Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2
Ko‘k rang — ochiq osmon va dengiz rangi sifatida o‘zida yuksaklik va
chuqurlikni ifoda etadi. Ruhshunos olimlar ko‘k rangning inson asablariga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishini aniqlagan. Boshqa jihatdan ko‘k beo‘ylik, turg‘unlik, hayotdan ajralib qolish kabilarni ifodalaydi. Havoyilik, havoyi o‘ylar kabi iboralar ham ko‘k rangning ana shu sifatlari bilan aloqador. Ko‘k sodiqlik va tartib-intizom rangi ham hisoblanadi. Yashil rang — tiriklik, o‘sish va umid ramzi. Bahor fasli chechaklari rangi. Boshqa bir jihatiga ko‘ra u zahar, kasallik va g‘o‘rlikni ham bildiradi. Shuningdek, yashil rang mo‘l-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik, rivojlanishni ham bildiradi. Islom dinida yashil ilohiy rang sanaladi. 246-mashq. Maqol va hikmatlar ichidan sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping, sifatning otga o‘tish holati bormi? Baxil boyga borguncha, Karamli tog‘ga borar. Baxildan tosh so‘raguncha, Gadoydan osh so‘ra. Nomardga yalinma, Bir baloga chalinma. Aqlsiz do‘stga kular, Aqlli do‘stini suyar. Johil ulfat — boshingga kulfat. Yaxshi do‘sting kuldirar, Yomon do‘sting kuydirar. Aybsiz do‘st izlagan do‘stsiz qolar. Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so‘z jonni ilitar. Noinsofga erk bersang, elni talar. 247-mashq. Nuqtalar o‘rniga sifat turkumiga oid so‘zlarni qo‘yib ko‘chiring. ...Farzandlar! Bilginki, insonga beriladigan... sifat odobdir. ...axloqqa ega bo‘lishi ham odobdan sanaladi. Xush va odobli kishilarga barcha, hatto dushmanlari ham tan beradi. ... odamni esa, hamma insonlar, hatto ota-onasi ham yomon ko‘radi. Odob har bir fazilatga yo‘ldir. Kimki yoshligida.... bo‘lmasa, bir umr bad... qolib ketishi mumkin. Majlis odobi. Ey... bolam! Maktabga borsang, o‘z o‘rningga o‘tirasan, ammo... kishilar orasida... roq joyga o‘tirganing afzal. Ikki kishining o‘rtasiga ularning ... hech qachon o‘tirma. Ohista va muloyimlik bilan o‘tir. Gapirsang gaping... bo‘lsin. Shoshma-shosharlik qilma, pala-partish gapirma. Ko‘p kulishdan, hazil-mutoyibadan uzoq bo‘l! Barmog‘ing bilan burningni o‘ynama. Тuplamagin. Esnasang, chap kaftingning orqasi bilan og‘zingni bekit. «Astag‘firulloh» degin. Aksirsang, darhol «Alhamdulliloh» degin. Hammaga... yuzlik, muloyimlik bilan gapir. Muomala odobi. Ey farzandim! Inson yolg‘iz yashay olmaydi. Qalblar hamisha bir-biriga ... talpinib turadi. Shuning uchun... do‘stlar paydo bo‘ladi, o‘zaro hamjihatlik yuzaga chiqadi... odamlar bir-birlariga yordam beradi, ko‘ngillar ulfat tutinadi. Do‘stlaringning mehrini qozonay desang, ulardan ... munosabat ko‘rishni xohlasang, sen ham ularga... muomalada bo‘lishing lozim. Xulqi... bolalarni yaxshi bo‘lishga chaqir. Yolg‘on gapirishdan, dangasalikdan butunlay hazar et. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling