Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

 
 
 
 
22-dars. OТ VA UNING USLUBIY
XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: ot va uning uslubiy xususiyatlari haqida talabalarda 
bilim hamda ko‘nikmalar hosil qilish. 
R e j a: 
* Ot va uning grammatik shakllari.
* Otlarda son ma’nosining ifodalanishi va ularning 
uslubiy xususiyatlari. 
* Qarindoshlik bildiruvchi so‘zlarda ko‘plik va egalik 
shakllarining o‘rinlashishi. 
Тopshiriq. Berilgan matnni ko‘chiring, otlarning tagiga chizing va 
qanday shaklda ekanligini ayting. 
Yashash, bu — orzular qanotin kermoq,
Yashash, bu — muhabbat gullarin termoq,
Yashash, bu — umrning gulgun damlari,
El uchun yashamoq, el uchun bermoq.
(O. Matjon) 


Borliqdagi narsa va hodisalarning, afsonaviy tushunchalarning nomi ot 
turkumiga mansub ekanligini bilasiz. Shuningdek, otlarning turdosh va 
atoqli otlarga bo‘linishi, son (birlik-ko‘plik), egalik va kelishik shakllariga, 
shuningdek, ba’zan erkalash — hurmat shakllariga ega bo‘lishi haqida ham 
o‘rta umumiy ta’limda ma’lumotga ega bo‘lgansiz. 
Otlardagi yuqorida ko‘rsatilgan grammatik shakllar nutq jarayonida turli 
xil uslubiy xususiyatlarga ham ega bo‘ladi. 
Otlar son-miqdor ma’nosiga ega va u birlik yoki ko‘plik shakllari orqali 
ifodalanadi. Birlik nol ko‘rsatkich (maxsus grammatik ko‘rsatkichning 
yo‘qligi)ga ega. 
Ko‘plik — lar qo‘shimchasi orqali ifodalanadi. Bunga 
morfologik yo‘l deyiladi. Masalan, uylar, do‘stlar, binolar. 
Shuningdek, birlikdagi ot oldidan birdan yuqori bo‘lgan sanoq 
sonlarni yoki daraja-miqdor ravishlarini: ko‘p, ancha kabi 
so‘zlarni qo‘shish yordamida ham ko‘plikni ifodalash mumkin. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling