Shokoladli rohat-luqum


Download 49.25 Kb.
bet1/3
Sana04.04.2023
Hajmi49.25 Kb.
#1329089
  1   2   3
Bog'liq
orif aka uchun





Shokoladli rohat-luqum — какао kukuni qo‘shib tayyorlan- gan marmeladsimon mahsulot. Yuzasiga shakar kukuni sepilgan. To‘g‘riburchak yoki kvadrat shakliga ega. O'lchab sotiladigan qilib va qadoqlangan holda ishlab chiqariladi. 1 kilogrammi kamida 30 dona. Namligi 14—16 %.
Yuqorida sanab o‘tilgan sharq shirinliklarining ko‘pchiligi MDH ning barcha mintaqalarida, xususan O‘rta Osiyo va Kav- kazorti respublikalarida ishlab chiqariladi.


Tayanch atamalar va iboralar


Sharq shirinliklari; karamelsimon sharq shirinliklari; unli sharq shirinliklari; yumshoq konfetsimon sharq shirinliklari.


Nazorat savollari


  1. «Sharq shirinliklari» iborasi nimani anglatadi?

  2. Karamelsimon sharq shirinliklari guruhiga qaysi mahsulotlar kiradi?

  3. Karamelsimon sharq shirinliklarining har bir navining tavsifini keltiring.

  4. Unli sharq shirinliklari guruhiga qaysi mahsulotlar kiradi?

  5. Unli sharq shirinliklarining har bir navining tavsifini keltiring.

  6. Yumshoq konfetsimon sharq shirinliklari guruhiga qaysi mahsu­lotlar kiradi?

  7. Yumshoq konfetsimon sharq shirinliklarining har bir navining tavsifini keltiring.

2-§. O'ZBEK MILLIY QANDOLAT MAHSULOTLARI


Sharq shirinliklari azaldan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va hozirgi kunda ham ishlab chiqarilmoqda. Shuning uchun ular- ni o'zbek xalqining milliy qandolat mahsulotlari deb atash mum- kin. Bu mahsulotlardan novvot, parvarda, qandolat, “Obidandon”, “Burama qalamcha”, “Rang-barang”,”Buxor- chair“Akkoli”, “Xiloli” va boshqalar karamelsimon milliy qan­dolat mahsulotlarni tashkil qiladi.
Konfetsimon milliy qandolat mahsulotlariga “Lavz”, “Sobuni”, “Bodomi”, “Donagi”, “Mayizli”, “Kunjutli”, “Rusta”, “Teri”, “Buxorcha teri”, “Buxorcha pashmak”, “Obinowot”, “Unli-obinovvot” halvolarini kiritish mumkin.
Milliy shirinliklarga nisholda, halvoytar, ferini va shular kabi boshqa quyuq qovushqoq mahsulotlar ham kiradi.
O‘zbek milliy qandolat mahsulotlari texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar BuxOOYeSTI (Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti)ning




«Non, qandolat va makaron mahsulotlari texnologiyasi» kafed-
rasida amalga oshirilmoqda.
q Milliy karamel ishlab chiqarish.
Milliy karamel navlarining tavsifi. Milliy karamel asosan
masalliqsiz bo‘lib, karamel massasiga ishlov berilishiga qarab
cho'zilmagan, cho‘zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatil-
gan xillarga bo'linadi.


«Buxorcha» karameli sharcha yoki to‘g‘riburchak shaklda,


cho'zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan bezatilgan karamel mas-
sasidan tayyorlanadi. 1 kilogrammida kamida 100 dona karamel
mavjud. Namligi 2,9 %. O‘ralgan va o'ralmagan holda ishlab chi-
qariladi. O‘ralmagan (ochiq) karamel zich yopiladigan (havo
o‘tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi.
«Burama qalamcha» karameli uzunligi 6—8 sm buralgan
tayoqcha shaklida, cho'zilgan, yuzasi rangli chiziqlar bilan
bezatilgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kilogrammi ka-
mida 100 donadan iborat. Namligi 2,8%. O'ralgan va o'ralma-
gan holda ishlab chiqariladi. O‘ralmagan (ochiq) karamel
zich yopiladigan (havo o'tkazmaydigan) idishlarga qadoqla-
nadi.
«Obidandon» karameli to‘g‘ri burchak shaklida bo‘lib, cho'zil-
magan, bo'yalgan karamel massasidan tayyorlanadi. 1 kilogrami
taxminan 100 dona keladi. Namligi 2,0%. O'ralgan va o'ralma-
gan holda ishlab chiqariladi. O'ralmagan (ochiq) karamel zich
yopiladigan (havo o'tkazmaydigan) idishlarga qadoqlanadi.
«Rang-barang» karameli to'g'riburchak, dumaloq, ovalsi-
mon yoki uzunchoq shaklda, cho'zilmagan, turli ranglarda
bo'yalgan, har xil essensiyalar bilan xushbo'ylantirilgan kara-
mel massasidan tayyorlanadi. Karamel kamida to'rt xil rangda
bo'yalgan bo'lishi shart. 1 kilogrammida kamida 100 dona karamel
mavjud. Namligi 2,3%. Karamel ochiq, yuzasiga shakar sepilgan
holda ishlab chiqariladi.
«Аккоіі» karameli chetlari o'tkir qiya qirqilgan 2—4 sm
uzunlikdagi qalamchalar shakliga ega. Cho'zilgan karamel mas-
sasidan tayyorlanadi. Xushbo'ylantirish uchun turli essensiyalar
yoki ziravorlar (asosan yalpiz moyi) qo'shiladi. 1 kilogrammi
80—100 donadan iborat. Namligi 4%.
«Xiloli» milliy karameli chetlari o'tkir, qiya qirqilgan 6—8
sm uzunlikdagi qalamchalar shakliga ega. Qovurilgan kunjut
mag'zi bilan aralashtirib, cho'zilgan karamel massasidan
tayyorlanadi. 1 kilogrammi 60—100 dona keladi. Namligi 2,5%.
< Milliy karamel ishlab chiqarishning о ‘ziga xos xususiyatlari.
Milliy karamel ishlab chiqarishda turli xom ashyolar qo'llanila-
di: shakar, kraxmal patokasi, oziqaviy limon kislotasi, xushbo'y




essensiyalar, oziqaviy bo‘yoqlar; ichimlik suvi va milliy karamel
retsepturalari bo'yicha boshqa xom ashyolar.


Г Foydalaniladigan xom ashyolarning sifati tegishli me’yoriy
hujjatlarning talablariga javob berishi kerak.


'Milliy karamel ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi asosiy
bosqichlardan iborat: xom ashyolarni tayyorlash; karamel
qiyomini tayyorlash; karamel massasini tayyorlash; karamel
massasiga ishlov berish; karamelga shakl berish; karamelni
sovutish; karamelni o'rash yoki zich idishlarga qadoqlash; karamel
yuzasiga himoyalash maqsadida ishlov berish; karamelni joylash.
Xom ashyo ishlab chiqarishga yuborilishidan oldin qo'llani-
lishi uchun qulay holga keltirilishi va begona aralashmalardan
tozalanishi kerak.
Tayyorlangan xom ashyolar tarozilarda tortiladi, maxsus
o‘lchagichlarda o'lchanadi, uzlukli yoki uzluksiz ishlaydigan
dpzatorlar yordamida dozalanadi.



Download 49.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling