Sinf ona tili darsligi yuzasidan tuzilgan qo`llanma. 10-sinf ona tili darsligidagi kerakli ma`lumotlar! Uslubiyat. Til va uslub


Download 0.53 Mb.
bet10/49
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1493738
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Bog'liq
10-sinf va 11-sinf ona tili

ZAMON QO`SHIMCHALARI USLUBIYATI.

Ba`zan o`tgan zamon qo`shimchasi –di shakli orqali kelasi zamon ma`nosi anglashilishi mumkin. M-n, Xo`sh, anovi divanni nima qildik?(ushbu gapda divanni nima qilamiz? degan ma`no bor.)


Eslatma! Hozirgi zamon shaklini hosil qiluvchi –yap, -yotir, -moqda qo`shimchalari ma`nodosh, ammo ular nutqiy uslublarga xoslanishi, uslubiy bo`yog`iga ko`ra bir-birdan farq qiladi. Ulardan –yap ko`proq so`zlashuv uslubiga xos, -yotir va –moqda qo`shimchalari esa poetik nutqda, badiiy uslubda ko`proq qo`llanilib, tantanavorlik, ko`tarinkilik bo`yog`ini namoyon qiladi. Kelasi zamon shaklini hosil qiluvchi –ajak qo`shimchasi ko`proq publitsistik uslubga xos , unda tantanavorlik yorqin aks etadi.


Eslatma! Ilmiy uslubda hozirgi-kelasi zamon shakli(-a, -y qo`shimchasi)ning qo`llanishida ham uslubiy o`ziga xoslik mavjud. Bu shakl aniq zamonni emas, balki, umuman, zamonni, odatiylikni bildirish uchun ham qo`llanadi. M-n, predmetning belgisini bildiruvchi so`zlar sifat deyiladi; kesim gapning markazi hisoblanadi; ega bosh kelishikdagi so`z bilan ifodalanadi kabi ifodalarda buni ko`rish mumkin. So`zlashuv va boshqa uslublarda ham bunday holat odam gapiradi, qush uchadi, pichoq kesadi singari qo`llanishlarda kuzatiladi.




Lug`at bilan ishlash!


1. AZOB, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitamruhiy yoki jismoniy qiynoq.

Eslatma! Azob–keng tushunchaga ega, u “ruhiy va jismoniy qiynoq” ma`nosida ham, “o`zga tomonidan bo`ladigan, shuningdek, biror narsadan bo`ladigan qiynoq” ma`nosida ham qo`llanaveradi.


Eslatma! Aziyat–asosan, yozma nutqda va o`qimishli, katta yoshdagi kishilar nutqida qo`llanadi.


Eslatma! Jabr–bu so`zda belgi darajasi azob so`zidagiga nisbatan kuchli va bu so`z, asosan, “inson tomonidan bo`ladigan azob” ma`nosida qo`llanadi.


Eslatma! Jafo–mustaqil so`z holida juda kam qo`llanadi. Ko`pincha jabr so`zi bilan juft so`z holida (jabr-jafo) yoki qilmoq fe`li bilan birga qo`llanadi.


Eslatma! Ozor–so`zida belgi darajasi azob, jabr so`zlariga nisbatan kuchsizroq. Bu so`z ham mustaqil holda juda kam qo`llanadi.


Eslatma! Zahmat–mehnat bilan bog`liq azobni bildiradi.


Eslatma! Alam–bu ma`noda kam qo`llanadi.


Eslatma! Iztirob–asosan, “ruhiy azob” ma`nosida qo`llanadi va unda belgi darajasi azob so`zidagiga nisbatan kuchliroq. Oddiy so`zlashuvda deyarli qo`llanmaydi.


Eslatma! Uqubat, sitam– so`zlari yakka holda juda kam ishlatiladi. Uqubat so`zi ko`pincha azob so`zi bilan, sitam so`zi jabr so`zi bilan juft so`z holida qo`llanadi.



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling