32.2. SO‘Z QO‘SHISH BILAN FE’L YASALISHI VA
UNING SINONIMIYASI
Dars maqsadi: so‘z qo‘shish yo‘li bilan fe’l yasalishi bo‘yicha o‘rta
umumiy ta’limda olgan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish.
R e j a:
* So‘z qo‘shish yo‘li bilan fe’l yasash haqida
ma’lumot.
* Qo‘shma fe’llarning tarkibiga ko‘ra turlari.
* Yetakchi va ko‘makchi fe’llar.
Yasashga asos qismga yasovchi vosita sifatida a
ylamoq, qilmoq, etmoq,
olmoq, bermoq singari so‘zlar qo‘shilib yangi fe’l yasalishi ham mumkin.
Masalan,
javob berdi, olib keldi, bayon qildi, kasal bo‘ldi va hokazo.
Bunday yo‘l bilan, odatda, qo‘shma fe’llar hosil bo‘ladi.
Qo‘shma fe’llar tarkibiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) ot+fe’l tuzilishidagi
qo‘shma fe’llar. Masalan,
tasdiq qildi, vayron bo‘ldi kabi; b) fe’l+ fe’l
tuzilishdagi qo‘shma fe’llar. Masalan,
borib keldi, kirib chiqdi, olib keldi
kabi.
Fe’ldan boshqa so‘zlarga
qilmoq, aylamoq, etmoq, bo‘lmoq fe’llarining
qo‘shilishidan hosil bo‘lgan qo‘shma fe’llar ot+fe’l tuzilishidagi qo‘shma
fe’llarni hosil qiladi. Masalan,
bayon qilmoq (
etmoq, aytmoq),
turmush
qilmoq, o‘sal bo‘lmoq, o‘sal qilmoq, bayram qilmoq (etmoq), yangi
bo‘lmoq, shunday bo‘ldi, taraq etdi kabi.
Ikki fe’lning o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan fe’llar fe’l+fe’l
tuzilishidagi qo‘shma fe’llar sanaladi. Bunday qo‘shma fe’llarning
birinchi qismi fe’lning
-b (-ib), ba’zan
-a ravishdosh shaklida bo‘ladi.
Shaxs-son, zamon, bo‘lishli-bo‘lishsizlik singari qo‘shimchalar
qo‘shma fe’lning ikkinchi qismiga qo‘shiladi. Masalan,
sotib olmoq,
olib keldi (ola keldi).
Ot+fe’l tuzilishidaga qo‘shma fe’llarda ikkinchi
qismni tashkil etgan
ayla uslubiy xoslangan bo‘lib, faqat badiiy uslub doirasida qo‘llaniladi.
Qilmoq, etmoq, bo‘lmoq fe’llari esa uslubiy betaraf so‘zlardir. Masalan,
javob qildi, javob berdi, javob etdi, javob ayladi kabi qo‘shma fe’llar o‘zaro
sinonimik munosabatda bo‘lib, ular uslubiy jihatdangina farqlanadi.
Javob
ayladi badiiy uslubga xos, qolganlari uslubiy betaraf so‘zlar sanaladi.