SH. djumanov, S. Sayfiddinov
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
yogochga ishlov berish dastgohlari va asboblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- UO‘K: 674.05(075.32) KBK 37.13ya722 Taqrizchilar
- UO‘K: 674.05(075.32) KBK 37.13ya722 ISBN 978-9943-13-207-8
- I BOB . UMUMIY MA‘LUMOTLAR Nazorat-o‘lchash asboblari
- 1-rasm. Nazorat o‘lchash asboblari
- 2-rasm. Chekli kalibrlar: (Detallar o‘lchamlarining aniqiigini o‘lchash uchun)
- II BOB . YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI HAQIDA MA‘LUMOTLAR Qo‘yim va o‘tqazishlar
- Ishlov berilgan sirtning g‘adir-budurligi
- Dastgohlarning geometrik aniqligi, ularni rostlash va sozlash
- Dastgohlarning harf-raqamlar bilan ifodalanuvchi indekslari
- III BOB. YOG‘OCH KESISH ASOSLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA‘LIMI MARKAZI SH.DJUMANOV, S.SAYFIDDINOV YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH DASTGOHLARI VA ASBOBLARI Kasb-hunar kollejlari uchun о ‘quv qo ‘llanma 2-nashr Toshkent
«IQTISOD-MOLIYA» 2016
UO‘K: 674.05(075.32) KBK 37.13ya722 Taqrizchilar: t.f.n., dots. E.Maxamataliyev; t.f.n., dots. R.A.Norov Sh.Djumanov
hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma/SH. Djumanov, S. Sayfiddinov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus kasb-hunar talimi markazi. - Т.: «Iqtisod-Moliya», 2016. - 92 b. S.Sayfiddinov O‘quv qo‘llanma «Bino va inshootlar qurilishi» ta‘limi yo‘nalishining «Duradgorlik va pol yotqizish ishlari» mutaxassisligi «Yog‘ochga ishlov berish dastgohlari va asboblari» fani namunaviy dasturiga asosan yozilgan. O‘quv qo‘llanmada yog‘ochga ishlov berishda ishlatiladigan dastaki va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar hamda dastgohlarning turlari, vazifalari, ularni ishlash prinsiplari haqida batafsil nazariy ma‘lumotlar berilgan. O‘quv qo‘llanmadan qurilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari va oliygohlarning qurilish sohalarida kasb-hunar ta‘limi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qiydigan talabalar ham foydalanishlari mumkin. UO‘K: 674.05(075.32) KBK 37.13ya722 ISBN 978-9943-13-207-8 © «IQTISOD-MOLIYA», 2010 ISBN 978-9943-13-614-4 © «IQTISOD-MOLIYA», 2016 © SH. Djumanov, S. Sayfiddinov, 2016
3 KIRISH Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni amalga oshirish, qurilish va yog‘ochsozlik sohalari uchun ma- lakali kadrlar tayyorlash, duradgorlik mutaxassisligi bo‘yicha kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ustaxonalarini Ham- do‘stlik hamda xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yangi texnologiyalarga asoslangan asbob-uskuna va dastgohlar bilan ji- hozlash kasb-hunar ta‘limiga bo‘lgan e‘tiborni yanada oshirishni taqozo etadi. Jihozlardan foydalanish samaradorligi korxonaning texnika bilan ta‘minlanish darajasigagina emas, balki shu texnikani ishlatuvchi mutaxassislar malakasiga: ularning dastgohlarni bi- lishlari, ishga tayyorlash, ishlatish, materiallarni tejash usullarini, asbob-uskuna ishlayotganda yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni nazarda tutishlari hamda o‘z vaqtida bunday holatlar- ning oldini olish uquvlariga ham bog‘liq. Kasb-hunar kollejlari xalq xo‘jaligini malakali kadrlar bilan ta‘minlaydigan asosiy bilim dargohlaridir. Kasb-hunar egallashga yo‘naltiruvchi mazkur o‘quv muassasalaridan chuqur bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lgan, keng ma‘lumotli yosh mutaxas- sislar yetishib chiqadi.
4 I BOB. UMUMIY MA‘LUMOTLAR Nazorat-o‘lchash asboblari Dastgohlarni rostlash va sozlash vaqtida ularning qismlari bir-biriga nisbatan to‘g‘ri joylashganligini tekshirish uchun turli nazorat-o‘lchash asbob va anjomlaridan foydalaniladi. Dastgohlar ishlab turganda elektr dvigatellarning ish bilan qanchalik bandligini, kesish asboblarining surilish tezligini, ishlangan zagotovkalarning o‘lchamlari va shakllarini tekshirish maqsadida ham asbob-uskunalardan foydalaniladi. 2 3
10 13 11 12 89 6 7 j) k) l) i)
1 1 1 5 a) b) d) e) f) 1-rasm. Nazorat o‘lchash asboblari: a-shtangensirkul” 1-qo‘z- g‘almas jag‘, 2-qo‘zg‘aluvchan jag‘, 3-chizg‘ich, b-mikrometr, d-ruletka, e-nutrometr, f-kronsirkul, i - shchupfar, j-universal burchak o‘lchagich: 4-planka, 5-gayka, 6-dastak, 7-uchburchaklik, к-indikator: 8-siferblat, 9-mil, 10-aylanishlar sonini ko‘rsatadigan mil, 11-o‘lchash o‘zagi, 12-tishli g‘ildirak, 13-uchlik, 1-vaterpas. 5 Detallarning sirtqi va ichki oichamlarini aniq oichash uchun shtangensirkul ishlatiladi (1-rasm, a). Shtangensirkul qo‘z- g‘almas jag‘ (I) va noniusli qo‘zg‘aluvchan jag‘ (2), shkalali chizg‘ich (3) dan tashkil topgan. Detalning diametri yoki qa- linligini aniqlashda shtangensirkul jag‘i (2) ochilib, detal asbob jag‘lari orasiga olinadi (o‘lcham b). Shundan so‘ng vint buralib jag‘ (2) mahkamlanadi va o‘lchamni ifodalovchi qiymat chiz- g‘ich (3) hamda nonlusdan hisoblab topiladi. O‘lchash aniqli- giga ko‘ra noniusning bir bo‘linmasi 0,1 yoki 0,004 mm ga teng bo‘ladi. Agar, masalan, noniusning har bir bo‘linmasi 0,1 mm ga teng va shtangensirkul jag‘lari orasidagi masofa chizg‘ichning to‘qqizinchi va o‘ninchi bo‘linmalari orasida bo‘lib, chizg‘ich bo‘linmalaridan biriga noniusning to‘rtinchi bo‘linmasi to‘g‘ri kelsa, u holda aniqlanayotgan o‘lcham 9,4 mm ga teng bo‘ladi. Teshiklarning chuqurligi va diametri (o‘lcham d), pog‘ona- largacha bo‘lgan masofa (o‘lcham) ham shtangensirkul bilan o‘lchanadi. Chiziqli kichik oichamlarni mikrometr yordamida eng ko‘pi bilan ±0,1 mm xatolikda o‘lchash mumkin (1-rasm, b); katta oichamlarni (100 mm gacha) oichashdagi xatolik ±0,02 mm. Chiziqli oichamlarni ko‘pi bilan 1 mm xatolik bilan o‘lchash uchun masshtabli chizg‘ich va ruletka (1-rasm, d) ish- latiladi. Masalan, plitasimon materiallarni hamda mebel tayyorlanadigan xomaki zagotovkalarni kesib olish vaqtida zagotovkalarning oichamlarini nazorat qilish uchun bunday aniqlik kifoya qiladi. Nutrometrlar (1-rasm, e) va kronsirkullardan (1-rasm,
jismlarning diametrlarini oichashda foydalanadilar. Bu asboblar bilan faqat oichamlar belgilab olinadi. Oicham- ning son qiymati asbob panjalarini masshtabli chizg‘ichga va shtangensirkulning shkalasiga qo‘yish orqali aniqlanadi. Tirqishlar shchuplar bilan o‘lchanadi (1-rasm, i). 6 Universal burchak oichagich bilan (1-rasm, j) detal qir- ralari orasidagi burchakning kattaligi o‘lchanadi. Agar a bur- chak 90° dan kichik bo‘lsa, u dastak (6) ga mahkamlangan uchburchaklik (7) bilan o‘lchanadi. O‘lchash paytida dastak (6) buriladi, uchburchaklik (7) va planka (4) tekisliklari o‘lchana- yotgan detal burchagining qirralariga to‘g‘ri keltiriladi. Tekislik- larning bir-birini qoplaganligi gayka (5) ni burash orqali aniqla- nadi. Burchakning kattaligi asosiy shkala II dan nonius I yorda- mida hisoblab topiladi. O‘lchash xatosi gradusning o‘ndan bir ulushigacha bo‘ladi. Agar a burchak 90° dan katta bo‘lsa, uch- burchaklik (7) ishlatilmaydi. To‘g‘ri burchak uchburchaklik yordamida o‘lchanadi. Arra disklar shaybalarning, vallarning tepishi, plitalar, yo‘naltiruvchi chizg‘ichlarning to‘g‘riligi indikator bilan o‘l- chanadi (1-rasm, k). Indikator shkalasi 100 ta bo‘linmaga bo‘lingan. O‘lchash o‘zagi (11) 1 mm surilganda mil (9) bir marta to‘la aylanadi, binobarin, o‘zak surilgan masofa siferblat shkalasining bir bo‘linmasiga mos keladi, ya‘ni 0,01 mm ga teng bo‘ladi, shkalaning o‘nta boiinmasi 0,1 mm ga teng. Agar, masalan, ko‘rsatkich aylanishlar sonini besh marta aylanishini ko‘rsatsa, mil 45-bo‘linmada to‘xtagan bo‘lsa, u holda indikator bilan o‘lchanayotgan masofa 5 + 0,45 = 5,45 mm bo‘ladi. 1-rasmda arra shaybasining bo‘ylamasiga o‘q bo‘ylab te- pishini shtativga mahkamlangan indikator bilan o‘lchash va unsurlarning gorizontalligini vaterpas bilan tekshirilishi ko‘rsatilgan. Aniqlik kalibrlari Ko‘plab va yirik seriyalab ishlab chiqarishda detal yoki zagotovkalarning o‘lchamlari kalibrlar yordamida tekshiriladi (2- rasm). Teshiklarning o‘lchamlari kalibr-tiqinlar bilan tekshi- riladi (2-rasm, a). Tiqinning bir tomoni teshikka kiradi (kr), ikkinchi tomoni teshikka kirmaydi (krm). Agar tiqinning te- 7 shikka kiradigan tomoni teshikdan o‘tsa-yu, ikkinchi tomoni teshikka kirmasa, teshikning o‘lchami yo‘l qo‘yilgan chegarada bo‘ladi. Yuqorida aytilganlar detal va turumlarning yo‘g‘onligini (2-rasm, b) yoki detallarning enini o‘lchash uchun mo‘ljallangan kalibr-halqalarga ham taalluqlidir (2-rasm, d). Ko‘pincha kalibr- halqa bir tomonli qilib yasaladi (2-rasm, e). Bunda kalibrning kiradigan va kirmaydigan (kr va krm) tomonlari ustma-ust joylashgan bo‘ladi. a) b) d) e)
2-rasm. Chekli kalibrlar: (Detallar o‘lchamlarining aniqiigini o‘lchash uchun): a - kahbr - tiqin, b,d,e - kahbr - halqalar Detallar o‘lchamlarini tekshirishda kalibrlar o‘lchanayotgan detalga kuch ishlatilmasdan, erkin kirgizilishi va erkin harakat- lanishi lozim.
8 II BOB. YOG‘OCHGA ISHLOV BERISH TEXNOLOGIYASI HAQIDA MA‘LUMOTLAR Qo‘yim va o‘tqazishlar Detallarni yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishda, ular- ni qo‘shimcha ravishda to‘g‘rilamasdan buyumlar va ularning qismlarini yig‘ishga imkon yaratish uchun detallar o‘lchamlar va shakli jihatdan bir-biridan farq qilishi kerak. Buning uchun detal va qismlar tayyorlashda GOST 6449—76 “Yog‘ochdan va yog‘ochli materiallardan yasalgan buyumlar. Qo‘yimlar va o‘tqazishlar”da bayon etilgan normativ qo‘yimlarga qat‘iy rioya qilinadi. Detallar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarining o‘l- chamlari hamda shakli chizmadan aniqlanadi. Detallarni yig‘ish vaqtida bir detal ikkinchi detalga kirsa, u holda tutashtirilgan qismlarning o‘lchamlari tutashuvchi o‘lchamlar deb ataladi. Masalan, detallarni turum orqali biriktirishda turumning oichami bilan turum kirgiziladigan teshikning o‘lchami tutashuvchi o‘lchamlar bo‘ladi. Detallarning tutashmaydigan o‘lchamlari erkin o‘lcham deb ataladi. Bevosita o‘lchash yo‘li bilan olingan o‘lchamlar haqiqiy o‘lcham deyiladi. Yo‘l qo‘yilgan chegaradagi ikkita o‘lcham chekli o‘lcham deyiladi; haqiqiy o‘lcham yo‘l qo‘yilgan shu o‘lchamlar oralig‘ida bo‘ladi (haqiqiy o‘lcham chekli o‘lchamga mos kelishi mumkin). Chekli oichamlarga nisbatan aniqlanadigan o‘lcham nomi- nal o‘lcham deb ataladi. Nominal o‘lcham hisobiy chetga chiqishlarning boshlanishi bo‘Iib ham xizmat qiladi. Haqiqiy, chekli o‘lcham va boshqa o‘lchamlar hamda tegishli nominal
9 o‘lcham orasidagi chetga chiqishlar ham aniqlanadi. Qo‘yim — eng katta va eng kichik chekli o‘lcham orasidagi farqdir. Ma- salan, detaining nominal yo‘g‘onligi 15 mm va chekli chetga chiqishi ±0,2 mm bo‘lsa, u holda eng katta chekli o‘lchami (eng katta yo‘g‘onligi) 15 -4- 0,2 = 15,2 mm, eng kichik chekli oi- chami (eng kichik yo‘g‘onligi) esa 15 — 0,2=14,8 mm bo‘lishi mumkin. Bu misolda qo‘yim 15,2 —14,8 = 0,4 mm. Detallar yig‘ish vaqtida qo‘zg‘aluvchan (tirqish qoldirib o‘t- qazish) yoki qo‘zg‘almas qilib (tarang o‘tqazish) biriktiriladi. Qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirilgan detallar bir-biriga nisbatan ma‘lum darajada suriladi. Qo‘yim va o‘tqazishlar tizimida sirt- qi (qamraluvchi) unsurlar uchun «val» atamasi, detallarning ich- ki (qamrovchi) unsurlari uchun esa «teshik» atamasi ishlati- ladi. Agar teshikning o‘lchami valning o‘lchamidan katta bo‘l- sa, ularning devorlari orasida tirqish paydo bo‘ladi, valning o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘lganida esa ular ora- sida taranglik hosil bo‘ladi. O‘tqazish deganda, detallarni birik- tirish xarakteri tushuniladi, biriktirish joyi hosil bo‘lgan tirqish yoki taranglikning kattaligi bilan belgilanadi. Biriktirilgan teshik va val qo‘yimlarining yig‘indisi o‘tqazish qo‘yimi hisoblanadi. Ham tirqish, ham taranglik hosil boiishi mumkin bo‘lgan o‘tqazish oraliq o‘tqazish deb ataladi (bunda teshik va valning qo‘yimlar maydoni qisman yoki to‘la berkitiladi). Buyumlarni konstruksiyalashda, ularni unifikatsiyalash va ishbopligini oshirish maqsadida, o‘tqazishlar sonini asosli ravishda cheklash kerak. Yog‘och buyumlarni konstruksiyalashda qo‘yimlarni hisoblab topish uchun GOST 6449—76 da to‘qqizta kvalitet ko‘zda tutilgan (10, 11, ... , 18). Tutashtiruvchi o‘lchamlar kvalitetini o‘tqazishlar hisobi bilan bir vaqtda tanlash kerak; bu hisob o‘tqazish qo‘yimlari (tirqish qoldirib o‘tqazish va tarang o‘tqazish qo‘yimlari)ning talab qilinadigan qiymatlariga asoslanib chiqariladi.
10 Ishlov berilgan sirtning g‘adir-budurligi Yog‘ochning eng puxta ishlov berilgan sirtida ham g‘adir- budurliklar bo‘ladi. G‘adir-budurliklarning kattaligi va xarakteri yog‘ochning tuzilishiga hamda kesish asbobining ishlov berish sifatiga bog‘liq. Yog‘och sirtining g‘adir-budurligi GOST 7016— 75 ga muvofiq bo‘lishi lozim. G‘adir-budurlik notekisliklarning maksimal balandligi Rz
joyigacha bo‘lgan masofa) o‘rtacha arifmetik kattalik bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Bunda, N maxh N max1 , ..., N max2/n — maksimal notekisliklar kattaligi; p — o‘lchangan notekisliklar soni. 1-jadvalda Rz
digan son qiymatlari berilgan. 1-jadval Sirtning g‘adir-budurligi Rz max mkm Klasslar
Rz max mkm Klasslar
Rz max mkm ко‘pi bilan ko‘pi bilan 1 1600 7 100
2 1200
8 60 3 800 9 32 4 500
10 16 5 320 H 8 6 200
12 4 Tegishli usullar va ishlov berish rejimlaridan foydalanib, yog‘ochga yaxshi asbobda ishlov berib, quyidagi g‘adir-budur- lik qiymatlariga mos keladigan sirtlar hosil qilish mumkin: Ishlov berish turi RZmax mkm Yog‘ochni uzunasiga arralash: oddiy arra bilan ..................................200 ... 800 randalash ............................................60 ... 100 Ko‘ndalangiga arralash:
11 oddiy arra bilan ..............................200 ... 800 randalash ........................................100 ... 200 Shpon (payraha) kesish ..................100 ... 320 Sirtlarni frezalash .............................32 ... 320 Turum qirqish va teshik o‘yish .......60 ... 320 Jilvirlash ..........................................16 ... 100 Qiymati R imax = 60 mkm gacha bo‘lgan g‘adir-budurliklar ТСП-4 asbobi yordamida. qiymati 60 mkm dan kam bo‘lgan g‘adir-budurliklar esa МИС-11 mikroskopi yordamida olcha- nadi. lshlab chiqarish sharoitida yog‘och sirtining g‘adir-bu- durligi, ko‘pincha, ishlov berilgan sirtni namuna etalonlar sir- tiga taqqoslab ko‘rib tekshiriladi. Namuna etalonlari qanday tur yog‘ochdan tayyorlangan va sirtiga qanday ishlov berilgan bo‘lsa, detallar ham shunday bo‘lishi lozim. Sirtning to‘lqin- simonligi va sertukligi esa ko‘z bilan chamalab tekshiriladi.
Detallarga ishlov berish aniqligiga dastgohning geometrik aniqligi, to‘g‘ri rostlanganligi va yaxshi sozlanganligi ko‘p ta‘- sir ko‘rsatadi. Geometrik aniqlik dastgoh qismlari o‘qlarining o‘zaro paral- lelligi yoki peфendikularligi, stollar va karetkalarni surganda ularning sathlari o‘zgarishi hamda vallarning o‘q va radius bo‘yicha tepishi bilan xarakterlanadi. Dastgohlarning geometrik aniqligi ularning puxta tayyorlanganligiga hamda yeyilish darajasiga bog‘liq. Dastgohlar uch klassga: yuqori aniqlikdagi, o‘rtacha aniqlikdagi va past aniqlikdagi dastgohlarga bo‘linadi. Yog‘ochsozlik korxonalarida o‘rtacha va past aniqlikdagi dastgohlarga disk arrali dastgohlar, yuqori aniqlikdagi va o‘rtacha aniqlikdagi dastgohlarga esa frezalash, uzunasiga fre- zalash va parmalash dastgohlari kiradi.
12 Dastgoh unsurlarini geometrik aniqlik me‘yorlariga to‘la mos keladigan qilib o‘rnatish va mahkamlash kerak. Dastgoh- ni mexanika sexining sozlovchi ishchilari vaqti-vaqti bilan soz- lab turadilar. Sozlovchilar yo‘naltiruvchi va siquvchi qurilma- larning, surish qurilmalarining bir-biriga nisbatan joylashishini, karetkalarning to‘g‘ri chiziqli harakatini, stollar, plitalar va yo‘naltirish qurilmalarining o‘zaro parallelligini hamda tekisli- gini tekshiradilar, vallar va shpindellarning tepishini bartaraf qiladilar. Ular dastgohlarga boshqarish apparatlarining datchik- larini o‘rnatish, dastgohlar atrofini to‘siqlar bilan to‘sish hamda dastgohlarni moylash qurilmalarini sozlash ishlarini ham baja- radilar. Dastgohni rostlash bilan garchi maxsus ishchilar shu- g‘ullansa ham, dastgoh noto‘g‘ri rostlanganda detalga ishlov berishda ro‘y beradigan nuqsonlarni bartaraf qilish uchun rost- lashga doir asosiy tushunchalarni dastgohchining o‘zi ham bi- lishi zarur. Dastgohni rostlashni uni sozlashdan farq qila bilish kerak, bunda dastgohni sozlash bilan dastgohchining o‘zi shug‘ullanadi. Zagotovkalarning har bir yangi partiyasiga ishlov berishdan oldin dastgohchi o‘z dastgohini sozlashi, ya‘ni uning tayanch va yo‘naltiruvchi qismlarini, kesish asbobi va moslamalarini bir- biriga nisbatan ma‘Ium vaziyatda to‘g‘ri o‘rnatishi shart.
Rossiya Federatsiyasi va Hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan yog‘ochga ishlov berish dastgohlariga indekslar, ya‘ni harf va raqamlardan iborat shartli belgilar qo‘yiladi. Indeksning birinchi (ba‘zan ikki) harfi dastgohning tipini bildiradi, masalan: Л — g‘o‘labur arrali, TC - disk arrali, С - randalash dastgohi (reysmusli yo‘nish, to‘rt tomonlama bo‘ylamasiga frezalash), Ф - frezalash, Ш — turum qirqish, 13 ШЛ — jilvirlash, CB — parmalash, T — torsaviy yo‘naladigan disk arrali dastgohlar bo‘ladi. Indeksning ikkinchi va uchinchi harflari dastgohning o‘ziga xos xususiyatlarini bildiradi: ЛС — g‘o‘labur arrali duradgorlik dastgohi; ТСД — taxta tiladigan disk arrali dastgoh; ТСДК — yog‘och konveyer usulda suriladigan xuddi shunday dastgoh; СГ — reysmusli dastgoh; ФТ — frezalaydigan og‘ir dastgoh. Indeksning uchinchi harfi surish turini yoki uning quril- masini ifodalaydi: СФК — yog‘och konveyer usulda suriladigan yo‘nish dastgohi; ФСА — turum qirqish, karetkasi bo‘lgan o‘rtacha quvvatli frezalash dastgohi; ТСПА — supporti avtomatik suriladigan, ko‘ndalangiga arralaydigan disk arrali dastgoh va hokazo. Indeksning birinchi harfidan (yoki dastlabki ikki harfidan) keyingi raqamlar dastgohning asosiy o‘lchamlarini yoki kesish asboblarining sonini bildiradi: CP8 — stolining kengligi 8 dm bo‘lgan, ikki tomonlama ishlov beradigan reysmusli dastgoh; CP3 — stolining kengligi 3 dm bo‘lgan reysmusli dastgoh; С16 — stolining kengligi 16 sm bo‘lgan, to‘rt tomonlama ishlov beradigan, bo‘ylamasiga frezalaydigan dastgoh va hokazo. Ba‘zi dastgohlarning shartli belgilari, ya‘ni indeksi bayon qilingan tartibga to‘g‘ri kelmaydi, masalan TCiME — ko‘ndalan- giga arralaydigan, disk arrali, dastak — sharnirli osma supportli dastgoh.
14 III BOB. YOG‘OCH KESISH ASOSLARI Kesish — yog‘och materiallardan zarur o‘lchamli va shaklli detallar yasashning asosiy usulidir. Kesish jarayonida ponasimon keskich yog‘ochga o‘yib kirib yog‘och tolalarini kesadi va ular orasidagi bog‘lanishni buzib, yog‘ochning ma‘lum qatlamini kesib qirindi hosil qiladi. Yog‘ochni qirindi ajratmay kesish ham mumkin: masalan, payrahaning yaroqsiz qismini kesganda yoki payrahani qaychi bilan qirqqanda qirindi chiqmaydi. Energiyani kam sarflab, jihozni yuqori unum bilan ishlatib. yog‘ochga talab qilingan darajada sifatli ishlov berish uchun kesish sharoitini to‘g‘ri tanlay bilish, buning uchun esa dastlab mazkur jarayonning mohiyatini tushunib olish zarur. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling