Shomaksudova, M. Israil \ oav da yozma matn. Nutq va munozara
Download 28.78 Kb. Pdf ko'rish
|
OAV da yozma matn. Nutq va munozara. Shomaksudova S, Israil M-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar: maqola, reliz, press-relizlar, yangilik, teskari piram ida
MAQOLA QANDAY YOZILADI?
1. Maqola turini aniqlash. 2. Xabarlar (reliz) yozish talablari. 3. Matn tuzilishi. Yozishni qanday boshlash kerak? Yozishni qanday davom ettirish lozim? 4. Jarayonni tasvirlash. 0 ‘quvchiga ta’sir etish. 5. Mavzuga mos so‘z tanlay olish. Matn yaratishda aniqlik, qisqalik, lo‘ndalikka ahamiyat berish. Axborot berish. Mantiqiy ketma-ketiikka e’tibor berish. 6. Yaratilgan matnni qayta ko‘rib chiqish. Tayanch so‘zlar: maqola, reliz, press-relizlar, yangilik, teskari piram ida, j o y chegaralanganligi, kalit, m aqola tuzilishi, kirish, asosiy qism, kontr-argument , xulosa yoki rezyume. Maqola qanday yoziladi? Maqola yozishda, avvalambor, ushbu maqola ikki asosiy turkumning qay biriga tegishli ekanligini aniqlab olishimiz lozim. Ya’ni yaagilik maqolami yoki o‘ziga xos hikoyami? Ko‘pchilik OAV tashkilotlan aholiga xabar yetkazish uchun xabarlar (relizlar)dan foydalanadi. Press-relizlar biron bir hodisa yoki muammoni yoritishda ishlatiladi. Uning hajmi asosan bir betdan ko‘p boimaydi. Ba’zi OAVlarda niuharrirlaming tajribasizliklari yoki vaqt yetishmovchiligi tufayli berilayotgan axborot uzatilgan yangiliklar bilan bir xil (takrorlangan) bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘p hollarda press-relizni malakali muharrir tomonidan tahrir qilishda vaqt yetishmaydi. Natijada talab darajasidagi materialni chop etish qiymlashadi. Ba’zi paytlarda jumalist turli shakldagi maqolalar yaratishi kerak bo‘ladi: material bir martali xabar yoki muntazam berib boriladigan hikoyami. Bu holatda asosiy fikmi saqlab qolish uchun muharriming tekshiruvidati qochish kerak. 128 Press-reliz qanday yozilishi haqida alohida to'xtalib o‘tmoqchimiz. Press-reliz (yangiliklar)ning strukturasi (tuzilishi) Reliz “yangilik” degan ma’noni anglatadi. Shuning uchun unda faqat yangiliklar uzatilib, sharh yoki kimningdir fikrini o‘z ichiga olmaydi. Relizning asosiy maqsadi: Kim?, Nima?, Qachon?, Qayerda? Nimaga? va Qanday qilib? degan savollarga javob berish. Bunga qaramay ba’zi tele, radio va gazeta jurnalistlari bu qoidani chetlab o ‘tib, o'zl arming fikrlarini yangiliklarga kiritadilar. Press-relizning maqsadi - faqatgina axborot yetkazislidan iborat. Sharlilovchming munosabati matnning boshqa turlarida ishlatilishi mumkin. “Teskari piramida”. Matnning tuzilishi ushbu qoidaga bo‘ysunishi lozim. Bu modelda maqola matni qay tarzda yaratilishi kerakligini ko‘rishimiz mumkin. Birinchi abzasga alohida ahamiyat berish kerak. Muhim boimagan faktlar maqolaning oxirida beriladi. Matn yaratishnmg bu usuli zamonaviy juraalistikaning ilk paydo bo‘lgan davridan boshlangan. Telekommunikatsiya vositalarining ilk faoliyatida ham telefon yoki telegraf orqali ma’lumot uzoq masofalarga uzatilgan. Ko‘pincha aloqa uzilishi b o lib turgani sababli eng asosiy ma’lumot birinchi b o iib uzatilgan. Agar jumalist saosiy ma’lumotni matnning oxirida beradigan boisa, ma’lumotni to‘liq uzata oimay qolishi mumkin. Yozishni qanday boshlash kerak? To‘nkarilgan piramida nazariyasiga ko‘ra asosiy ma’lumot maqolaning boshida berilib, asosiy savollarga javob berishi lozim . Bu savollar: Kim?, Nima?, Qayerda?, Qachon?, Nimaga?, Qanday qilib? Yana maqolaning bosh qismida ma’lumotning manbasi ham berilishi kerak (“ishchi guruh a’zosining ta’kidlashicha”, “kompamya boshiig imng so'zlariga кота” kabij. Qanday davom ettirish kerak? Boshqa, keyingi mayda detallar muhimligi darajasiga qarab ketma-ketlikda berib boriladi. (Muhimroqlari tepada, ikkinchi darajali ma’lumotlar pastroqda beriladi.) Download 28.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling