Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
244-mashq.
O‘qing, sifatlarning uslubiy xususiyatlari, ya’ni predmetning belgisini qiyoslab, kuchaytirib, darajalab ko‘rsatilishini tushuntiring. MILLAТNI BIRLASHТIRUVCHI BAYROQ Aslida ma’naviyat tushunchasi ma’rifat va madaniyat tamoyillari bilan birga milliy mafkurani ham o‘z qamroviga oladi. Milliy mafkura nazariy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lib, u ma’naviyatning tarkibiy qismini tashkil etadi. Mafkura falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy-estetik tafakkurning nazariy asoslariga suyanadi. Prezidentimizning «Kuch — bilim va tafakkurda» degan dono hikmati mafkura haqidagi mulohazalarimizga tag‘in ham oydinlik kiritdi. Ana shu shiordek eng yangroq, eng teran mushohadalar haqida o‘ylarkanman, beixtiyor olis moziy esga tushadi... Bizning milliy mafkuramiz ko‘p ming yillik juda boy merosimizga, milliy qadriyatlarimizga, mutafakkir, ajdodlarimiz ta’limotlariga va ilg‘or zamondoshlarimizning zakovatiga suyanadi va ayni mahalda umumbashariy ma’naviyatning sarchashmalaridan oziqlanadi. Shuning uchun ham tub mohiyatiga ko‘ra millatimiz mafkurasi ham baynalmilal, ham umuminsoniydir. Mafkuramizning yagona milliy mafkura ekanligi va bu maqomning O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan va shu yurtning fuqarosi sanalgan 130 dan ziyod millat vakillari manfaatlariga zid kelmasligi barchaga ayon. O‘zga millat vakiliga ham ikki davlat fuqaroligi huquqining berilmasligi biror millatga mansub vatandoshimiz qadr-qimmatini o‘zgalardan juda yuqori tutmaslik yoki kamsitmaslik natijasidir. Albatta, Oktabr to‘ntarishidan keyin eng zukko jadidlar va taraqqiyparvar ziyolilar shakllanib borayotgan bugungi mafkuramizni orzu qilgan bo‘lishlari mumkin. Shunday bo‘lgan chog‘da ham ularning ezgu- umidlari faqat farazligicha qolib ketishi tayin edi. Qizil imperiya hukm surgan davrda milliy mafkura tamasida bo‘lish taxayyulning o‘zginasi edi, xolos. Qizil imperiyaning sho‘rolarga xos, ya’ni har qanday milliy tuyg‘uni tahqirlovchi yakkahokimlikka asoslangan eng jirkanch mafkurasini yurtboshimiz tamoman yaroqsiz, deb topdi va barcha tamoyillarining mustabid tuzum manfaatlariga xizmat qiluvchi mohiyatini ochib tashladi. (M. Xidir) Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling