Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
238-mashq. Franklinning dono fikrlarini o‘qing. Otlarning uslubiy
xossalariga diqqat qiling. — Ishingni qamchila, toki ish seni qamchilay boshlamasin. — Qunt — omadning onasi. — Yerga engashganning qomati oliftaning bo‘yidan balandroq. — Qo‘shnining uyidan o‘z vaqtida ket, to u sendan bezib ketmasin. — Qarzini o‘z vaqtida qaytaradigan kishi — boshqalarning hamyoniga xo‘jayindir. — Qabrga kirganda to‘yib uxlab olarsan. — Erta turib, erta yotish — sog‘lom, boy va dono qilur. — Bitta bugun ikkita ertagi kunni bosadi. — Ko‘proq rohat topay desang, undan nariroq qoch. — Eng yaxshi xizmatkoring bo‘lishini istaysanmi? Unda o‘zingga o‘zing xizmat qil. — Oz-oz tejalib, katta-katta sarmoya hosil bo‘lur. — Bitta o‘choqqa o‘tin g‘amlashdan ko‘ra ikkita o‘choq qurish yengilroq. — Dastlabki maylni yengish undan keyin keladiganlarini qondirishdan osonroq. — Nafsing bilan maslahat qilishdan avval hamyoning bilan kengash. — Ishlaydigan kalit doim yaraqlab turadi. — Barcha bilan xushmuomala, ko‘pchilik bilan dilkash va ayrimlar bilan apoq-chapoq bo‘l. — Yalqovlik — xuddi zang: ishlab — to‘zganga qaraganda tezroq yemiradi. — Bahona izlaydigan ustaning usta ekani shubhali. — Ishni nazorat qilmaslik — ishchilarga hamyonni ochib qo‘yishday gap. — Uch marta ko‘chish bitta yong‘in bilan teng. — Arraning qiрig‘i mayda, ammo chinorni qulatadi. — Hayitgacha qarz olsang, ertaga hayit deyaver. — Maslahat berish mumkin-u g‘ayrat berib bo‘lmaydi. 1. Тiyilish — to‘yib ketguncha yemaslik, kayf bo‘lguncha ichmaslik. 2. Sokinlik — faqat o‘zingga yoki boshqalarga foyda keltirish mumkin bo‘lgan so‘zlarni so‘zlash, quruq gaplardan qochish. 3. Тartib — har bir buyumni o‘z joyida saqlash; har bir mashg‘ulotga muayyan vaqt ajratish. 4. Qat’iyat — nimani qilish lozim bo‘lsa, so‘zsiz shunga kirishish; kirishilgan narsani esa so‘zsiz bajarish. 5. Тejamlilik — pulni faqat yaxshilik keltiradigan ishlarga sarflash, ya’ni hech narsani isrof qilmaslik. 6. Mehnatsevarlik — vaqtni bekor o‘tkazmaslik; har doim foydali biror ish bilan mashg‘ul bo‘lish; har qanday befoyda mashg‘ulotdan voz kechish. 7. Samimiyat — yolg‘on yoki aldov bilan hech kimga zarar keltirmaslik, solih va adolatli fikr yuritish; bu tamoyillarga gapirganda ham amal qilish. 8. Adolat — hech kimga zarar keltirmaslik; adolatsizlik qilmaslik va zimmadagi ezgu ishlarni bajarmay qo‘ymaslik. 9. Me’yor — hech narsada haddan oshmaslik; adolatsizlik tufayli tug‘iladigan alam tuyg‘usini imkoni boricha tiyish. 10. Ofiyat — badan bulg‘anishiga yo‘l qo‘ymaslik; kiyinish va turar joyda orastalikka amal qilish. 11. Xotirjamlik — arzimas narsalar hamda odatdagi yoki muqarrar holatlardan hayajonga tushmaslik. 12. Donolik. 13. Kamtarlik — Suqrotga taqlid qilish. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling