Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


-mashq. «Ranglar jilosi» deb nomlangan matnni o‘qing, sifatlarini  topib ularning uslubiy xossalarini belgilang.  Oq rang


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

245-mashq. «Ranglar jilosi» deb nomlangan matnni o‘qing, sifatlarini 
topib ularning uslubiy xossalarini belgilang. 
Oq rang tozalik, musaffolik, iffat, yorug‘lik, donishmandlik, haqiqat va 
ezgu — iroda ramzidir. Bular oq rangning bir jihati, biroq boshqa jihatiga 
ko‘ra u motam, o‘lim, qo‘rqoqlikni ifodalaydi. Yaponiya va Xitoyda aynan 
oq rang motam va qayg‘u rangi hisoblanadi. 
Qora rangli kiyim kiyishni yoqtiruvchi odam hamma narsalarga qarshi, 
o‘jar. Isyon bilan hammasidan voz kechishni istaydi. Bu holat kishining 
kuch to‘plashi uchun vaqtincha chekingan, tin olgan davriga muvofiq 
keladi. Qora rangning ijobiy sifatlari ham yo‘q emas: masalan, nikoh 
to‘ylarida kuyovning qora kastum-shimda bo‘lishi yoki qora kastum-
shimning rasmiy marosimlarda kiyilishi bu rangning obro‘-e’tibor, 
tantanavorlik ramzi ekanligini ham ifodalaydi. 


Qizil rang inson hayotidagi eng kuchli hayajonni ifodalaydi. 
Mutaxassislarning kuzatuvlariga ko‘ra, kishining qizil rangli kiyim tanlashi 
uning o‘zini namoyon etishga bo‘lgan harakati bilan bog‘liq. Shuningdek
qizil tartibsizlik, inqilob, mavjud tartib-qoidalarga bo‘ysunmaslik, ularni rad 
etish alomati hamdir. Qizilning manbayi olov, u issiqlik va harorat beradi
shuningdek, u muhabbat rangi ham hisoblanadi. 
Sariq rang — ochiqlik, faollik, ozodlikka va kuch-quvvatga intilish 
rangi. Sariq quyosh va yoz faslining rangi, u kelajakka umidvorlikni o‘zida 
ifodalaydi. Sariq oltin rangi bo‘lganligi uchun shon-shuhrat va ilohiy 
hukmronlik ramzi ham hisoblanadi. 
Kulrang u na oq, na qora, o‘rtalikdagi neytral chegara rangdir. Kimki bu 
rangga ko‘proq moyil bo‘lsa, demak, u o‘zini hamma narsadan to‘sib 
chegaralab olishni, har qanday majburiyatlardan xalos bo‘lib, hech narsada 
ishtirok etmaslikni istaydi. Kulrang kiyingan odam boshqalarning o‘zi 
haqida bilishlarini istamaydi: kulrang — sirlarni yashirish xususiyatiga ega. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling