Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

235-mashq. Arastu pandnomasini o‘qing. Yasama otlarni topib
izohlang. 
Ey Iskandar, dilingni ilm bilan obod qil, ilmsiz kishilar bilan suhbat 
qurma, umringni behuda o‘tkazma, muvaffaqiyatlaringga mag‘rurlanma, 
gina-hasad qiluvchilarni uyingga kiritma, gina-kuduratdan o‘zingni xoli tut, 
birovga nisbatan gina saqlama, yomonlig-u ochko‘zlik qilishdan qoch, 
yaxshilig-u saxiylik qilishga intil. Yaxshi kishilarni yaxshi so‘z va yaxshi 
hadyalar bilan sarafroz-u dilxush qil. Тarbiya ta’sir qilmaydigan kishilar 
bilan yaqinlik qilmaginki, bo‘ri yoki ilon ahyon-ahyonda zarar yetkazadi
ammo zarari halokatli bo‘ladi. 
Ey Iskandar, birov bilan maslahatlashadigan bo‘lsang aqlli va dono 
kishilarni topib maslahatlash, oliyhimmat kishilardan yordam so‘ra. 
Maqtovlarga, balandparvoz so‘zlarga uchma, qo‘li ochiq va saxovatli 
bo‘l, biror yerga yetsang u yerdagi sinalmagan suvlardan ichma, biror yerda 
notanish meva-chevaga duch kelsang, uning foyda-zararini bilmay turib 
yema! 
Har kim dono bo‘lsa yeyish bobida,
Bilmagan narsasin yemaydi zinhor.
Biror yo‘lda zarar ko‘p bo‘lsa agar,


Kuchi ko‘p bo‘lsa ham yurmaydi zinhor.
Sinalmagan yo‘l-u cho‘l yaqin bo‘lsa ham,
Sinalgan uzoqdan qolmaydi zinhor! 
Ey Iskandar, safar-u sayohatga chiqqanda shunchalik yuk olginki, uni 
ko‘tarib yurishdan o‘zing bezor bo‘lmagin, buning ustiga kuch-qudratdan 
ham qolmagan. Sharob ichishni odat qilmaki, u bexushlik va g‘ofilikka olib 
boradi. Sadoqat — vafo nimaligini biluvchi kishilarni hamisha aziz tut. 
Qiyinchilik onlarida sabr-bardosh yo‘ldoshing bo‘lsin, umidsizlikka tushma. 
Kimki birovlarga jabr-sitam qilaversa, o‘zi ham uzoq yashamaydi. Birov 
senga jabr-u jafo qilgan bo‘lsa yoki sen birovga yaxshilik qilgan bo‘lsang, 
har ikkovini ham unut. Murod-maqsadingga yetgan fursat-onlaringda xanda 
urib kulmaki, atrofda turganlarga xunuk ko‘rinasan. Agar ish aksincha 
bo‘lsa, g‘am-u anduhingni birovlarga bildirma! 
236-mashq. Jamoa bo‘lib fikrlash uchun uch guruhga bo‘lining. O‘z 
joylaringizni egallab doira shaklida o‘tiring. (Bu vaqtda musiqa qo‘yiladi. 
Uchala guruhga ham savollar beriladi. Savollarga javob hozirlayotgan 
paytda ham musiqa ijro etiladi. 10 minutdan so‘ng barcha guruhdagilar 
joylariga o‘tiradilar. Guruh boshlig‘i savollarga javobni aytib beradi yoki 
o‘qib beradi.)

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling