Lug`at bilan ishlash!
1. BRIFING–rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi.
2. DIVERSIFIKATSIYA–ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko`paytirish, kengaytirish.
3. MODERNIZATSIYA–zamonaviy talab va didga moslab o`zgartirish.
4. PARLAMENT–demokratik davlatlarda, asosan, saylov yo`li bilan tuziladigan oily vakillik va qonunchilik organi
5. STRATEGIYA–maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi; ijtimoiy-siyosiy hayotni taraqqiy qildirishni, shuningdek, boshqaruvni uzoq muddatli, to`g`ri va stiqbolli rejalashtirish. M-n, harakatlar strategiyasi
KELISHIK QO`SHIMCHALARI USLUBIYATI.
Kelishik qo`shimchalari belgili-belgisiz qo`llanishi, bir-biri bilan erkin almashinish imkoniyati, ayrim ko`makchilar bilan ma`nodoshligi, ayrimlarining qisqargan shaklda qo`llanishi kabi bir qator xususiyatlariga ko`ra turli uslubiy ma`no nozikliklarining yuzaga chiqishiga imkoniyat beradi. M-n, tushum kelishigi belgili qo`llanganda. Obyektni ta`kidlash ma`nosi ifodalanadi, belgisiz bo`lganda esa but a`kid yo`qoladi. M-n, kitobni o`qidi–kitob o`qidi. Yoki birikmada tushum kelishigi qo`llanganda, obyektning barchasi nazarda tutilganligi, ayni o`rinda chiqish kelishigi qo`llanganda esa obyektning bir qismiga e`tibor qaratilganligi anglashiladi. M-n, choyni ichdi–choydan ichdi. Yoki jo`nalish kelishigining, masalan, uchun ko`makchisi bilan ma`nodoshligi asosida almashtirilishi ham ifodada uslubiy farqni yuzaga keltiradi. M-n, do`stimga oldim–do`stim uchun oldim.
Eslatma! Qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchalari badiiy uslubda, xususan, she`riyatda –n shaklida qisqargan holda qo`llanishi va matnga ekspressivlik, poetic ohang baxsh etishi mumkin.
M-n, Qarshimda yer sharing surati turar, Salmog`i Quvaning anoricha bor. Dengiz ortin yoritdi ilk bor, Beruniyning aql mash`ali.
Do'stlaringiz bilan baham: |