Щозирги ызбек адабий тили


Download 0.6 Mb.
bet48/71
Sana07.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1082503
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71
Bog'liq
F. Safarov ona tili ma\'ruza 2-kurs

Ko`rsatish olmoshlari
Predmet va uning belgilarini ko`rsatish uchun qo`llanuvchi so`zlar ko`rsatish olmoshlari deyiladi: bu, shu, o`sha, u.
Ko`rsatish olmoshlari, bu, shu, u, o`sha kishilik olmoshlariga qaraganda yanada abstrakligi bilan ajralib turadi. Kishilik olmoshlari shaxs oti o`rnida qo`lla­nadi, ko`rsatish olmoshlari esa shaxs, predmet otlari o`rnida ham qo`llanaveradi. Ko`rsatish olmoshlari sintaktik jihatdan sifatlarning ekvivalenti bo`ladi, ya'ni gapda aniqlovchi vazifasida keladi: U vodiyda cho`rilar, qullar kerak bo`ldi. (A. Q.)
O`z xususiyatiga ko`ra ko`rsatish olmoshlarini uch guruhga ajratish mumkin: 1. Ot o`rnida qo`llanuvchi olmoshlar. Shaxs va predmetlarni ko`rsatish orqali nomlaydi: bu, shu kabi. 2. Sifat xarakteridagi ko`rsatish olmoshlari predmetning belgisini ifodalaydi: Biz o`sha do`konga boramiz. (O.) 3. Takror holda qo`llanib harakatning belgisini bildiradi: shu-shu, o`sha-o`sha. Shu-shu boshqa arz qilganini bilmayman. (A. Q.)
Ko`rsatish olmoshlari ma'no jihatidan bir-biridan farq qiladi.
«Bu» olmoshi so`zlovchiga ancha yaqin masofada turgan, yaqindagina eslatilgan predmet yoki voqea-hodisani ko`rsatishga xizmat qiladi: Cholning bu ishidan jahlim chiqdi. (O.)
«Shu» olmoshi ham bu olmoshi kabi ma'noga ega, ammo bunda ta'kidlab ko`rsatish kuchli: Iltimosim shuki, o`zingiz shu brigada ishidan ko`z uzmang. (O.)
«U» olmoshi so`zlovchidan ancha uzoqda turgan yoki ancha ilgari eslatilgan predmetni ko`rsatadi: Men u kitobni o`qidim.
«O`sha» ko`rsatish olmoshi so`zlovchiga avvaldan ma'lum bo`lgan voqea yoki hodisani ko`rsatadi:
O`sha jilva va o`sha otash,
O`sha ko`zki, suzgin xayolkash.
O`sha imo, o`sha ishora,
Eta boshlar yurakni pora. (H. O.)
Ko`rsatish olmoshiga mana, ana so`zlarini qo`shish bilan so`zlovchiga yaqin bo`lgan predmet ta'kidlab ko`rsatiladi: Mana bu narsani olib qo`y. (A.Q.) Ana shu yili biz qishloqdan ko`chib ketdik. Mana shu gaplarni aytib berasiz. (A.Q.)
Ko`rsatish olmoshlari juft yoki takroriy so`z holida ham qo`llanadi: Shu-shu Nilufarning ishi yurishib ketdi. (A. Mux.) Shunday qilib, u-buni gapirib yuramiz. (O.) Ko`rsatish olmoshlari kelishiklar bilan turlanadi. Jo`nalish, o`rin, chiqish kelishigi qo`shimchalarini qabul qilganda bir «n» tovushi orttiriladi: bunda, bunday, shunga.
Ko`rsatish olmoshlari otlashganda egalik qo`shimchalarini qabul qila oladi: shunim, shuning, shunisi. Egalik qo`shimchasi ikki marta (pleonastik) qo`shiladi: bunisi.
Ko`rsatish olmoshlari tuzilishiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1. Sodda ko`rsatish olmoshlari: u, bu, shu, o`sha;
2. Qo`shma ko`rsatish olmoshlari: mana shu, ana shu, mana bu.
Shu ko`rsatish olmoshi bu olmoshidan oldin kelib so`z ma'nosini kuchaytiradi. Lekin hech vaqt bu olmoshi shu olmoshidan oldin kelmaydi: Shu bu yil, shu bugun. Ammo bu olmoshlar qo`shma sanalmaydi.
Ko`rsatish olmoshlari gapda turli vazifalarni bajarib keladi.
Klassik adabiyotda ba'zan hozirgi tilimizdagi she'riy parchalarda ham ko`rsatish olmoshlari: ul, shul, o`shal, bul formalarida uchraydi: Ul parivash hajridakim yig`ladim devonavor. (A. Navoiy)

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling