Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti anorqulova ozoda nizomjon qizi


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/31
Sana26.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1656578
TuriReferat
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
Avtoreferat Anorqulova (2) (2)

kun, gulshan, pir, ustoz, shohi zamon, qadah, sarv, beminnat zot, sadaf kabi 
ma’nolarda kelgan. Tahlil jarayonida A.Navoiyning barcha lirik asarlarini ko‘rib 
chiqishning imkoni bo‘lmadi, biroq uning boshqa asarlarida ham ota atamasining 
bundan-da ko‘plab rang-barang konseptlarda namoyon bo‘lishiga ishonamiz. 
Ota konseptiga doir materiallarni kuzatish barobarida O‘zbekiston xalq shoiri, 
O‘zbekiston qahramoni E.Vohidovning “Nido” she’riga to‘xtalib o‘tamiz. Ushbu 
she’r urush yillarida otasidan ayrilgan bolaning tilidan yozilgan adabiy doston 
sanaladi: “Otajon! men, axir, qutlug‘ bu so‘zni yigirma yil olmadim tilga, yigirma 
yil saqladim dilda… armonli o‘g‘lingiz tinglaydi sizni, so‘ylang, eshitaman
vujudum tilka…” 
Inson qalbini jumbushga keltirish qudratiga ega bo‘lgan ushbu oltin 
misralarda ota shaxsining naqadar aziz, muqaddas, xazinaga teng ekanligi “Otajon” 
subyektiv baho formasiga ega bo‘lgan leksema orqali anglashiladi. Bu so‘zlarni 
tilga olgan bola “otajon” so‘zining o‘ziga qanchalik mehr bermoqda, urushning 
vahshati sabab o‘z pushtipanohini “otajon” deya atay olmaganligi, uni tilga 
olishning o‘zi ham judolikdagi farzand uchun katta baxt ekanligi asli haqiqat. 
Demak, bu parchadan ota shaxsi orzu tushunchasini ifodalaydi, degan xulosaga 
kelish mumkin. 
Tahlilimizni A.Oripov ijodi bilan davom ettiramiz. Shoir she’riyatida ham ota 
mavzusiga atalgan ash’orlar juda ko‘p. Jumladan, shoirning “Ota duosi” nomli 
she’rida shunday misralar bor: O‘glim, so‘ramasman sendan mol-dunyo, Uy ham 
qurib berma, mayli alomat. Mayli ko‘zlarimga bo‘lmagil ziyo, Yonimda yursang 
bas sog‘-u salomat. Mayli, ko‘tarmagil meni yelkangda, Qalqon ham bo‘lmagil 
yog‘sa malomat. Bir kuni yostiqqa boshim tekkanda, Tepamda tursang bas sog‘-u 
salomat. 
Ota uchun jigarbandining baxt-u kamolini ko‘rishdan-da ortiqroq baxt yo‘q, 
albatta. Ushbu she’rdan ota duogo‘y ma’nosida kelgan, deyish mumkin. 
Bundan tashqari, shoirning “Otalar”, “Farzand” kabi ko‘plab she’rlarida ota 
“bag‘rikeng inson”, “chiroq”, “yulduzli osmon”, “buzruk”, “faqir”, “bardosh”, 
“martaba”, “baxt”, “do‘st”, “buyuk kitob”, “madadkor” ma’nolarida keladi. 
Yana bir o‘zbek she’riyatining yirik vakilasi, shoiralar onasi Zulfiyaxonim 
ijodida ham “ota” konseptiga doir tushunchalar keltiriladi hamda ular shodlik, 
baxt, yo‘lga soluvchi ma’nolarini ifodalasa, zamonaviy she’riyatning yana bir 
iste’dodli vakilasi G.Asqarova ijodida qiz farzand uchun ota pir, panoh, davlat 
tushunchalarini ifoda etadi. 
O‘ylab qaralsa, birgina jussasida shuncha mas’uliyatni bardosh bilan ko‘tarib 
yurgan otalarning kishi hayotida o‘rni beqiyosdir. Yuqorida keltirilgan 
tushunchalarning barchasi deyarli ijobiy attenkaga ega. Ular orasida vaqt nuqtayi 
nazaridan asrlar mavjudligini hisobga olsak, otaga munosabat, iliqlik, mehr, uning 
oldidagi burchlar also o‘zgarmagan. 
Bobning ikkinchi faslida “O‘zbek nasriy asarlar matnida “ota” 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling