SH. djumanov, S. Sayfiddinov
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dumaloq arrali dastgohlar
- 32-rasm. Arra diskini o‘rnatish va sozlash.
- 33-rasm. Disk arra turlari
- 34-rasm. Arra tishlarini chaparasta qilish
- Arralash dastgohlarini sozlash.
- Frezalash dastgohlari Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlari.
- 40-rasm. Pichoqlarni valga mahkamlash usuliari
- 41-rasm.Pichoqlarni to‘g‘ri va noto‘g‘ri o‘rnatilish hollari 55 Randalash dastgohlari
26-rasm. Membranali pnevmodvigatel sxemasi: 1 - ostki qopqoq, 2 membrana, 3 - korpus, 4 prujina, 5 — shtok.
42 V BOB. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI Dumaloq arrali dastgohlar Dumaloq arrali dastgohlar arralangan materiallar, taxta ma- teriallar (faner, yog‘och tolasidan, yog‘och qipig‘idan tayyor- langan plitalar)ni arralash uchun ishlatiladi. Bajaradigan operat- siyalarga qarab dastgohlar ko‘ndalangiga va bo‘ylamasiga arra- laydigan dastgohlarga bo‘linadi (28-rasm). 28-rasm. Zagotovkani disk arralar bilan kesishda kinematik uchrashish burchagining o‘zgarishi (u —
Ko‘ndalangiga arralash uchun PAN HANS - 690 sharnir - mayatnikli ko‘ndalang arralash dastgohi va arrasi to‘g‘ri chiziqli harakatlanuvchi ALTENDORF ko‘ndalang arralash dastgohi ishlatiladi. 43 500 mm dan kalta taxtalar andazalar yordamida ko‘ndalangiga arralanadi Arra diski avtomatik ishlaydigan to‘siq bilan shunday jihozlanmog‘i kerakki, arra tishlari arralanadigan material qahn- hgida ochiladigan bo‘lsin Dastgohda ishlayotgan ishchi arra diskidan kamida 300 mm narida turishi lozim. Duradgorlik o‘quv ustaxonalanda yog‘och materiallarni arra- lashda disk arradan foydalaniladi Disk arraning asosiy qism- lari, stanina, plita, arra diski, yo‘naltiruvchi chizg‘ich va to‘pon to‘plagichdan lborat Stanina arraning qo‘zg‘almas qismi bo‘lib, uning ustiga plita o‘rnatiladi. Plita dastgohning ish stoli hisoblanadi Arra- lanadigan taxta material shu phta bo‘ylab suriladi Plitadan arra diski chiqib tunshi uchun unda tirqish ochilgan bo‘ladi Staninaga val o‘rnatilib, uning bir uchiga shkiv, lkkinchi uchiga arra diski mahkamlanadi Arra diski arralanadigan taxta materialning qalinligiga va arralash usuliga qarab har xil diametrli, to‘g‘ri va qiyshiq tishli bo‘ladi. Arra vali elektrodvigateldan tasma orqali harakatga keltiri- ladi. U minutiga 2000-3000 martagacha aylanadi. Arralash vaq- tida hosil bo‘lgan to‘pon atrofni ifloslamasligi, ishchining ko‘ziga tushmasligi uchun to‘pon to‘plagichni past o‘rnatish va himoya ko‘zoynagini taqib ishlash, dastgohda hamma vaqt ikki kishi turib arralashi, yog‘ochni surib turuvchi odam uni oxiri- gacha qo‘l bilan surmasligi talab etiladi. Disk arralar yordamida tilish va qirqish bilan bir qatorda zakrov, chok, ariqcha ochish ishlari ham bajariladi. Bu maq- sadda vintlar yordamida plitani ko‘tarish yoki tushirish yo‘li bilan arra diskining tirqishdan chiqib turuvchi qismini yo‘nal- tiruvchi chizg‘ich bilan arra diski orasidagi masofa zarur o‘lchamga sozlanadi (32-rasm).
44 32-rasm. Arra diskini o‘rnatish va sozlash. Arralangan material dastgohga yo‘naltiruvchilar bo‘ylab gusenitsali konveyer vositasida uzatiladi, bu yo‘naltiruvchilar material to‘g‘ri tilinishini ta‘minlaydi. Arralangan materialni uzatish tezligi variator vositasida konveyer to‘xtatilmasdan rostlanadi. Tilinayotgan materialning qalinligiga qarab support staninaning yo‘naltiruvchilarida balandlik bo‘yicha harakatlanadi. Tilinayotgan material uzatuvchi konveyerga supportdagi roliklar bilan siqib qo‘yiladi Arralangan material dastgohdan orqaga otilib chiqmasligi uchun dastgoh tirnoqli himoya vositasi bilan ta’minlangan Dastgohda eni 315 mm gacha, qalinligi 6—120 mm gacha bo‘lgan materiallarga ishlov berish mumkm Arralangan matenallarni uzatish tezligi 8—60 m/ mm, eng katta qirqish tezligi 61 m/s, arrali valning aylamsh chastotasi 2940 ayl/min
45 n max. 5000 300 x 3,2/2,8 x 30 HW Z 30
33-rasm. Disk arra turlari Dumaloq arrali dastgohlarda dumaloq yassi arralar ishlatiladi, ular aylanasiga tishlar qirqilgan diskdan lborat (33-rasm) Arra- lar lkki turda bo‘ladi 1-turi tihsh uchun, 2-turi ko‘ndalangiga arralash uchun mo‘ljallangan 1-ijrodagi 1-tur arralarining diametri 200–1500 mm, 2-ijrodagilariniki esa 160—250 mm bo‘ladi 1-ijrodagi 2-tur arralanning diametn 360-1500, 2-ijro- dagilarniki esa 1125-1500 mm m tashkil etadi Barcha turdagi arralarnmg qalinligi 1—1,55 mm Diametri 250 mm gacha bo‘lgan arralardan frezalash dast- gohlarida ishlash uchun, 500 mm gacha bo‘lganlaridan dumaloq arrali dastgohlarda, 700 mm gacha bo‘lganlaridan esa tepkih ko‘ndalang dastgohlarda ishlash uchun foydalaniladi Yog‘ochm ko‘ndalangiga arralashda arralarnmg tishlan lkki tomonlama qiya charxlanadi, bu hol ular bilan lkki tomonga arralash imkonini beradi, tilish arralarming tishi esa to‘g‘ri charxlanadi, shu bois ular bilan bir tomonga arralash mumkin. Arra rnaterialda tiqilib qolmasligi uchun tishlari chaparasta qilinadi yoki yassilanadi (34~rasm). Chaparasta qilishda arra tishlari taxminan balandligining 2/3 qismicha egiladi (tishlarni chaparasta qilish kattaligi yog‘ochning turli namligiga bog‘liq).
46 34-rasm. Arra tishlarini chaparasta qilish Tishlarning uchlari egovlab tekislanadi. Arra diskini turg‘un qilish uchun unga cho‘kichlab (bolg‘alab) ishlov beriladi, keyin charxlanadi, bunda tishlarning shakli o‘zgartirilmaydi. Arralash sifatiga yuqori talablar qo‘yiladigan hollarda diametri 160-400 mm, qalinligi 1,2-3,5 mm bo‘lgan dumaloq randalash arralari ishlatiladi. Yog‘och, faner va plita materiallarni arralash uchun qattiq qotishmadan yasalgan plastinalari bo‘lgan yog‘och kesuvchi diskli arralardan foydalaniladi. Ular bichimi dumaloq arrali dastgohlar va avtomatik liniyalarga o‘rnatiladi. Ko‘ndalangiga arralash dastgohlari rolikli va tirgak chizg‘ichli stollar bilan jihozlanadi; roliklar va chizg‘ichlar bevosita dastgoh yaqiniga joylashtirilib, bunda stol chap tomonining uzunligi 7 m, o‘ng tomoni esa eng uzun zagotovkadan biroz uzunroq — taxmman 3 m ga yetkaziladi. Ishni boshlashdan oldin arraning stolga nisbatan vertikal tekislikdagi vaziyati va yo‘naltinivchi chizg‘ich to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshiriladi. Taxtalar reja chiziq yoki tirgaklar bo‘yicha arralanadi, bunda taxtaning nuqsonli joylari arralab tashlanadi va birinchi navbat- 47 da, uzun bo‘laklar olinadi; arralash jarayonida taxta yo‘naltiruv- chi chizg‘ichga zich tegib turishiga e‘tibor berish kerak, chunki zich tegib turmasa, u qiyshiq arralanadi. Arralash paytida ish- chilar taxtani tirgakkacha surib borishadi, keyin ishchilardan biri chap qo‘li bilan taxtani yo‘naltiruvchi chizg‘ichga qisib turadi, o‘ng qoii bilan esa taxtaga arrani ravon, siltantirmasdan surib boradi.
Taxtalar bo‘ylamasiga zagotovkaning eni bo‘yicha belgi- langan o‘lchamlarda arralanadi (tilinadi), buning uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ich diskdan zagotovkaning eniga arra cha- parastasining yarmi qo‘shilgan oraliqda o‘rnatiladi. Taxta bel- gilangan o‘lchamda emas, balki eni bo‘yicha boshqa o‘lcham- larda tilinadigan bo‘lsa, maxsus qistirmalardan foydalaniladi: ular yo‘naltiruvchi chizg‘ichga mahkamlab qo‘yiladi. Dastgohda ikki ishchi ishlaydi. Birinchi ishchi taxtalarni dastgohga uzatib turadi, ikkinchi ishchi esa ularni olib qo‘yadi yoki qayta arralash uchun birinchi ishchiga uzatadi. Tilish paytida taxtani turtmasdan va siltantirmasdan ravon uzatish hamda zagotovka o‘lchamlarining to‘g‘rihgini vaqti- vaqti bilan tekshirib turish kerak. Agar ko‘ndalangiga arralashda taxta eni bo‘yicha qiyshiq kesilsa, bu hol yo‘naltiruvchi chizg‘ichning noto‘g‘ri holatda ekanligini bildiradi, basharti taxta qalinligi bo‘yicha qiyshiq kesilsa, demak, arra vali o‘qining stol sirtiga perpendikularligi yo‘qolgan bo‘ladi. Arra vali tepib ishlaganda zagotovkaning uchlari uzuq-yuluq chiqadi. Agar yo‘naltiruvchi chizg‘ich to‘g‘n o‘rnatilmagan bo‘lsa, dastgohning arra izlari (arra yo‘li) noparallel chiqadi, arra valining o‘qi uzatuvchi zanjirning harakat yo‘nalishiga perpendikular bo‘lmasa, arra yo‘li tukli chiqadi, arra valining gusenitsa zanjiri bo‘g‘inlari tekisligiga perpendikularligi buzilsa, arralangan yuza bilan qirra o‘rtasidagi burchak buziladi.
48 Dumaloq arrali dastgohlarda arra diski yuqoridan avtomatik ishlaydigan to‘siq bilan himoyalangan bo‘lmog‘i lozim, u faqat arralash jarayonida arrani old tomondan yopadi. Tilish dast- gohlarining diski pastdan himoya to‘siqlari bilan to‘sib qo‘yiladi (38-rasm). Arra tishlari tiqilib qolishining oldini olish maqsadida arra diskining ortiga 8 mm gacha oraliqda kerib turuvchi pichoq o‘rnatiladi. Arralash dastgohlarini sozlash. Arralash dastgohidan material bo‘ylamasiga arralash uchun foydalanilganda disk arrani o‘rnatishda materialning qalinligi stol tepasidan 10... 15 mm balandda bo‘lishiga erishish kerak. Dastgoh zagotovkaning eniga quyidagicha moslanadi: yo‘naltiruvchi chizg‘ich disk arraga aniq, parallel qilib, undan zagotovkaning eni plyus 0,5 mm (yassi arra ishlatilganda) masofada o‘rnatiladi. Materialdan bir-ikkita zagotovka kesib olingach, zagotovkalarning ustki va ostki sirtlarining kengligi (toretsdan 30 ... 40 mm masofada) to‘rt joyidan tekshiriladi. Agar tekshirib ko‘rilgan o‘lchamlar berilgan o‘lchamdan ko‘zda tutilgan yo‘l qo‘yihshi mumkin bo‘lgan kattalikka farq qilsa, dastgoh to‘g‘ri sozlangan hisoblanadi. Agar zagotovkaning ustki va ostki sirtlarining kengligi turlicha bo‘lsa, qirqib olinadigan zagotovkaning ikki enidan kengroq taxta tanlanadi. Keyinchalik yon baza sifatida foydalanish uchun taxta bir marta arralan- gandan keyin ag‘darib qo‘yiladi, shunda uning ostki sirti ustki tomonda bo‘ladi. Ikkinchi marta arralagandan keyin zagotov- kaning ostki va ustki sirtlarining kengligi yana tekshiriladi; agar har ikkala sirtning kengliklari bir-biriga mos bo‘lsa, nuqson kelib chiqishiga dastgohning yaxshi sozlanmaganligi emas, balki baza yon qirraning ostki va ustki sirtlarga yoki arra sirtining stol sirtiga perpendikular emasligi sabab bo‘ladi. Zagotovkaning ost- ki va ustki sirtlari kengligining bir-biridan farq qilishi arralar valining qiyshiqligidan dalolat beradi. Bu holda arralar valini
49 stolga nisbatan parallel o‘rnatish kerak, bu ish bilan sozlovchi — chilangar shug‘ullanadi. Agar yo‘naltiruvchi chizg‘ich arra tekisligiga parallel bo‘l- masa, zagotovka yo‘naltiruvchi chizg‘ichdan chetga og‘adi yoki arra diski bilan chizg‘ich orasida siqilib qoladi. Bu hollarning ikkalasida ham arralangan sirtning g‘adir-budurligi ortib ketadi, arra qiziydi, zagotovkaning qirralari o‘zaro parallel chiqmaydi. Bu nuqsonlarni bartaraf etish uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ichni mahkamlab turgan vintlarni burab bo‘shatib, uni arra diskiga nisbatan parallel o‘rnatish, keyin vintlarni yana burab mah- kamlash zarur. Dastgohda ishlash. Torets sirtga ishlov berganda ishchi arra- lanadigan materialni tirgak uchburchaklikka jips tekkizib tur- gan holda, yo‘naltiruvchi chizg‘ichga qadalguncha suradi (bunda material bilan birga uchburchaklik ham suriladi) va material- dan zagotovka kesib oladi. Kesilgan zagotovka bunkerga tash- lanadi, arralanayotgan material esa tirgak uchburchaklik bilan birga dastlabki holatga qaytadi. Bo‘ylamasiga arralashda dastgoh bir marta sozlangancha eni turlicha bo‘lgan zagotovkalar kesib olinadi. Bunda yo‘nal- tiruvchi chizg‘ich, enli qistirmalardan foydalanib, yenliroq zagotovkaning eniga moslab o‘rnatiladi. Taxtadan kengligi har xil zagotovkalar kesib olishda bir yo‘la bitta yoki ikkita qistir- madan foydalanish tavsiya etiladi. Ish jarayonida yaroqsiz buyum chiqarishga yoi qo‘ymaslik uchun kesib olinayotgan zagotovkalarning qo‘yilgan talablarga mosligi vaqti-vaqti bilan tekshirib turiladi. Zagotovka dastaki suriladigan S—6 dastgohida ishlaganda pona-pichoq, to‘siqlar va zagotovkalarning dastgohdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan tirgak(tirnoq)lar dastgohga o‘rna- tilgan bo‘lishi shart. Pona-pichoqning qalinligi arra tishlarining ochilish kengligidan 0,5 mm ortiqroq bo‘lishi, pichoqning arra
50 tishlaridan uzoqligi esa 10 mm dan oshmasligi lozim. Pona- pichoq, disk arra sirtida siljitiladi va arra tishlariga dasta yoki maxovikcha yordamida yaqinlashtiriladi yoki ulardan uzoqlash- tiriladi. Tirgaklar arraning har ikki tomoniga o‘rnatiladi. Qisqa zagotovkalar qiyasiga arralanganda maxsus moslamadan foyda- laniladi. Arraning ustki qismini to‘sib turuvchi to‘siqlar avtomatik ravishda pastga tushib, arraning yog‘ochga kirib turgan tish- larinigina ochiq qoldirishi lozim. Arra diskida arralanayotgan paytda jarayon oxiriga yetmay turib, zagotovkani qo‘lda surish qat’iy taqiqlanadi; bunday vaqtda zagotovkani navbatdagi zagotovka bilan yoki maxsus yog‘och yordamida surish kerak. Arra ishlab turganda uni qo‘lda yoki bir parcha yog‘och bilan to‘xtatish, to‘sig‘ini ko‘tarish yoki olib qo‘yish, dastgohni yoki arra kirib turadigan tirqishni tozalash ham taqiqlanadi.
qatlam hamda qirralariga frezalash usuli bilan tekis hamda profili bo‘yicha ishlov berish uchun randalash dastgohi, reysmusli dastgoh va zagotovkaga to‘rt tomonlama ishlov beradigan bo‘ylamasiga frezalash dastgohlaridan foydalaniladi. Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarining hamma modellarida suruvchi qurilmalar bor va ularning aksari jo‘validir. Ammo randalash dastgohlari bundan mustasno, ularda zagotovka qo‘lda suriladi, ayrim modellardagina avtomatik uzat- kichlar mavjud. Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida ularning konstruk- siyasiga qarab, quyidagi operatsiyalardan birontasi bajariladi: zagotovkaning biror yon qirrasini tekislab sirt hosil qilish, masalan, baza sirt hosil qilish uchun yog‘och qatlamini silliqlash; 51 zagotovkaning tekislangan bir yon sirtiga yondosh sirt yo‘nish bilan birga, bu sirtlar orasida bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak hosil qilish; zagotovkaning bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak hosil qiladigan ikkita yondash yon qirralarini bir yo‘la yo‘nib te- kislash; dastlab baza sirt hosil qilingan zagotovkaning yon qirra- laridan birini yo‘nish va bu sirtlar orasida talab qilingan maso- fani hosil qilish; zagotovkaning o‘zaro parallel ikkita sirtini bir yo‘la yo‘nib, ular orasida talab qilingan masofani hosil qilish; zagotovkaning barcha yon qirralariga bir yo‘la ishlov berish, ularning shakliga ishlov berish, ba‘zan bu ish zagotovkani eni yoki qalinligi bo‘yicha kesish bilan birga qo‘shib bajariladi. Bo‘ylamasiga frezalash dastgohiga uzatiladigan taxta, g‘o‘lacha va zagotovkalar GOST 25454-80 va 2695-71 talab- lariga mos bo‘lishi shart. Bu materiallar arralangandan va quritilgandan keyin ularning shakllari to‘g‘ri parallelepipedga o‘xshamay qoladi; ular orasida tob tashlagan, egri, qiyshiq, cheti yo‘nilmagan, torets sirtlari va yon sirtlari o‘zaro parallel bo‘lmagan, torets sirtlari taxta yoki zagotovkaning bo‘ylama o‘qiga nisbatan perpendikular bo‘lmaganlari ham uchraydi. Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida o‘lchamlari va nuqsonlari standartda ko‘rsatilgan me‘yordan chetga chiqmagan taxta va zagotovkalargina ishlatilishi mumkin. Kesish asbobi. Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida taxta, g‘o‘lacha va zagotovkalarning qatlamlariga ishlov berish uchun pichoqlar vali va pichoqlar kallagi ko‘rinishidagi asboblar ishlatiladi, pichoqlar kallagining kesish qismlari olib qo‘yila- digan freza-pichoqlardan iborat. Taxta va zagotovkalarning chetlariga ishlov berish uchun kesish asbobi sifatida freza va pichoqli kallaklar ishlatiladi. Yog‘och qirindi plita va presslab tayyorlangan boshqa yarim fabrikatlardan tayyorlangan zago- 52 tovkalarning sirtlarini frezalash uchun qattiq qotishmadan yasalgan plastinkali yupqa pichoqlar ishlatiladi. Pichoqlar vali ayni vaqtda dastgohning ish unsuri hisoblanadi. Pichoqlar kallagining pichoqlar validan farqi shuki, u pichoqlarni o‘rnatish uchungina xizmat qiladi. Pichoqlar kallagi dastgoh shpindeliga o‘rnatiladi; unga harakat shu shpindel orqali o‘tadi. Shpindelning o‘rta qismida kallakni maqkamlash uchun teshik bor, kallakni shpindel aylantiradi. Pichoqlar valga qanday tartibda o‘rnatilsa, kallakka ham shu tartibda o‘rnatiladi. Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida qalinhgi 3 mm bo‘lgan yupqa pichoqlar bilan birga qalinligi 10 mm bo‘lgan qalin pichoqlar ham ishlatiladi. Yupqa pichoqlarning maksimal uzunligi 1610 mm (ularning uzunligi pichoqlar valining uzunligiga bog‘liq), eni 25, 32, 40 va 45 mm; qalin pichoqlarning uzunligi 310 mm, eni 100, 110 hamda 125 mm. Qalin pichoqlarning ochiq va yopiq tirqishlari bo‘lib, ular vallarga yoki kallaklarga shu joylandan o‘rnatib mahkamlanadi. Pichoqlar tig‘ining o‘tkirlanish burchagi tax- minan 40°. Dastgohchi yaxshi charxlangan va muvozanatlangan pichoq- lar bilan ishlashi lozim. Pichoqlarni tayyorlaganda ularning yon sirtlari, albatta, jilvirlanadi, pichoqlarning sirtida qatlamlangan, po‘k-kovak joylar, o‘tmaslashgan. g‘adir-budurliklar va korroziya izlari bo‘lmasligi lozirn. Pichoq tig‘ining Qattiqlik da- rajasi 55...59 HRC atrofida bo‘lishi lozim. Yupqa pichoqlarning qalinligidagi farq pichoqning bor bo‘yicha 0,05 mm, qalin pichoqlarda esa 0,1 mm gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Pichoq- lar tig‘ining to‘g‘ri chiziqdan chetga chiqishi pichoqning har 100 mm uzunligida 0,025 m atrofida bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, juft pichoqlarning massasi bir xil, og‘irlik markazlari pichoq uchidan bir xil masofada bo‘lishi, demak, har juft pichoqning har ikkala yarmi (pichoq o‘rtasidan chetigacha bo‘lgan qismlari) ning massasi ham o‘zaro teng bo‘lishi lozim. Juft pichoqlarning massasi va og‘irlik markazlarining o‘rni
53 muvozanatlangan tarozida o‘lchab tekshiriladi. Pichoqlar vali va pichoqlar kallagining jamlamasiga kiradigan vintlari, ponalari va boshqa qismlarining massasi ham mos ravishda bir xil bo‘lishi lozim. Ish jarayonida pichoqlar valining titrayotganligi sezilsa dast- gohni darhol to‘xtatish va pichoqlarning muvozanatini tekshirish uchun ularni charxlash sexiga qaytarish kerak. Vallarga va kallaklarga pichoqlarni o‘rnatib mahkamlash o‘ta mas‘uliyatli ish bo‘lib ishchidan muayyan malaka talab etadi. Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida kesish tezligi katta boiganidan pichoqlarga markazdan qochuvchi katta kuchlar ta‘sir ko‘rsatadi. Pichoqlar yaxshi mahkamlanmagan bo‘lsa, dastgoh sinishi mumkin (40-rasm). Pona Pichoq
Keskich Qirindi
sindirgich Qirindi sindirgich 40-rasm. Pichoqlarni valga mahkamlash usuliari Pichoqlarni o‘rnatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: 1. Pichoqlar valga (kallakka) mahkam biriktirilishi lozim. 2.Val (kallak) aylanganda barcha pichoqning tig‘i bir xil silindrik sirtda aylanishi (bir xil aylana chizishi) lozim, aylanish radiuslari, ya‘ni barcha pichoqlar tig‘ining bir xildagi nuqta- laridagi o‘yiqlar yaxshilab tozalanadi, ularning hamda vkla- dishlarning pichoq sirti tegib turadigan sirtlarining tekisligi tekshiriladi. 54 Pichoqlar o‘yiqlarga o‘rnatilib, yengilgina mahkamlanadi. Pichoqlar tig‘ining o‘zaro vaziyati taqqoslab tekshiriladi. 5. Pichoqlar yaxshilab o‘rnatilib, puxta mahkamlanganligi tekshiriladi. Pichoq tig‘larining vaziyati tekshirilgach, pichoqlar val (kallak)ga obdan mahkamlab qo‘yiladi. Boltlarni burab mah- kamlashni val (kallak) ning o‘rtasidagi boltdan boshlash va navbati bilan chetdagi boltlarga o‘tish kerak, aks holda pichoq egilishi mumkin. Boltlar birdaniga oxirigacha buralganda ham pichoqlar egilishi mumkin, shuning uchun ular bir necha harakatda sekin-asta burab mahkamlanadi; boltlarniig rezba- larini uzib qo‘ymaslik uchun ularni standart kalitlar bilan bu- rash zarur. Pichoqlar mahkamlangach, dastgoh yurgiziladi va val zarur chastotada aylana boshlagach to‘xtatiladi. Dastgoh to‘xta- gandan keyin boltlarning hammasi kalit bilan yana burab mahkamlanadi va pichoqlar ko‘zdan kechiriladi, shundan keyingina dastgoh ishga tayyor hisoblanadi. Pichoqlarning vaziyati juda sinchiklab tekshirilgan taqdirda ham pichoq tig‘i turli joyining aylanish radiuslari bir-biridan 0,04...0,06 mm farq qiladi. Shunga ko‘ra ish boshlashdan oldin pichoqlarning tig‘lari tekislanadi - qo‘shimcha randalanadi. Zagotovkaning sirtiga shakl berishda shu tarzda randalangan pichoqlarning hammasi ishtirok etadi, natijada sirt sifatli bo‘ladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling