Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

Тayanch tushunchalar 
grammatika, morfologiya, leksik ma’no, grammatik ma’no, so‘z 
shakllari, sintaksis, so‘zlarning bir-biriga bog‘lanishi. 
21.2. SO‘Z ТURKUMLARI 


Dars maqsadi: so‘z turkumlari va ularning tasnifi bo‘yicha talabalarda 
bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish. 
R e j a: 
* So‘z turkumlari haqida ma’lumot.
* Mustaqil so‘zlar.
* Yordamchi so‘zlar. 
* Undov, modal, taqlid so‘zlar. 
Тopshiriq. Berilgan matndagi so‘zlarni turkumlarga ajrating. 
Asal mijozni tozalaydi, tomir yo‘llarini ravon qiladi, unda ho‘llik va 
gazakni shimdiruvchi quvvat bor. U ho‘llik va gazakni badanning chuqur 
yerlaridan tortadi, go‘shtni sasish va buzilishdan saqlaydi, yaralarni bitiradi, 
ko‘z xiraligini ketkizadi. 
So‘zlar borliqdagi nimani bildirishi (umumiy grammatik ma’nosi) yoki 
bildirmasligi, ma’lum so‘roqqa javob bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga ko‘ra 
mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlarga bo‘linadi. 
Ma’lum bir so‘roqqa javob bo‘lib, atash va umumiy 
grammatik ma’noga (masalan, predmet, belgi, miqdor, harakat-
holat kabi) ega bo‘lgan so‘zlar mustaqil so‘zlar sanaladi. 
Masalan, gul (nima?), chol (kim?), chiroyli (qanday?), yuztacha 
(nechta?), keldi (nima qildi?) kabi. 
Ma’lum so‘roqqa javob bermaydigan, atash ma’nosiga ega 
bo‘lmagan, faqat grammatik ma’no ifodalovchi, lekin o‘zidan 
oldin kelgan so‘zga grammatik shakl sifatida qo‘shilib, u bilan bir 
lug‘aviy urg‘u ostida birlashmaydigan so‘zlarga yordamchi 
so‘zlar deyiladi. Masalan, ammo, ham, faqat, -chi (ayt-chi), -mi 
(siz-mi?) kabi. 
Bulardan tashqari, mustaqil so‘zlarga ham, yordamchi so‘zlarga ham 
kirmaydigan, ularning har ikkisiga xos belgini o‘zida ma’lum darajada aks 
ettiradigan oraliqdagi so‘zlar bor. Bunday so‘zlar undov so‘zlar, modal 
so‘zlar, taqlid so‘zlarni o‘z ichiga oladi. 
So‘zlarning umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra ana shunday 
guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari sanaladi. 
Shunday qilib, so‘zlar, eng avvalo, uch guruhga bo‘linadi: 1) mustaqil 
so‘zlar; 2) yordamchi so‘zlar; 3) oraliqdagi so‘zlar (undov, modal, taqlid 


so‘zlar). Mustaqil va yordamchi so‘zlar ham o‘z ichida bir necha turlarga 
bo‘linadi: Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, fe’l, ravish, olmosh; yordamchi 
so‘zlar: ko‘makchi, yuklama, bog‘lovchi kabi. So‘zlarning turkumlarga 
bo‘linishini quyidagi jadvalda ko‘ring: 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling