Siz o‘tgan o‘quv yilida «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» predmeti, hozirgi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/212
Sana16.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1358770
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   212
Bog'liq
hozirgi o\'zbek adabiy tili 2

24-dars. SIFAТ DARAJALARI VA
SIFAТ YASOVCHI QO‘SHIMCHALARNING


USLUBIY XUSUSIYAТLARI
 
24.1. SIFAТ DARAJALARINING USLUBIY
XUSUSIYAТLARI 
Dars maqsadi: sifat darajalaridan o‘rinli foydalanish ko‘nikmasini hosil 
qilish. 
R e j a:
* Sifatlarda belgining darajalanishi haqida.
* Sifatlarda belgining darajalanishini ifodalovchi 
vositalar. 
Тopshiriq. Qora sifati bildirgan rangning turli darajalarini va ular 
qanday ifodalanishini ko‘rsating (kuchsiz, kuchli). 
Sifatlar belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri (oq, ko‘k kabi) yoki bir belgini 
qiyoslab, darajalab ko‘rsatishi ham mumkin. Masalan, ko‘kish, ko‘kimtir, 
ko‘m-ko‘k, to‘q ko‘k, och ko‘k va boshq. Bulardan ko‘k belgini to‘g‘ridan 
to‘g‘ri ifodalab uning me’yorda ekanligini; ko‘kish, ko‘kimtir, ko‘k 
belgining me’yordan kam ekanligini, ko‘klik haqidagi tasavvurimizga 
yetmaganligini, ko‘m-ko‘k, to‘q ko‘k sifatlari esa belgining me’yordan ortiq, 
kuchli ekanligini bildiradi. 
Odatda, sifatlarning uch darajasi ajratiladi: a) oddiy daraja
b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja. 
Belgining ortiq-kamlik munosabati ifodalanmaydigan sifatlar oddiy 
darajadagi sifatlar sanaladi. Bunday sifatlarda maxsus daraja hosil qiluvchi 
vosita bo‘lmaydi. Shirin, go‘zal, oq, qora singari sifatlar oddiy darajaga 
mansubdir. 
Belgining mo‘ljaldan ortiqligini, kuchliligini bildirgan sifatlar orttirma 
darajadagi sifatlar hisoblanadi. 
Bunday sifatlar 1. Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘inidagi 
oxirgi undoshning m yoki p undoshiga almashtirib yoki shunday undosh 
qo‘shib sifat oldidan takrorlash orqali: ko‘m-ko‘k; sariq — sap-sariq, qizil 
 qiр-qizil kabi; 
2. Тarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho‘zish yo‘li bilan: achchiq 
— a:chchiq, uzun — u:zunchiroyli — chiro:yli kabi; 


3. Sifat oldidan juda, g‘oyat, nihoyatda, behad singari so‘zlarni qo‘shish 
yo‘li bilan: yaxshi-juda (behad, g‘oyat, nihoyatda) yaxshi kabi. 
Belgining mo‘ljaldan kamligini, kuchsizligini ifodalaydigan sifatlar 
ozaytirma darajadagi sifatlar hisoblanadi. 
Bunday sifatlar quyidagi yo‘llar bilan hosil qilinadi: 1) sifat oldidan sal, 
picha, ozgina, xiyol, biroz kabi so‘zlarni keltirish yo‘li bilan: to‘la sal 
to‘la, achchiq ozgina achchiq; 2) sifat oxiriga — roq, — (i)sh, (i)mtir 
qo‘shimchalarini qo‘shish orqali: sariqsariqroq (sarg‘ish, sarg‘imtir
kabi. 
Bular ichida — roq qo‘shimchasi biroz, sal, ba’zan nim, och so‘zlari 
bilan sinonim bo‘lib keladi. Shuning uchun ularni ko‘pincha birining 
o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin bo‘ladi. Masalan, qizilroq — sal qizil, 
biroz qizil, och qizil kabi. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling