiladi, shunda parma detalga teshik ochiladigan joyga yaqinlashadigan bo‘ladi. Teshiklarni reja chiziq, tirgak, andaza yoki konduktor bo‘yi- cha parmalash mumkin. Reja chiziq bo‘yicha teshiklarni parma- lashda avval detalda parmalanadigan teshik markazi belgilab olinadi. Shundan keyin detal stolga qo‘yilib, parma o‘qi aniq reja nuqta qarshisida turganligi tekshiriladi, parma mahkam- lanadi va sinov tariqasida parmalab ko‘riladi.
shpindeldagi parmaga zagotovkalar tegib turmaydigan balandlikda o‘rnatiladi. Buning uchun stoldan parmagacha bo‘lgan masofa zagotovka qalinligi plyus 15...20 mm boiishi lozim.
75 Tirgak chizg‘ich bilan parmaning yon qirrasi orasi zago- tovka qirrasidan teshik qirrasigacha bo‘lgan masofaga bara- var masofada bo‘lishi kerak. Tirgak chizg‘ich chizmada ko‘rsatilgan detalning olchamiga qarab yoki andaza-namuna bo‘yicha o‘rnatiladi. Uyalar hosil qilish yoki parallel joylashgan teshiklar ochishda tirgak chizg‘ich stolning gorizontal surilish yo‘nalishiga aniq parallel bo‘lishi zarur. Chizg‘ichning vaziyati stol chekka holatlarga birin-ketin su- rilib, uning shu holatlarida tirgak chizg‘ichning vertikal tekis- Hklaridan parmaning qirralarigacha bo‘lgan masofa o‘lchab tekshiriladi. Agar chizg‘ich stolning surilishi yo‘nalishiga parallel bo‘lsa, o‘lchangan masofalar bir xil bo‘ladi. Parmaning zagotovkaga o‘yib kirish chuqurligini cheklovchi tirgakning vaziyati har bir ayrim holda parmaning oichami va tipiga qarab rostlanadi. Buning uchun, stol balandlik bo‘yicha o‘rnatilgandan keyin, shpindelni parmalash chuqurligi plyus 10-15 mm pastga tushiriladi va tirgak mahkamlab qo‘yiladi. Teshiklar torsaviy cheklagichlar bo‘yicha parmalanganda zagotovka stolga qisqich yordamida mahkamlanadi. Zagotovkaga teshiklar ochish vaqtida, ko‘pincha, tirgak chizg‘ich o‘rniga konduktordan foydalaniladi. Bu moslama ustiga vtulkalar mahkamlangan plitadan tashkil topgan bo‘lib, vtulkalarning o‘qlari zagotovka teshiklarining o‘qlari bilan bir chiziqda yotadi.
bo‘yicha joylashtirib, qisqich bilan qisib qo‘yadi. So‘ngra elektr dvigatelni, shpindel gidravlik usulda suriladigan dastgohlarda esa gidravlik yuritma ishga tushiriladi. Parma zagotovka tomon suriladi. Teshik ochilgach, shpindel dastlabki holatga qaytadi va zagotovka dastgohdan olinadi. Shpindeli qo‘lda suriladigan dastgohlarda dasta yoki pedaldan foydalaniladi. Zanjirli o‘yuvchi dastgohlar detallarda to‘rtburchak kesimli uyalar ochish uchun xizmat qiladi. Turumlar va qulflarga uyalar o‘yish uchun zanjirli o‘yish dastgohlarida frezalash zanjirlari 76 qo‘llaniladi. Ular parchin mixlar vositasida sharnirli mah- kamlangan keskichlar to‘plamidan iborat (61-rasm,/). Zanjirlar uyalarning eniga qarab 8-20 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. 4 5
7 8 1 2 3
1 — stanina, 2 - yo‘naltiruvchi shtanga, 3 — elektrodvigatel, 4 - yetakchi yulduzcha, 5 — taranglash qurilmasi, 6 — o‘yuvchi zanjir, 7 — yo‘naltiruvchi chizg‘ich, 8 — yo‘naltiruvchi halqa. DSA-4 zanjirli o‘yish dastgohlarida balandligi 200, eni 160 mm gacha bo‘lgan detallarga ishlov beriladi, uzunligi 320, eni 160 mm gacha bo‘lganda uyalar ochiladi. Dastgoh cho‘yan staninadan {1) iborat bo‘lib, uning yo‘naltiruvchilarida support harakatlanadi. Supportda qirquvchi kallak joylashgan, u zanjir (6), yo‘naltiruvchi chizg‘ich (7) va yetakchi yulduzchadan (4) tuzilgan. Qirquvchi zanjirning tarangligi chizg‘ichni ko‘targan yoki tushirgan holda taranglash qurilmasi (5) bilan rostlanadi.
77 Dastgohning stolini bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda sil- jitish mumkin. Dastgohni ishlatishni boshlashdan oldin yo‘naltiruvchi chiz- g‘ich, tirgaklar, stolni va frezalash zanjiri bo‘lgan chizg‘ichni o‘rnatish kerak. Stolni shunday o‘rnatish lozimki, bunda zarur chuqurlikda uyalar ochish mumkin bo‘lsin. Zagotovka stolga qo‘yilib, bo‘ylama qirrasi bilan yo‘naltiruvchi chizg‘ichga, uchi bilan tirgakka qisib qo‘yiladi. Kerakli uzunlikda uya o‘yish uchun stolning bo‘ylama siljish kattaligi rostlanadi. Ish paytida zanjir yaxshi taranglangan bo‘lishi, zagotovka ravon uzatilishi, bir tekis bosilib turilishi kerak. Uya chetlari sinmasligi uchun tayanch taxtadan foydalaniladi. Zanjirning ishda qatnashmay- digan qismi va yulduzcha to‘sib qo‘yiladi. Dastgohni sozlash. Dastgohni sozlashdan oldin bakda ish suyuqligi bor-yo‘qligini tekshirish kerak, so‘ngra shpindelning elektr dvigateli tarmoqqa ulanib, suyuqlik nasosining elektr dvigateli ishga solinadi va dastgohni boshqarish gidrosiste- malarining benuqsonligi tekshiriladi. Birinchi navbatda, mano- metrdan sistemadagi suyuqlik bosimini tekshirish kerak, bosim 1,5 MPa bo‘lishi lozim. O‘yiqning eniga moslab uchli freza tanlanadi va shpindel patroniga mahkamlanadi, so‘ngra stol balandlik bo‘yicha o‘rnatiladi. Buning uchun stolni tegishli balandlikdan salgina pastroq tushirish va yana ko‘tarayotganda frezaga yaqinlash- tirish lozim, bunda stolning sirtidan to frezaning tashkil etuvchisigacha bo‘lgan masofa g‘o‘lachaning qirrasidan to uya- ning devorigacha bo‘lgan masofaga teng bo‘lishi kerak. Maz- kur masofa chizmadan olinadi. Shundan keyin tirgak uchburchaklarning vaziyati rostlanadi. Zagotovkani stolga qo‘yganda uning freza tomonga qaragan yon sirtidan frezagacha bo‘lgan masofa 15-20 mm bo‘lishi lozim. Zagotovkaning qarama-qarshi tomondagi yon sirtiga uchburchaklik taqab mahkamlanadi. 78 O‘yiqning chuqurligi gidrosistemaning yo‘naltiruvchi yassi gidroapparatiga ta‘sir etuvchi qo‘zg‘aluvchan tirgak vaziyatiga bog‘liq. Tirgakni shunday o‘rnatish kerakki, undan gidroapparat dastasigacha bo‘lgan masofa o‘yiqning chuqurligi plyus uchbur- chaklikka taqalib turgan zagotovka qirrasidan freza uchigacha bo‘lgan masofaga teng bo‘lsin. Krivoshipli qurilma diski bir marta aylanganda frezaning uchi o‘yiqning uzunligidan freza diametrini chegirib tashla- ganga teng bo‘lishi lozim. Kulisani siljitib shpindel tegishlicha tebratiladi, kulisa krivoship diskining kulisa qurilmasi suxa- rigiga biriktirilgan. Frezaning uchi ko‘rsatilgan masofadan ko‘proq surilsa, kulisa disk markazi tomon siljiydi va aksincha. Eng keyin qisqichlar o‘rnatiladi, bunda ularning qisuvchi disklari zagotovka ustida zagotovkani bemalol o‘rnatishga xa- laqit bermaydigan, qisqichlar gidrodvigateli porshenining ha- rakatlanish yo‘lidan katta bo‘lmagan balandlikda turmog‘i kerak. Dastgoh sozlangach, zagotovkaga namunaviy ishlov beri- ladi, hosil bo‘lgan o‘yiq o‘lchab ko‘riladi, uning vaziyati tek- shiriladi va lozim topilsa, dastgoh qayta sozlanadi. Dastgohda ishlash. Dastgohda bitta dastgohchi ishlaydi. Dastgohchi shpindelning va suyuqlik nasosining elektr dvigatel- larini yurgizadi, zagotovkani stolga tirab qo‘yadi va uchbur- chaklikka uning qirrasini siqadi hamda zagotovka toretsini qo‘zg‘almas tirgak bo‘yicha mo‘ljallaydi. Qo‘zg‘almas tirgak dastgoh stoliga yoki ayrim kronshteynga ishlov berilayotgan zagotovkalar uzun bo‘lsa mahkamlanadi. Dastgohchi pedalni bosib, surish qurilmasini ishga tushiradi, qisqa zagotovka freza tomon suriladi, so‘ng dastlabki holatga qaytariladi. Ishlov berilgan zagotovka dastgohdan olinib, te- gishli joyga taxlanadi. Ish jarayonida parmalangan teshiklarning o‘lchamlarini hamda baza sirtlarga nisbatan joylanishini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish va, lozim topilsa, dastgohni to‘xtatib to‘g‘ri 79 sozlash kerak. Ayni vaqtda ishlov berilgan sirtlarning sifatini ham tekshirish zarur. Ishlov berilgan sirtlar paxmoq bo‘lsa, uchli frezani charxlash yoki almashtirish kerak. Shpindel dvigateli zo‘riqib ishlasa yoki parmalangan teshik baza sirtga parallel bo‘lmasa, surish tezligini kamaytirish lozim. Silliqlash dastgohlari Detal va buyumlarning ishlov berilgan yuzasiga yanada sifatli ishlov berish, tavaqalar, fortochkalar, piramonlar, ramkali eshik- larning salqib qolgan joylarini yo‘qotish, plita materiallarni aniq bir o‘lchamga keltirish uchun silliqlash dastgohlari ishlatiladi. Silliqlash dastgohlari tuzilishiga ko‘ra tasmali, diskli va silindrli xillarga ajratiladi. Tasmali dastgohlar erkin tor tasmali (SHISL-3; egri yuzalar- ga ishlov berish uchun ishlatiladi), qo‘zg‘almas stolli (SHLNS-2 va SHINS-3; yassi yuzalarga ishlov berish uchun qo‘llaniladi), qo‘zg‘aluvchan stolli (SHIPS-7), uch silindrli (SHIZS12-2 silindrlari yuqorida joylashgan bo‘lib, eshiklarning yassi yuzalariga ishlov berish hamda salqib qolgan joylarini yo‘qotish uchun ishlatiladi) bo‘ladi. Silliqlash dastgohlarining qirquvchi asbobi jilvir qog‘oz shi- sha, kremniy va boshqa juda qattiq materiallarning abraziv zar- ralari yelimlab yopishtirilgan qog‘oz yoki mato asosdan iborat. Dastgohni sozlashda stolga detal qo‘yiladi, stol balandlik bo‘yicha siljitilib kerakli holati aniqlanadi. Detallar turkumiga bir raqamdagi jilvir qog‘oz bilan ishlov berib bo‘lingandan keyin kerakli g‘adir-budurlikdagi yuza hosil bo‘lguncha boshqa raqamli jilvir qog‘oz bilan ishlov beriladi. Uch silindrli silliqlash dastgohlarining uzatmasi gusenitsali yoki jo‘vali bo‘ladi. ShIZSl2-2 dastgohi gusenitsali uzatmali bo‘lib, silindrlari yuqorida joylashgan; eni 120 mm, uzunligi 450 va qalinligi 3-150 mm dan oshmaydigan detal va buyum- 80 larni silliqlash uchun xizmat qiladi. Detal va buyumlar dast- gohga 5-15 m/min tezlik bilan uzatiladi. Silindrlar o‘zlariga tegishli elektr dvigatellaridan harakat oladi. Silindrlar fetr bilan qoplangan. Birinchi silindrga dag‘al silliqlash uchun mo‘ljallan- gan yirik donli jilvir qog‘oz, ikkinchisiga dag‘al silliqlash izlarini ketkazish uchun o‘rtacha donli jilvir qog‘oz, uchinchisiga esa yuqori sifatli yuza hosil qilish uchun mayda donli jilvir qog‘oz o‘raladi.
Tob tashlagan va boshqa nuqsonli detallar ishlovga tushib qolmasligi uchun silliqlanadigan detallar avval saralanadi. Detal- lar dastgohga birin-ketin va ikki yoki uchta paiallel oqimlar ko‘rinishida, dastgohning eni doirasida uzatiladi.
Universal (aralash) dastgohlarda yog‘ochga ishlov berishga oid bir necha turli operatsiyalarni bajarish mumkin. Quyidagi ishlar birgalikda amalga oshiriladigan dastgohlar eng ko‘p uch- raydi: randalash - reysmuslash - arralash - parmalash — sil- liqlash, randalash - reysmuslash - arralash, frezalash, parmalash va ariqcha olish - silliqlash. Universal dastgohda umumiy yuritma va turli texnologik vazifalarga mo‘ljallangan bir necha shpindellar mavjud, ular bir staninada joylashgan. 81 Taxta-yog‘ochlarni bo‘ylama va ko‘ndalangiga arralash, ran- dalash, frezalash hamda parmalash uchun 1/13-6009 universal mashinadan foydalaniladi. Uning staninasida randalash quril- masi, arralash va frezalash moslamalari, elektr dvigateli, par- malash hamda frezalash stoli joylashgan. Arralash moslamasi arra diski, plitalar (burchakli va to‘g‘ri), kronshteyn hamda yo‘naltiruvchilardan tuzilgan. Moslama qi- suvchi gaykalar bilan mahkamlab qo‘yilgan. Himoya moslamasi kerib turuvchi pichoq va to‘siqdan tashkil topadi. Freza va parmalar barabandagi patronga o‘rnatiladi Mashi- nada eni 200 mm, chuqurligi 2 mm gacha bo‘lgan detallarm frezalash, 45 mm gacha qalinlikdagi taxtalarni 45° gacha bur- chak ostida arralash mumkin Arra diskinmg diametn 200 mm Dastgohning o‘lchamlari 630 x 400 x 230 mm, massasi 48 kg IE-6902 markali arralash mashinasida yog‘och tolalan bo‘y- lab va ko‘ndalangiga arralanadi hamda parket taxtalari tilinadi Mashma asosan qurilishda ishlatiladi Unda qalinligi 60 mm gacha, uzunligi 200 mm, eni 20 mm va bundan ortiq bo‘lgan yog‘och-tavtalar arralanadi Mashinanmg o‘lchamlari 550 x 480 x 300 mm, massasi 17 kg Yog‘ochga ishlov beruvchi universal K40 dastgohi randalash, arralash, frezalash, parmalash, ariqcha ochish va silliqlashga mo‘ljallangan. Unda eni 400 mm gacha, qalinligi 5-160 mm bo‘lgan zagotovkalaraing yuzasi va chetlanni frezalash, qalinligi 125 mm dan oshmaydigan yog‘och-taxtalarni tilish, diametn 25 mm gacha, chuqurligi 120 mm gacha bo‘lgan teshiklar par- malash, 250 mm gacha uzunhkdagi ariqchalar ochish mumkin Randalash va reysmuslash uchun aylanish chastotasi 5500 ayl/min va qirqish tezligi 36 m/s bo‘lgan pichoqli val bor; reysmuslashda uzatish tezligi 7,8 va 12,5 m/min ni tashkil etadi. Yog‘och-taxtalarni tilish uchun diametri 400 mm gacha, aylanish chastotasi 3000 ayl/min bo‘lgan arralar ishlatiladi, qir- qish tezligi 62 m/s. 82 Dastgoh stollar joylashgan staninadan iborat, randalash stol- larini buklab qo‘yish, balandligi bo‘yicha rostlash va mahkam- lash mumkin. Arralash chuqurligi rostlab turiladi. Uzun zago- tovkalarga ishlov berish uchun surib chiqariladigan ko‘tarib turuvchi tayanch bor (69-rasm). Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling