Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


taxta; o‘quv qurollaringiz, kitob, daftar, qalam, ruchka va


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

taxta; o‘quv qurollaringiz, kitob, daftar, qalam, ruchka va 
boshqalarning hammasi ma’lum belgilarga (rang, hajm, shakl — 
xususiyat kabi) ega. Masalan, stol ko‘k, sariq; baland, past, katta-
kichik singari hajm-shaklga ega. Ana shunday belgilarni ifodalovchi 
so‘zlarning sifat hisoblanishi haqida o‘rta umumiy ta’limda ma’lumot 
olgansiz.
Ma’lum belgi bir necha so‘zlar orqali ifodalanishi ham mumkin. 
Masalan: katta, ulug‘, ulkan, buyuk, gigant; chiroyli, go‘zal, xushro‘y, 


bejirim va boshq. Bunday so‘zlar muayyan bir umumiy ma’no asosida 
birlashsalar ham, lekin ular bir-biridan ma’lum farqlanishga ham ega. 
Bunday farqlanish ularning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishida, ma’lum 
uslubga xoslanishida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, odam so‘zi katta, 
buyuk, ulkan, ulug‘ sifatlarini qabul qila oladi, lekin gigant sifati odam bilan 
bog‘lana olmaydi. Chunki u qurilishlarda binolarning shakl-belgisini 
ifodalashga xoslangan. Shuningdek, ulug‘, buyuk so‘zlari shakl belgisidan 
tashqari xususiyat belgisini ham ifodalaydi. Bunday vaqtda ular bilan 
ma’nodosh bo‘lib keladi. Ulkan, gigant so‘zlarida esa bunday ma’no 
yo‘qligi uchun ular bilan ma’nodoshlikni hosil qila olmaydi. 
Shuning uchun ham sifatlarning ma’nodoshlarini bilish va o‘z o‘rnida 
qo‘llay bilishi so‘zlovchining nutqiy mahoratini ko‘rsatadi. 
Savol va topshiriqlar  
1. Sifat deganda nimani tushunasiz?
2. Sifatlar sinonimiyasiga misollar keltiring. 
3. Sifatlar sinonimiyasining nutqda tanlanish imkoniyati haqida 
gapiring. 
243-mashq. Berilgan mashq. «Xato toping!» deb nomlanadi. Matnni 
o‘qigandan so‘ng sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni ikki ustunga bo‘lib 
ko‘chiring. Xato yozilgan o‘rinlarni aniqlang va so‘zlarni to‘g‘rilab qo‘ying. 
HAYO KO‘ZDAN BILINUR 
Hayotiy tajribalar va olimlarning xulosalari shundan dalolat bermoqdaki, 
odamzod dunyoga kelib neki topgan bo‘lsa, hayo va ibo tufayli, neki 
yo‘qotgan bo‘lsa, hayosizlik va ibosizlik tufaylidir. Bu tuyg‘u inson deb 
atalmish eng sirli mo‘jizani hayvonot dunyosidan farqlaydigan, tabiat va 
jamiyat muvozanatini saqlab turadigan eng nozik, eng ilohiy tuyg‘udir. 
Yaratganga beadad shukrlar bo‘lsinki, u o‘zi suygan bandalarning 
qalbida mudrab yotgan halol va haromning, ibo bilan hayosizlikning farqiga 
borish tuyg‘usini qaytadan uyg‘otmoqda. 
Bizga sadoqatlik do‘st, iboli suhbatdosh tanlashda odamlarning so‘zidan 
ham ko‘ra, ularning ko‘zlari ko‘proq yordam beradi. Ulug‘lar yuziga har 
qanday holda ham tik boqmaslik bizga ota-bobolarimizdan qolgan tabarruk 
merosdir. Jumladan, payg‘ambarlarimizdan hikoya qilingan kitoblardan 
birida bu haqda quyidagi rivoyat ibratli bitilgan: «Payg‘ambarimiz Ibrohim 


Halililloh tush ko‘rdilar. Тushlarida vahiy kelib, qurbon kerak, dedi. 
Ibrohim yuz tuya qurbonlik qildi. Parvardigor: — Bir dilga ikki suyaklik 
sig‘mas: yo Ismoilni (Ibrohimning o‘g‘li) yoki meni degil, — dedilar. Halil 
o‘g‘lini qurbonlik qilishga rozilik berdi. U o‘g‘lini yuvintirib, kiyintirib 
safarga olib chiqib, qurbon qilishga taraddudlandi. Shunda shayton 
Ismoilga: 
— Otang sening joningni olishga olib ketyapti. Sen qochib, ket, — dedi. 
Ismoil shaytonning so‘ziga kirmadi, aksincha, otasining qurboni 
bo‘lishga rozilik berdi va otasiga quyidagi iltimoslarini bildirdi: 
1. Qo‘limni bog‘lab qo‘yingki, qizg‘ish qonim sizga sachrab osiy 
bo‘lmayin. 
2. Qonli to‘nimni onamga elting. Тoki menga to‘ymagan onam duo qilib 
tursinlar. Bergan oq sutlariga rozi bo‘lsinlar. 
3. Boshimni kesar holatda yuzimni yerga qaratib qo‘yingki, Sizga 
bog‘araz nigoh bilan boqib qo‘ymayin. 
Ota-o‘g‘il yig‘ladilar. Ota o‘g‘il aytganlarini bajardi. Ibrohim o‘tkir 
pichoq uchini Ismoilning bo‘g‘ziga tiradi. Pichoq o‘tmadi. Halil pichoqni 
qattiq toshga urdi. Тosh kesildi... Shu payt hazrat Jabroil bir katta qo‘chqor 
keltirdi va Ismoilga tahsin aytib, shu qo‘chqorni qurbonlik qilishni 
buyurdi...» Qarang, hatto qurbon qilmoqchi bo‘lgan chog‘ida ham ota 
ra’yiga qarshi bormaslik, jumladan, unga g‘araz nigoh bilan boqib 
qo‘yishdan qo‘rqishlik tuyg‘usi Ismoilni banogoh o‘limdan qutqarib qoldi. 
Aksincha, bo‘lganida esa uning o‘limi muqarrar edi. Ma’lum bo‘lishicha, 
ota-ona va ustozlar yuziga har qanday sharoitda ham tik boqmaslik nafaqat 
o‘zbeklar, balki butun musulmonlar uchun xos ekan. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling